Universiteti sportni boshqarish fakulteti milliy va harakatli o



Yüklə 135 Kb.
səhifə18/18
tarix01.12.2023
ölçüsü135 Kb.
#170290
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
o’yin namunalari

«Quloq-chakka»
Bu o'yinda 4-5 bola qatnashadi. O'yinchilar kuchda teng bolishlari kerak. O'yinni kim boshlashi aniqlab olinadi. Bu o'yinchi tik turgan holda o'ng qo'lini o'ng chakkasiga, chap qo'lini esa o'ng qo'ltig'iga kafti ko'rinadigan qilib qo'yadi va o'yinchilarga qaramay turadi. Qolgan o'yinchilar bir vaqtda uning oldiga kelishadi va ulardan bittasi shu o'yinchining kaftiga kafti bilan uradi hamda hamma o'yinchilar bosh barmog'larini ko'rsatib turadilar. Bu ishora «men urdim» degan ma'noni bildiradi. Agar u urgan o'yin-chini topsa, o'sha o'yinchi bilan o'rin almashadilar. O'yin shu tariqa davom ettiriladi. Qaysi o'yinchi ko'p chakkasini ushlab turgan bo'lsa, o'sha o'yinchi yutqazgan hisoblanadi. O'yinchi chakkasini ushlab turgan vaqtda o'yinchilarga qaramasligi shart.
«Quvlashmachoq»
Maydon chiziq bilan chegaralanib chiqiladi. Bitta onaboshi — quvlovchi tayinlanadi. Boshqa o'yinchilar uning atrofida doira hosil qilib turadilar.
Quvlovchi «Bir, ikki, uch» deydi. Hamma bolalar har tomonga yugurib ketadilar. Quvlovchi ularni tutishga harakat qiladi. O'yinchilar xavf tug'ilgan paytda o'tirib olishlari mumkin, o'tirib olganlarni quvlovchi tutmaydi. Quvlovchi tutib olgan bola onaboshi bo'ladi. O'yinni istagancha vaqt davom ettirish mumkin.
Bu o'yinning «Sakrash bilan quvlashmachoq» variantini ham o'ynash mumkin. Bu o'yin ham yuqorida ta'riflangandek o'yna-ladi, faqat farqi — bir oyoqda sakrab yrugan o'yinchi tutilmaydi.
«Ko'zboylog'ich»
O'yinchilar doira qurib o'tiradi]ar. Ulardan biri onaboshi qilib tayinlanadi, u davraning tashqarisida turadi.
Bolalar ko'zlarini yumib o'tiradilar, onaboshi esa doira atrofida aylanib yurib, sekingina bir bolalarning orqasida to'xtaydi. Ona-boshining yurishiga bolalar quloq solib o'tiradilar. Orqasiga ona­boshi kelib to'xtaganini payqagan o'quvchi qo'lini ko'tarishi va buni o'qituvchiga aytishi kerak. Agar bola to'g'ri topsa onaboshi o'rnini egallaydi. Agar topolmasa o'yin davom ettirilaveradi.
«Karnaymi, surnay?»
O'yin maydonchada yoki zalda o'tkaziladi. O'yinchilar qo'l ushlashib bir qatorga saflanib turadilar. O'yinchilardan bitta so-tuvchi va bitta xaridor saylanadi. Onaboshi safning boshida turadi.
Xaridor sotuvchining oldiga kelib: «Mana shu oting uchun nima istaysan: karnaymi, surnay?» deb so'raydi. Sotuvchi «Bu otim uchun karnay!» deydi. Shu so'zlar aytib bo'linganidan keyin o'yinchilar doira bo'ylab yura boshlaydilar. Safning boshi va oxirida turgan o'yinchilar qo'llarini zanjir qilib turishadi. Qolgan o'yinchilar ularning qo'li tagidan o'ta boshlaydilar. Yurib turib karnay, surnay yoki do'mbira ovoziga, ya'ni qaysi asbobning nomi aytilgan bo'lsa, shu asbobning ovoziga taqlid qiladilar. Tanlangan o'yinchi boshqa tomonga qarab turadi, uni xaridor «uy»iga (maxsus belgilangan joyga) olib ketadi, qaytib kelgandan so'ng o'yinni yana davom ettiriladi. Uyga olib borib, qo'yilgan o'yinchilar ma'lum topshiriqni bajarishlari, masalan, tez aytishni o'rganib turishlari, topishmoq, rebus topishlari va o'yinchilar oldiga qaytish uchun harakat qilish-lari kerak. Lekin qaytishda ular bir qator to'siqlarni yengishlari lozim, masalan, shartli qilib belgilab qo'yilgan ariqdan, ko'prikdan o'tishlari, to'pni nishonga irg'itishlari lozim. To'siqlardan o'ta olmagan o'yinchi «uy»da qoladi. Hamma o'yinchilar qaytib kel-ganlaridan so'ng katta bayram bo'ladi. Bolalar qo'shiq aytadilar, raqsga tushadilar. Birdaniga ikkita musiqa asbobining nomini ham aytish mumkin.

Yüklə 135 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin