Uo’K 11. 124 Kbk 5ya2+81. Lat-4 Tuzuvchilar


Ko‘p qo‘llaniluvchiyunon-lotin prefikslari



Yüklə 25,53 Mb.
səhifə36/65
tarix21.10.2023
ölçüsü25,53 Mb.
#158573
növüУчебник
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65
kitob tayyor15.04.2018 (Восстановлен)

Ko‘p qo‘llaniluvchiyunon-lotin prefikslari


Prefikslar

Ma’nosi

Misollar

Tarjimasi

Lot.

Yun.

ad- (ac-, af-, al-, an-, ap-, as-, at-)




yaqinlashish, birlashish, qo‘shilish

ad-ductio
ag-gluntinatio
ad-nexa (an-nexa)
af-ferens
as-sistens

yaqinlashtirish
yopishtirish
o‘simtalar
olib keluvchi
yonda turuvchi

ab- (abs-, a-)

apo- (ap-, aph)

uzoqlashish

ab-oralis
abs-tinentia
a-vulsio
apo-physis
aph-aeresis (apo+hairesis)

og‘izdan uzoqda
tiyilish
uzilish
o‘siq
aferez (tortib olish)

intra-, intro-

endo-, ento-

ichkari, ichki

intra-abdominalis
intro-itus
endo-scopia
ento-derma

qorin ichi
kirish
tana bo‘shliqlari va kanallarini vizual tekshirish usuli
ichki pushtyaprog‘i

Eslatma: intra- “vaqt mobaynida” ma’nosiga ham ega: intra-vitalis - tiriklikdagi.

extra-, extero-

ecto-, exo-

tashqari, tashqi

extra-uterinus
extero-receptor
ecto-derma
exo-glossia

bachadondan tashqari
tashqi muhitdan taassurotni qabul qiluvchi retseptor
tashqi pushtyaprog‘i
tilning yiriklashib og‘izdan chiqib turishi

infra-, sub-

hypo- (hyp-)

ost, quyi, pastki normadan kam

infra-scapularis
sub-acromialis
hypo-gastrium

kurak osti
akromion osti
qorin osti
hypotonia

supra-, super-

hyper-, epi-

usti yuqori normadan ortiq

supra-scapularis
supra-acromialis
super-medialis
epi-gastrium
epi-glottis

kurak usti
akromion usti
yuqori medial
qorin usti
hiqildoq usti sohasi hypertonia

ante-, prae- (pre-), pro-

pro-

oldingi, old; oldin, avval

ante-brachium
prae-senilis
pro-lapsus
pro-nephros

bilak
qarilikdan oldin
a’zo tushib qolishi
buyrak oldi

post-

meta- (met-)

keyin, so‘ng

post-nasalis
meta-thalamus

met-encephalon



tug‘ruqdan keyin
ko‘ruv bo‘rtig‘i orti miya qismi



Eslatma: meta- “bir joydan yoki holatdan boshqasiga o‘tish”, “o‘zgarish” ikkilamchi, ko‘chma ma’nolariga ga ham ega: meta-stasis - patologik materialning organizm bir joyidan boshqa joyiga ko‘chishi; meta-bolismus (yun. metabole) - moddalar almashinuvi.

inter-

meso- (mes-), dia- (di-)

oraliq, ora, o‘rta

inter-muscularis
meso-derma
dia-physis

di-encephalon



mushaklararo
o‘rta pushtyaprog‘i
uzun naysimon suyaklarning o‘rta qismi
oraliq miya

NB!
meso-prefiksiqorinichia’zosinianglatuvchinegizgaqo‘shilib, ushbu a’zoning tutqichini hosil qiladi: meso-colon–chambarichak tutqichi; meso-gastrium - me’da tutqichi.
dia- prefiksining o‘zga ma’nosi quyidagi jadvallarda berilgan.

circum-

peri-, para- (par-)

atrof, old

circum-analis
peri-arterialis
peri-cranium
gl. par-otis
para-metrium

orqa peshov atrofi
arteriya atrofi
kalla suyak usti pardasi
quloq oldi bezi
bachadon atrofi kletchatkasi

NB!
peri- prefiksi a’zo nomi bilan birga ushbu a’zoni qoplab turgan tashqi qobiq, g‘ilof, to‘qima, qorin pardani bildiradi: peri-metrium - bachadon seroz (qorin pardaga oid) pardasi; peri-osteum - suyak usti pardasi; peri-bronchitis - bronxni o‘rab turuvchi to‘qima yallig‘lanishi; peri-nephritis - buyrak fibroz g‘ilofining yallig‘lanishi.
para-prefiksi ichki a’zo nomi bilan birga ushbu a’zoni atrofidagi kletchatka (siyrak tolali biriktiruvchi to‘qima) ni anglatadi: para-nephritis - buyrak atrofi kletchatkasi yallig‘lanishi.
para-prefiksi “normadan og‘ish”, “berilgan so‘z yasovchi negizdan farqlanuvchi” ikkilamchi ma’nolariga ham ega: par-acusis - eshitish taassurotlarini noto‘g‘ri yoki o‘zgargan idrok qilish; para-struma - qalqon oldi bezlarining bo‘qoqni eslatuvchi gipertrofiyasi.

trans-




orqali; ma’lum chegarada harakatlanish

trans-thoracalis
trans-plantatio

ko‘krak qafasi orqali
ko‘chirib o‘tkazish

per-

dia-

orqali; harakat ma’nosining kuchayishi

per-foratus
per-tubatio

per-sistens


per-tussis
dia-rrheo (dia+rrheo)

teshilgan
bachadon naylarini shishirish
qolishining davom etishi
ko‘kyo‘tal
ich ketishi

retro-




orqa, ort

retro-nasalis
retro-sternalis
retro-versio
retro-gnathia

retro-bulbaris



burun orti
to‘sh orti
orqaga burilish, og‘ish
yuqori jag‘ning ortga siljishi
ko‘z olmasi orti

re-




qaytalanish, takrorlanish; javoban, qarshi harakat

re-spiratio
re-currens
re-animatio
re-fluxus

nafas olish
qaytalanuvchi
jonlanish
teskari oqim

con- (com-, cor-, col-, co-)

syn- (sym-, sy-)

birgalikda; aloqa, bog‘lanish, bilan, birikish

con-junctiva

m. con-strictor


com-missura
m. com-pressor
con-tractio
cor-rectio
syn-apsis

sym-biosis


sy-stole

ko‘zning biriktiruvchi to‘qimali pardasi
toraytiruvchi mushak
bitishma
toraytiruvchimushak
qisqarish
tog‘rilanish
ikki neyron hamda asab va mushak birlashish joyi
birga yashash
sistola

contra-

anti- (ant-)

qarama-qarshi, qarshi, holat, harakat

contra-lateralis

anti-tragus


ant-acidum

qarama-qarshi tomonda joylashgan
quloq yumshog‘iga qarshi
kislotaga qarshi




ana-

pastdan yuqoriga ko‘tariluvchi harakat; harakat tiklanishi

ana-crota
ana-biosis (ana+bioo)
ana-mnesis

(yun. krote - zarba) puls to‘lqini ko‘tariluvchi qismi
hayot jarayonlarining vaqtinchalik sekinlashishiyoki to‘xtashi
anamnez

ana- prefiksi “so‘z yasovchi negiz ifodalagan man’oga qarama-qarshi harakat, holat” ma’nosiga ham ega: ana-toxinum - zahrini yo‘qotgan toksin.




cata-

yuqoridan pastga tushuvchi harakat; harakat ma’nosining kuchayishi

cata-crota

cata-mnesis



puls to‘lqini tushuvchi qismi
(yun. katamnemoneuo - eslamoq) katamnez

in- (im-, il-, ir-)

en- (em-)

Ichida

in-cretorius
im-pressio
en-tropion

en-cephalon


em-bolia

ichki sekretsiyaga oid
botiq
qovoqning ichkariga buralib qolishi
bosh miya
(yun. ballo - tashlamoq) emboliya

ex- (ef-, e-)

ec-, ex-

Ichidan

ex-cretorius
ef-ferens
e-missarium

ec-topia

ex-ostosis


tashqi sekretsiyaga oid
olib ketuvchi
bitiruvchi (olib chiquvchi kanal)
(yun. topos - joy) a’zoning tug‘ma siljishi
(yun. osteon - suyak)suyakda o‘siq

in- (im-, il-, ir-)

a-(an-)

so‘z yasovchi negiz belgisini inkor etilishiyoki yo‘qligi

in-sufficienta
in-nocens
im-potentia
im-munitas

ir-regularis


a-pathia
an-algesia

yetishmovchilik
ziyonsiz
quvvatsizlik
(asl. majburiyatdan ozodlik) immunitet
nomuntazam
hissiy befarqlik
og‘riqsizlantirish, og‘riqli qo‘zg‘alishlarni sezmaslik




dys-

buzilish, qiynalish; faoliyatning buzilishi; normadan sifat yoki miqdoriy og‘ishi

dys-tonia
dys-uria

tonusning buzilishi
bovul buzilishi




eu-

normal faoliyat; to‘g‘ri; yaxshi holatda

eu-rythmia
eu-pnoë

to‘g‘ri ritm
normal nafas

dis- (dif-, di-)

dia-

bo‘linish, ajralish, ayrilish

dis-seminatio
di-vergentia
dif-fusus
dia-lysis
dia-gnosis

tarqalish
ayrilish
yoyilish
taqsimlanish
tashxislash

de- (des-), se-




ajratish, yo‘qotish

de-pilatio
des-infectio
de-generatio
de-ferens
se-paratio
se-cretio

soch yulish
zararsizlantirish
tubanlashish
olib boruvchi
bo‘lish
ajratish

de-prefiksi pastga harakatni ham bildirishi mumkin: m. de-pressor - tushiruvchi mushak.

Prefiks-suffiksli yasama so‘zlar


O‘zakka/negizga prefiks va suffiksning bir vaqtda qo‘shilishi oqibatida hosil bo‘lgan so‘zlar prefiks-suffiksli yasama so‘zlar deyiladi. Shu tariqa qadimgi yunon terminshunosligida hypo-gastr-ium (yun. hypogastrion) - qorin quyi sohasi, mes-enter-ium (yun. mesenterion) - tutqich terminlari hosil bo‘lgan. Natijada shunday qolip asosida mesogastrium, epigastriumterminlari va barcha tutqich nomlari (mesometrium, mesovarium va h.). Dastlab epithelium ko‘krak so‘rg‘ichi ustidagi yupqa terini anglatgan (yun. thele - so‘rg‘ich), keyinchalik bu terminning ma’nosi kengaygan va shu qolip asosida mesothelium, endotheliumterminlari yaratilgan.

Mashqlar


I. Berilgan terminlarning ma’nosini tushuntiring:
A.infraorbitalis, supraclavicularis, infratrochlearis, supratrochlearis, interclavicularis, interosseus, intralobularis, intramuscularis, parasternalis, episternalis, suprasternalis, subcorticalis, subduralis, epitympanicus, endocervicalis, applicatio (lot.applico - qo‘ymoq), antenatalis (lot. natus - tug‘ilish), postnatalis, intertarsea, intranatalis, mesoduodenum, interalveolaris, subcutaneus, extrapulmonalis, extrapyramidalis, extramuralis (lot. murus - devor), paravesicalis, submandibularis, retrobuccalis, premolares, subpleuralis, connectivus (lot. necto - to‘qimoq, biriktirmoq), adducens (lot. duco - olib bormoq), abducens, abductio, praeglaucoma, praecancerosus.
B. aggravatio (lot. gravis - og‘ir) - og‘irlashish (kasallikning); exhumatio (lot. humus - yer) - mayyitni kavlab chiqarish; adaptatio (lot. aptus - layoqatli, qulay), readaptatio; decompensatio; desactivatio; synphalangia; adsorptio (lot. sorbeo - singdirmoq, shimmoq); reabilitatio (lot. habilitas - qobiliyat, yaroqlilik); praemorbidus (lot. morbus - kasallik); exenteratio seu eventratio - ichki a’zolarning chiqib qolishi; exarticulatio - oxirni bo‘g‘imdan ajratish; exstirpatio (lot. sirps - poyaning ildizli ostki qismi) - ildizi bilan yulib olish, a’zoni to‘liq olib tashlash; dementia (lot. mens, mentis - fikr, aql) - aqli zaiflik; diastole - yurak bo‘shliqlarining bir maromda kengayishi; systole - yurakning bir maromda qisqarishi; diathermia (yun. thermos - issiqlik) - chuqur yotgan to‘qimalarning qizishi; invasio (lot. vado - yo‘l olmoq, intilmoq); dilatatio (lot. dilato - kengaytirmoq); disseminatio (lot. semino - sochmoq); differentialis - farqlovchi; endemia (yun. demos - muzofot, davlat, xalq) - ma’lum bir kasallik bilan kasallangan odamlar guruhining doimiy mavjudligi.
C. empema (yun. pyon - yiring) - tabiiy bo‘shliqda yiring to‘planishi; praesenilis (lot. senex, senis - qari, keksa); praeventivus - saqlaydigan; prodromalis (yun. prodromos - oldinda yuguruvchi) - darak beradigan; progrediens (lot. gradior - olg‘a qadam bosmoq) - kuchayuvchi; prolongatus - uzaytirilgan; pronephros - buyrak oldi; metanephros - ikkilamchi buyrak, to‘liq buyrak; sequestratio - jonsizlangan sohaning ko‘chishi; secretum (lot. secerno - ajratish); metaplasia (yun. plasis - shakllanish, hosil bo‘lish) - bir turdagi to‘qimaning boshqasiga turg‘un aylanishi.
D. metathalamus, hypothalamus, epithalamus, epitympanum, epiphysis (yun. phyo - o‘smoq), diaphysis, metaphysis, apophysis, decapitatio (doyalikda - homilani yo‘qotuvchi opertsiya), decompressio (lot. compressio - qisilish), eutopia (yun. topos - joy), dystopia, revaccinatio, reinfectio, regeneratio, degeneratio, antagonismus (yun. agon - kurash), invalidus (lot. validus - kuchli), conjunctiva, collectivus.
II. Sifatlarni lotin tiliga tarjima qiling:
pastki jag‘ osti, ensa osti, til osti (asabi), til osti (yo‘li), bo‘g‘imlararo, qovurg‘alararo, mushaklararo, to‘sh orti, lunj orti, qorin pardadan tashqari, mushak ichi, qirg‘oq usti, to‘sh usti (ikki turli prefiks bilan), to‘sh osti, chakka osti, umurtqalararo, qorin parda orti, halqum orti, g‘ilof ichi, buyrak usti, ko‘krak ichi.

2-1.Rasm.bosh va boyin.
Stomatologiyaga oid mashqlar:


III. Terminlardagi pristavkalarni ajrating. Ularning ma’nosini izohlab bering:
1. analgesia - og'riq xissini yo'qotish, analgeziya;
2. conjunctiva - ko'zning biriktiruvchi pardasi, konyuktiva;
3. exoglossia - tilning kattalashishi, uning og'iz bo'shlig'idan tashqariga chiqib qolishi, egzoglossiya;
4. endoscopia - tananing bo’shliqlari va kanallarini ko’z orqali o’rganish usullari, endoskopiya;
5. epiglottis - nadgortanik;
6. entropion - qovoqning ichkariga o’girilib qolishi;
7. immunitas - yuqumlikka chiqamlilik, kasalliklar, immunitet;
8. metathalamus - miyaning ko’rish do’mbog’ining orqasida;
9. parotis (ot- -uxo) - quloq oldi bezi;
10. prognathia - yuqori jag’ning oldinga siljishi, prognatiya;
11. parodontosis - paradont kasalligi (parodontium – parodont – tishning ildizi sohasidagi anatomic o’zgarishlar yig’indisi) parodontoz.
12. periodontium - tishning suyak usti pardasi – biriktiruvchi to’qima. tish devori va tish ildizi orasidagi bo’shlig’ini to’ldiruvchi periadont;
13. retronasalis - burunning orqa qismi;
14. retrognathia - yuqori jag’ning orqaga siljishi, retrognatiya;
15. respiratio - nafas olishi, respirasiya ;
16. recurrens - oqaga qaytuvchi, rekurrentniy;
17. sesretio - ajratish, sekretsiya;
18. anabiosis - (gr. anabiosis -tirilmoq) – tirik organizmning vaqtinchalik holati, unda tirik organizmdagi moddalar almashinuvi deyarli toxtaydi, va hayot faoliyati ko’rinishi umuman yoqoladi, anabioz.


IV. Terminlarni to’ldiring:

1. Sezgining yoqolishi, reaktivlik yoqolishi:


...ergia
2. Xid bilishning yoqolishiyoki buzulishi:
...osmia
3. Yutishning qiyinlashishi:
...phagia
4. Qiyshayish (uzoqlashishi), misol uchun tish ildizi:
...viatio
5. Yuqori jag’ning orqaga siljishi
...gnathia
6. Pastki jag’ning oldinga siljishi:
...genia
7. Tiklanishi (misol uchun tishning ildizi):
...plantatio
8. Ajralishning kamayishi (so’lak):
...secretio
9. Yuqori umumlashgan tishlar:
...odontia
10. Sezgining kamayishi

Yüklə 25,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin