«Podsho va vazir» Bunda to'rtta kichik qog'ozga «podsho», «vazir», «askar», «o'g'ri» deb yoziladi. Buklab yerga sochib yuboriladi. To'rtta o'yinchi bittadan qog'oz oladi. Har qaysi o'yinchi o'ziga nima tushganini boshqalarga sezdirmay o'qiydi. «Podsho» yozuvi tushgan o'yinchi «Vazir o'g'rini topsin» deb buyruq beradi. Vazir o'g'rini topsa, askar o'g'rigajazo beradi. Agartopmasa, o'g'ri oladigan jazoni vazir oladi. Shu tariqa o'yin davom etaveradi.
«Do'ppi yashirar» O'yinchilar 2 guruhga bo'linib, har bir guruhda 4—5 tadan o'yinchi qatnashadi. Guruhlar 1,5—2 metr masofada bir-birlariga qarama-qarshi o'tirishadi. Ikkala guruhda ham bittadan do'ppi bo'ladi. Qaysi guruh o'yinni boshlashi qur'a tashlab aniqlanadi. O'yinchilardan biri 2-guruhga ko'rsatmay do'ppini yashiradi. «Bo'ladi» deganidan so'ng hamma qo'lini qovishtirib o'tiradi. 2-gu-ruh o'yinchilaridan birortasi do'ppini kim yashirganligini ko'rsa-tadi. Agar to'g'ri topsa, guruhga bir ochko beriladi. Topa olmasa, o'sha guruh yutqazgan hisoblanadi. Bu o'yin navbatma-navbat davom ettiriladi va oxirida yutuqlar hisoblanib, g'olib guruh aniqlanadi.
«Besh tosh» Bu o'yinni odatda qizlar o'ynaydilar. Har bir o'yinchida besh-tadan yapaloq tosh bo'lishi kerak. O'yinchilar toshlar yordamida jonglyorlikning turli usullarini namoyish etadilar.
O'yin quydagi tarzda o'tadi:
1. Toshlarni yerga bir-biriga tegmaydigan qilib tashlaymiz va bitta toshni yuqoriga otib, qolgan toshlarni bittalab yerdan terib olamiz (4 martada to'rtta tosh).
2. Yana toshlarni yerga tashlaymiz, bu safar ham bitta toshni yuqoriga otamiz, faqat har otishda ikkitadan toshni terib olamiz.
3. Yana toshlarni yerga tashlaymiz, bitta toshni yuqoriga otib, uchta toshni terib olamiz.
4. Toshlarni yerga tashlaymiz, bitta toshni yuqoriga otamiz, qolgan to'rtta toshni terib olamiz.
5. Toshlarni yerga tashlaymiz, bitta toshni qo'lga olib, yerdagi yana bitta toshni ko'tarib olamiz. Uchinchi toshni olayotganimizda, bitta toshni narigi qo'limizga o'tkazamiz, yerda qolgan yana ikkita toshni ham shu taxlitda olib, toshlarning hammasini chap qo'limizga olamiz.
6. Toshlarni yerga tashlaymiz. Bitta toshni qo'limizga olib, yuqoriga otamiz va yerdan bitta tosh olib, otilgan toshni ilib olamiz. Uchtasini ilib olayotganda qo'limizdagi bitta toshni tushirib yuboramiz. Toshni necha marta tushirish kerak bo'lsa, tushirib yana ilib olamiz.
7. 4-banddagi jarayonni yana qaytaramiz.
8. Toshlarni yerga tashlab ikkita barmog'imizni (chap qo'lda) dumaloq shaklda qilamizda, bitta toshni olib, qolgan to'rtta duma-loqqa kiritamiz. Hamma toshni kiritib bo'lgach dumaloqqa kirgan toshlarni ilib olamiz.
Beshtala toshni o'ng kaftimizga qo'yib, toshlarni yuqoriga otamiz va o'ng qo'limizning ustiga toshlarni tushiramiz. Nechta tosh tushsa, shuncha yutuq (ochko) hisoblanadi.