Termin so‘zlarning bo‘linishi va yunon-lotin termin elementlari (TE)
Bir qismi qandaydir boshqa so‘zda qaytarilgan va ma’nolari jihatidan bo‘g‘langan so‘zlar
bo‘linuvchi so‘zlar hisoblanadi. Bo‘linish
to‘liqyoki
noto‘liq bo‘lishi mumkin:
1) to‘liq bo‘linish – pod-algia (
yun. pus, podos + algos), pod-o-metria (
yun. metreo) va neur-algia (
yun. neuron), my-algia (
yun. mys, myos) hamda kephal-o-metria (
yun. kephalos), thorac-o-metria (
yun. thorax, thorakos);
2) yarim bo‘linish – pod-agra (
yun. podagra - oyoq uchun qopqon). So‘ zning birinchi qismi zamonaviy terminlar orasida uchragani uchun bo‘linuvchi hisoblanadi, ikkinchi qismi – agra – esa amaliy jihatdan yagona.
Ko‘plab qadimgi yunon va lotin tillari morfemalari terminshunoslikda o‘ziga xos ma’noga, ba’zan ilgari ma’noning ona tiliga xos bo‘lmagan yangi ma’noga ega bo‘lishadi.Bunday ma’nolarni
terminologik deb atash mumkin. Misol tariqasida, yunon so‘zi
kytos - idish lotinlashgan holi
cytus«hujayra» ma’nosida o‘zak morfema sifatida o‘nlab terminlar – yasam so‘zlar – tuzilishida muntazam ravishda qo‘llaniladi. Yunon sifatlari suffiksi
-itis dastlab «tegishlilik» umumiy ma’nosini bergan bo‘lsa, hozirda «yallig‘lanish» ma’noli termin otlar qismiga aylandi.
Termin elementlar. (TE).Mavjud bo‘lgan yoki yangi terminlar yaratishda tayyor holda muntazam foydalaniladigan va terminshunoslikda unga berilgan tushunchani saqlaydigan yasama so‘z qismi (morfema, morfemalar bloki)
termin element (TE) deyiladi. Bunda yunon-lotin kelib chiqishli xalqaro termin elementining qaysi transkripsiya, lotinchayoki o‘zbekcha, shaklida namoyonligi muhim ahamiyat kasb etmaydi.
Termin so‘zni TE ga bo‘lish uni morfemalarga bo‘lish bilan har doim ham mos kelavermaydi, chunki ba’zi TE o‘zida
butun blok – ikki-uch morfemaning bir butun qo‘shilishini mujassam etgan. Bunday rasmiy va sermazmun muttasilligida ushbu morfemalar bloki bir turda hosil qilingan yasama so‘zlar qatoridan bo‘lib olinadi, mas.,
asthen-opia, asthen-o-spermia, asthen-o-depressivus, asthen-isatio terminlarida
asthen(o)- (
yun. asthenes - kuchsiz) blokli tTE bo‘lib olinadi. Ko‘p uchrovchi TE
tom-ia(
yun. tome - kesish, qirqish),
rhaph-ia (
yun. rhaphe - chok),
log-ia (
yun. logos - fan) – yasama negizning tugallanma qismi – tarkibi bo‘yicha ikki morfemali: o‘zak + so‘zlarga «harakat, hodisa» umumiy ma’nosini beruvchi
-ia suffiksi. Ko‘p uchrovchi TE
ectomia esa 3 ta qadimgi yunon morfemalaridan iborat:
ek- old qo‘shimchasi +
tome o‘zagi +
-ia suffiksi.
Dostları ilə paylaş: