Universiteti sportni boshqarish fakulteti milliy va harakatli o



Yüklə 135 Kb.
səhifə6/18
tarix01.12.2023
ölçüsü135 Kb.
#170290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
o’yin namunalari

O'yinning tavsifi. O'yinda bir guruh o'yinchilari qo'llariga danak yashiradilar va «juftmi-toq» deyishadi. Ikkinchi guruh o'yin­chilari, o'ylab, «juft» yoki «toq» deb javob berishlari kerak. Agar ular danaklar sonining juft yoki toqligini topgudek bo'lsalar, danak-larni o'zlariga oladilar.
«Chillak»
O'yinga tayyorgarlik. O'yin o'tpoq joyda yoki sport maydon-chasida o'tkaziladi. O'yin uchun uzunligi 80—100 sm, eni 2—2,5 sm bo'lgan bir uchi yassilangan tayoq (dasta) va uzunliga 20 sm bo'lgan tayoqcha — chillak kerak bo'ladi.
O'yinda 2 tadan 10 tagacha o'quvchi qatnashishi mumkin. O'yinni yakka tartibda yoki guruhlarga bo'linib o'ynasa ham bo'ladi.
O'yinning tavsifi. Belgilangan chiziqdan 2 m nariga dastani qo'yiladi. O'yinchilar chillakni yerda yotgan ana shu dastaning ustiga irg'itadilar. Chillakni birinchi bo'lib dastaga tekkizgan o'yinchi o'yinni boshlash huquqiga ega bo'ladi. O'yin boshlangandan keyin o'yinchi chillakni dastaning uchiga qo'yib turib yengilgina ko'tarib tashlaydi va chillakni qayta tushib, dastaga tegishi va yana sapchib ko'tarilib, qayta dasta ustiga tushirishi kerak. Chillakning dastaga har bir tegishi uchun bittadan ochko beriladi.
O'yinchi necha ochko to'plasa, u shuncha marta dasta bilan chillakni urib uni to'g'riga otadi. Agar har bir otganda chillak 20— 30 metr nariga borib tushsa, 3—4 ochko oladi. Shu tariqa chillakni uloqtirish 90—100 metr masofaga yetkazilishi mumkin.
Yutqazgan o'yinchi yoki raqib guruh o'yinchisi ana shu maso-faning hammasini nafas olmay yugurib o'tishi lozim. Chopib ketayotganida nafas olsa, o'sha joyda yana dasta bilan chillakni urib, qaytadan chopib o'tiladigan masofa belgilanadi.


«Durra»
O'yinga tayyorgarlik. O'yinni boshlang'ich sinf o'quvchilari o'ynaydilar. O'yinchilar doira hosil qilib cho'qqayib o'tiradilar. Bir o'yinchi (boshlovchi) durrani qo'liga o'ragan holda ushlab turadi.
O'yinning tavsifi. O'qituvchi signal berishi bilan O'yinchilar boshlarini tizzaga qo'yib ko'zlarini yumadilar. Shunda durrachi-o'yinchi qo'lidagi durra bilan doira chetida aylanib yurib, durrani bildirmasdan birorta o'yinchining orqa tomoniga qo'yadi va yurish-ni davom ettiradi. O'yinchilar darrov orqalariga qaraydilar, orqasiga durra qo'yilgan o'quvchi durrani oladi va boshlovchini doira cheti bo'ylab quva boshlaydi. Boshlovchi doirani aylanib kechib quvayot-gan o'quvchining joyiga o'tirib olishi kerak. Agar boshlovchi o'ti-rishga ulgurmasdan quvayotgan o'yinchi durrasi bilan boshlovchini ursa, boshlovchi durrali o'yinchini quvadi. U ham o'zini joyiga o'tarib olishga harakat qiladi. O'tirib ololmasa o'zi boshlovchi bo'lib qoladi. Shu tariqa o'yin qaytadan boshlanadi. O'yinning qachon tugashi belgilanmaydi. O'yinni 3-6 daqiqagacha davom ettirish mumkin.

Yüklə 135 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin