Universiteti sportni boshqarish fakulteti milliy va harakatli o



Yüklə 135 Kb.
səhifə2/18
tarix01.12.2023
ölçüsü135 Kb.
#170290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
o’yin namunalari

O'yinning tavsifi. Qoziqning atrofida, arqonchani ushlab olib boshlovchi o't-shuvoqni yulib olmoqchi bo'lgan hujumchilardan himoya qiladi va ularni qo'li yoki oyog'i bilan himoyalanib hay-daydi, ya'ni shuvoqlarni yulib olishlariga yo'l qo'ymaydi. O'yin-da boshlovchidan tashqari yana 4—5 kishi hujumchi vazifasini o'taydi. Qaysi o'yinchi ko'proq o't shuvoqni yulib olsa, o'sha g'olib chiqadi. Birorta o't shuvoqni yulib olishga yo'l qo'ymagan boshlovchi ham g'olib chiqishi mumkin.
«Yelkada kurashish»
O'yinga tayyorgarlik. O'yinning oddiy kurashdan farqi shun-daki, kurash faqat yuqorida, ya'ni ikkinchi qavatda bo'ladi. O'spi-rinlar, yuqori sinf o'quvchilari juft-juft bo'lishib, vazni yengilroq bola yurogaga, ya'ni yelkaga chiqib oladi. Yelkada kurash o'tkazilishi uchun sport zali yoki maysazor bo'lishi kerak. Ishtirokchilar kelishib olganlaridan so'ng, o'yinchilar jamoalarga bo'linadilar, sport zaliga mat-to'shak solingan joyga har qaysi komandadan 2x2 bo'lib chiqishadi.
O'yinning tavsifi. O'rtada turgan hakam hushtak chalishi bilan yuqoridagi ishtirokchilar kurashni boshlaydilar. Kim birinchi bo'lib raqibni to'shakka ag'darsa, o'sha yutgan hisoblanadi va koman-dasiga ochko keltiradi. Qaysi komanda ko'proq ochko yig'sa, shu komanda go'lib bo'ladi.
«Bo'ron»
O'yinga tayyorgarlik. O'yinni keng maysali maydonda, sport zali yoki sport maydonida o'tkazsa bo'ladi. Bolalar ikki jamoaga ajratilib, maydon yoki zalning bir tomoniga saflanib turadilar. «Bo'ron» o'yiniga 300—500 gramm keladigan belboqqa tugilgan, bir uchi qo'l bilan ushlashga qulay tuguncha kerak bo'ladi. Maydon-ningbir chekkasiga diametri taxminan 1,5 m bo'lgan doira chiziladi.
O'yinning tavsifi. O'yin hakamning tugunchani kamida 30 m masofaga uloqtirishi bilan boshlanadi. Jamoa a'zolari yugurishib tugunchani olishadi. So'ngra uni bir-birlariga uzatishib, doiramarraga olib kelib tashlashlari kerak. O'yinda tugunchani birinchi bo'lib marraga tashlagan komanda g'olib bo'ladi.

Yüklə 135 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin