«Mergan»
O'quvchilar ikki komandaga bo'linib, yuzlari bilan bir-birlariga qaragan holda safga turadilar. O'rtaga har bir komandadan 6—8 m narida bulava qo'yilgan bo'ladi. Signal berilishi bilan har qaysi qatordagi bolalar galma-galdan to'pni bulavaga otib uni urib yiqitishga harakat qiladilar. Qaysi komanda ko'proq bulavani urib tushirgan bo'lsa, o'sha komanda g'olib hisoblanadi.
«Kes-kes»
Bu o'yin boshlang'ich sinf o'quvchilariga mo'ljallangan. Diametri 4 qadamdan iborat doira chiziladi. Boshlovchilik uchun chaqqon o'quvchi tanlanadi. Boshlovchi doira ichida, qolgan o'quv-chilar doira tashqarisida turadilar. O'qituvchi «Boshla» deyishi bilan o'yinchilar doirani kesib o'ta boshlaydilar.
O'yinchilar har tomonga «kes-kes» deb yugurib o'tadilar. Boshlovchi o'yinchilarga qo'l tekkizadi. Qo'l tekkan o'yinchi o'yin-dan chiqib turadi. O'yin 2-3 daqiqa davom etadi. O'qituvchi o'yinni to'xtatib, nechta o'quvchi o'yindan chiqqanini aniqlaydi.
«Qo'riqchi»
O'yin uchun diametri sakkiz qadam keladigan doira chiziladi. Latta yoki jundan dumaloq shaklda qo'lga sig'adigan qilib kichilc koptokcha tikiladi. Uncha katta bo'lmagan sakkizta yassi tosh tanlanadi, tosh bo'lmasa keglidan foydalansa ham bo'ladi. Yassi toshlar doira o'rtasiga (to'rttadan) tashlab qo'yiladi. O'yinda ishti-rok etuvchi qizlar doira ichida ashula aytib aylanib yuradilar.
Qo'riqchi shunday deydi:
Omon yor aylasangchi-yo, omon yor,
Belingni boylasangchi-yo, omon yor,
Dadang ishdan kelsachi-yo, omon yor,
Ko'kchoyni damlasangchi-yo, omon yor.
Ashula tugashi bilan doira ichidagilar chiqib ketishlari kerak. Ikki o'quvchi tezlik bilan toshlarni terib ikki yerga tikishga harakat qiladilar. Toshni birinchi tikkan o'quvchi tezlik bilan doiradan chiqib ketadi. Doira ichida qolgan o'yinchi qolgan toshlarni tikib, ularni himoya qilishga qoladi. Doira tashqarisida qolgan o'yinchilar toshni kichik koptokcha bilan urib yiqitishga harakat qiladilar. Ular buni tez bajarsalar, yutgan hisoblanadilar. Yutqazgan o'yinchi ashula aytib yoki o'yinga tushib beradi. Doira ichidagi toshlarning hammasi urib yiqitilgach, o'yin yana yangidan boshlanadi.
«Podachi»
Bu o'yin uchun diametri to'rt qadam keladigan doira chiziladi. Doirada uchta o'yinchi qo'lida chim xokkeyi tayog'iga o'xshab yaasalgan tayoqlar bilan turadilar. Doira tashqarisida hujumchila ham uch joyda turadilar. Doiraning o'rtasida yog'ochdan yasalgan, balandligi 5—6 sm keladigan nishonlar doiraning markaziga o'ralig'i 10—15 sm qilib turg'azib qo'yiladi. Doiradan 1 metr tashqarida hujumchilar to'pni bir-birlariga tez oshira turib, doira ichidagi himoyachilarni chalg'itib, qulay fursatni topib doira o'rtasidagi nishonlarni birin-ketin urib yiqitishga kirishadilar.
Himoyachilar doiradan chiqib ketmasliklari kerak. Himoyadagi o'yinchilarning tayog'i hujumchilar tayog'iga tegib ketsa, himoya-chi doira chizig'idan tashqariga chiqib ketsa jarima belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |