So‘z yasashning asosiy usullari affiksliyoki affikssiz bo‘ladi. Affiksli so‘z yasash– so‘z yasovchi affikslar (prefiks, suffiks) ni so‘z yasovchi negizga qo‘shish orqali amalga oshiriladi. Affikssiz so‘z yasash, asosan, murakkab so‘zlarni hosil qilishda ishlatiladi.
Suffiksatsiya
Suffiksatsiya deb suffiksni so‘z yasovchi negizga qo‘shishga aytiladi. Natijada olingan yasama negiz suffiksal deyiladi. Suffikslar muhim tasniflash vazifasini bajaradi. Suffiksatsiyada so‘z yasovchi negiz sifatida turli so‘z turkumlari – ot, sifat, fe’ldan foydalaniladi. Ayrim suffikslar faqat ma’lum bir so‘z turkumi negizi bilan qo‘shiladi, mas., -al, -ar suffikslari ot negizi bilan, -io, -or suffikslari fe’l negizi bilan. Undosh harf bilan boshlanuvchi suffiksning so‘z o‘zagiga qo‘shilishiyordamchi unli orqali sodir bo‘ladi: -i-, odatda, lotin so‘zlarida va -o-yunon kelib chiqishli so‘zlarda, mas.: lot. cruc-i-formis - xochsimon; tuberos-i-tas - do‘mboqlik; yun. bronch-o-genus - bronxogen.
NB!
Sifat yasalishida suffiks ot negiziga (qar. k. birlikda) qo‘shiladi: thorax, acis – thorac-ic-us; cartilago, inis – cartilagin-e-us.
Odatda, so‘z yasovchi negiz va suffiks bir tilga oid – yo lotin tiliga, yo yunon tiliga. Lekin terminshunoslikda gibrid so‘zlar ham kam emas, ayniqsa, sifatlar orasida, mas.: brachi-al-is, acromi-al-is, pyramid-al-is, petr-os-us, arteri-os-us so‘zlarida negiz yunoncha, suffikslar esa lotincha. O‘zida ham yunon, ham lotin suffikslarini mujassam etgan sifatlar ham uchraydi: spheno-id-al-is (-id – yun., -al – lot.).
Lotin va lotinlashgan yunon suffikslari
Ot yasovchi suffikslar 1. Deminutivlar – kichraytirish ma’nosini beruvchi otlar:
Suffikslar
So‘z yasovchi ot negizi
Yasama so‘z misollari
-ul-
(us, a, um)
glob-us
ven-a
fren-um
kurra
vena
yugan
glob-ulus
ven-ula
fren-ulum
kurracha
kichkina vena
yugancha
-cul-
(us, a, um)
canal-is
aur-is
gen-u
kanal
quloq
tizza
canal-i-culus
aur-i-cula
gen-i-culum
kanalcha
quloqcha
tizzacha
-ol-
(us, a, um)
bronch-us
are-a
bronx
maydon
bronch-i-olus
are-ola
bronxiola
maydoncha
-ell-
(us, a, um)
lam-ina
cereb(rum)
varaq
katta bosh miya
lam-ella
cereb-ellum
varaqcha
miyacha
-ill-
(us, a, um)
mam(ma)
sut bezi
mam(m)-illa
ko‘krak so‘rg‘ichi
NB!
So‘z yasovchi negiz I yoki II turlanishga mansub bo‘lgan holatda yasama kichraytiruvchi ot (deminutiv) turlanishni saqlab qoladi. Boshqa holatlarda so‘z yasovchi negizning turlanishidan qat’iy nazar I yoki II turlanishni oladi, mas.: nodus, i m nodulus; vas, vasis n vasculum.
Eslatma:
1) odatda, III turlanishdagi otlarning unli va aralash turlariga -cul- (us, a, um) suffiksi qo‘shiladi: collis, is m– colliculus - tepalikcha; auris, is f – auricula - quloqcha; rete, is n – reticulum - to‘rcha. Agar so‘z yasovchi negiz sifatida III turlanishdagi otning undosh turi qo‘llanilsa ham -cul- (us, a, um) ishlatiladi: corpus, oris n – corpusculum - tanacha; vas, vasis n – vasculum - tomircha.
2) avval undosh kelgan unli bilan tugallanuvchi o‘zakka -ol- (us, a, um) suffiksi qo‘shiladi: arter-i-a – arteri-ola; fov-e-a – fove-ola.
3) -ll- suffiksi bilan ifodalangan so‘zlar kichraytirish ma’nosini olib bo‘lgan yasama negizlardan hosil bo‘lgan 2-darajali kichraytiruvchi otlar hisoblanadi: capsa - idish, quti – capsula (1-darajali deminutiv) g‘ilof, quticha – caps-ella (2-darajali deminutiv) kichik quticha.
4) o‘zagida r, l, m, n undoshlarini tutgan so‘zlardan deminutivlar -ll- (us, a, um) yoki -ell- (us, a, um) suffikslari bilan hosil qilinadi: cerebrum – cerebellum, scalper (scalprum - tig‘, pichoq) – scalpellum.
5) kichraytirish ma’nosiga ega bo‘lmagan otlarni deminutivlardan ajrata olish kerak: macula - dog‘; acetabulum - quymuch kosasi.
6) ba’zi sun’iy yaratilgan terminlar kichraytirish ma’nosiga ega emas: gastrula, blastula, morula, organella.
2. Harakat va jarayonni anglatuvchi otlar:
Suffikslar
So‘z yasovchi fe’l negizi (supin)
Yasama so‘z misollari
-io-
(tio, sio, xio)
flex-um
transsudat-um
bukmoq
terga botmoq
flex-io
transsudat-io
bukish
transsudatsiya
Eslatma:
1)-io- nafaqat harakat va jarayonni, balki shu harakat natijasini ham anglatishi mumkin: decussatio - kesishma (X shaklidagi hosila); impressio - botiq; terminatio - oxir.
2) -io- dan sun’iy hosil bo‘lgan so‘zlar orasida ba’zilari fe’l emas, ot negizidan kelib chiqqan: decapsula-tio - dekapsulatsiya, a’zo qobig‘ini operativ olib tashlash; hepatis-a-tio - jigarlanish, o‘pka to‘qimasining zichlashishi.
3. Harakat bajarilayotgan predmet (a’zo, asbob, uskuna), faoliyatni amalga oshirayotgan shaxsni anglatuvchi otlar: