Universiteti sportni boshqarish fakulteti milliy va harakatli o


«Qirq tosh» O'yinga tayyorgarlik



Yüklə 135 Kb.
səhifə3/18
tarix01.12.2023
ölçüsü135 Kb.
#170290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
o’yin namunalari

«Qirq tosh»
O'yinga tayyorgarlik. O'yin maysazorda, sport zalida yoki maydonchada o'tkaziladi. Start chizig'idan boshlab uzunasiga har bir bolani hisobga olib (6—6, 10—10, 20—20 va h.k.) bir metrdan aniq parallel chiziqlar belgilaniladi. Har bir bola tosh o'rniga bittadan lattadan tikilgan koptokchani qo'liga ushlab tayyorlanib turadi.
O'yinning tavsifi. Hakam yoki o'qituvchining hushtagiga binoan har bir bola belgilangan har bir metrga yugurib borib toshni yoki koptokni qo'yib, o'z joyiga qaytib olib keladi. Oxirgi o'yinchi toshini olib borib qaytgandan so'ng, yana bin" o'z toshini yugurib borib qaytib olib keladi. Qaysi komanda birinchi bo'lib o'z koptok-chalarini terib olib kelsa, o'sha komanda g'olib deb hisoblanadi.
«Cho'pon» (yoki «Podachi»)
O'yinga tayyorgarlik. O'yin sport maydonida yoki zalda o'tka-zilishi mumkin. O'yinni boshlash oldidan to'pni otish joyi belgi-lanadi, chiziladi. To'pni otish chizig'idan 25—30 metr uzoqlikda marra belgilanadi. Ikki komanda ishtirokchilari otish joyida qolish uchun qur'a tashlaydilar. Otish joyida qolgan o'yinchilarga qarshi komanda maydonga chiqib joylashadi. Otish joyidan o'yinchi kop-tokni o'yinga tashlab beradi.
O'yinning tavsifi. Otish joyidan o'yinchi koptokni iloji boricha uzoqqa otishi lozim, koptok uzoqroqqa ketsa, o'yinchi tezda yugurib chiqib marraga borib, joyiga qaytib keladi. So'ngra doira uy ichida dam oh'b turadi. Himoyachilar urilgan koptokni tepadan yoki yerdan ilib olsalar, marraga yugurgan o'yinchi uradi, koptok tegsa, himoyachilar otish chizig'iga yuguradilar. Koptok tekkan o'yinchi darhol koptokni tutib olib, himoyachilardan biriga otadi. Bu holda ular ham otish chizig'iga yuguradilar, ya'ni yana joy almashadilar. Shunday qilib, o'yinchilar qaysi komandadan bo'lmasin, ketma-ket koptokni tegdirmasdan o'yinni muvaffaqiyatli tugasalar, o'sha komanda g'olib chiqadi.
«Arqon talashish»
O'yinga tayyorgariik. Maydonchaning qarama-qarshi tomon-lariga o'zaro parallel ikki chiziq o'tkaziladi. Hamma o'yinchilar kuch jihatidan ikki komandaga bo'linadilar va chiziqlar orqasiga o'tib turadilar. Ikki chiziq oralig'iga maydochaning o'rtasiga ser-tugun qilib o'ralgan arqon qo'yiladi. Arqonning qoq o'rtasiga rangli latta bog'lab qo'yilgan bo'ladi.

Yüklə 135 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin