«Bekinniachoq»
O'yinga tayyorgariik. O'yin bolalarda kuzatuvchanlik, sezgirlik va topqirlik sifatlarini tarbiyalaydi. Bu o'yin uchun butazor yoki uylar bo'lishi kerak. Marrada qoladigan o'yinchi shunday aniq-lanadi: bir to'da bolalar baravariga: «Bekinmachoq oshga pichoq, kim oyni ko'rdi?» deya qo'llarini baland ko'taradilar. Qo'llarni ko'tarishda orqada qolgan bola marrada qoladi.
O'yinning tavsifi. O'yinni boshlash navbati aniqlangandan keyin, qolgan bolalar yashirinishga ketadilar. Qolgan o'yinchi yerga yotadi yoki yuzini devorga qilib turib baqiradi:
— Bo'ldimi? Bo'ldimi? — deydi va sanay boshlaydi. «Bir, ikki, uch, to'rt, besh, olti, yetti ketdim. Bo'lsa ham bo'ldi» deb, bola ko'zini ochadi, tevarak-atorfni sinchiklab kuzatadi va bolalarni qidira boshlaydi. Birinchi bo'lib topgan o'yincining ismini aytadi:
— Ana, ana, Umidjonni topdim.
Yoki berkingan bolalarni topsa:
— Bekinma, qoch, yuzingni och, to'xta topdim va hokazo.
«Ko'rpa yopindi»
O'yinga tayyorgariik. Bu o'yin yoshlarni jasurlik, chaqqonlik va qo'rqmaslikka o'rgatadi. O'yinda har bir komandadan besh kishi qatnashadi. O'yinchilarning qur'a tashlash yo'li bilan hi-moyada yoki hujumda o'ynashlari aniqlab olinadi.
Himoyachilardan to'rt kishi ustlariga ko'rpa yopinib, yerda bukilgan holda yotishadi, ularning har binning qo'lida 2 m lik arqonlar uchlari, arqonlarning ikkinchi uchlari eng chaqqon va epchil himoyachi qo'lida bo'ladi. O'rtada turgan himoyachining ikkinchi qo'lida bir metrlik arqon yoki durra bo'ladi. Hujumchilar hujumga tayyor bo'lib turadilar.
O'yinning tavsifi. Hakamning ko'rsatmasi bilan o'yin boshlanadi. Hujumchilar ko'rpa yopingan o'yinchilarni urushga harakat qiladilar. Himoyachi esa o'z sheriklarini hujumchilardan saqlash maqsadida qo'lidagi arqon bilan ularni urishga, tepishga harakat
qiladi. Lekin ikkinchi qo'lidagi arqonlarni qo'yib yubormasdan harakat qilishi kerak.
« Lanka»
O'yinga tayyorgarlik. Bu o'yin uchun qo'y yoki echki terisidan qirqib olib, tagiga og'irroq narsa yoki qo'rg'oshin yopishtirib yasal-gan lanka kerak bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |