«To'ptosh» O'yinning tavsifi. Bu o'yinda 3 dan ortiq bolalar (7—10 tagacha) qatnashadilar. Ular awal har xil kattalikdagi toshlarni yig'ib, yerga aylana chizib o'rtasiga toshlarni ustma-ust qo'yib chiqadilar, eng ustiga kichkina tosh qo'yadilar va o'zlariga bittadan yapaloq tosh oladilar. 5—6 mert uzoqlikda chiziq tortib, shu yerdan navbat bilan o'zlaridagi yapaloq toshlarni terilgan toshchalar (to>ptosh)ga uloqtirib, toshlarni tarqatishga harakat qiladilar. O'yin davomida bolalar toshlarni uloqtirganda, to'ptosh har tomonga tarqalib, eng ustidagi kichkina tosh qancha uzoqlikka ketgan bo'lsa, shu masofa oyoq bilan o'lchanadi va kimniki uzoqroqqa ketgan bo'lsa, o'sha o'yinchi ko'p ochko oladi. Shu tariqa birin-ketin omadi yurishmaganlar o'yindan chiqariladi. G'olib chiqqan bola o'yinni yangidan boshlaydi. Bu o'yinni bolalar istaganlaricha uzoq o'ynashlari mumkin.
«Oshiq» O'yinga tayyorgarlik. Bu o'yin sport zali yoki maydonchada o'tkazilishi mumkin. O'yin boshlanishidan oldin dastro'molchaga bironta tennis koptogidan kattaroq oshiq, tosh va shu kabi narsa tugiladi. Uni maydonga uloqtirishdan oldin g'olibga atalgan sovrin e'lon qilinadi.
O'yinning tavsifi.Boshlovchi maydon yoki zalning bir chek-kasida saflanib turgan o'yinchilarga tugunchani ko'rsatib uloqtiradi. O'yin ishtirokchilari otilgan narsani qanday bo'lmasin, boshlov-chining qo'liga olib kelib berishlari shart. O'yin qatnashchilari buyumni olib ketayotgan o'yinchi dan uni tortib olishga harakat qiladilar.
«Bo'sh o'rin» Boshqaruvchi o'yinchidan boshqa hamma o'yinchilar bir-biridan bir qadam oraliqda aylana hosil qilib turadilar. Boshqaruvchi aylana atrofida yura turib o'yinchilardan birini asta turtadi va bir tomonga qarab yuguradi. Qo'l tekkan o'yinchi esa qarama-qarshi tomonga yugurib tezroq o'z o'rnini, ya'ni bo'sh turgan joyni egallab olishga harakat qiladi. Aylana atrofida yugurib kelib, bo'sh joyni birinchi egallab olgan o'yinchi o'sha yerda qoladi. Yetib kela olmagan o'yinchi boshqaruvchi bo'lib qoladi.