V.Terminlarni AE ga bo‘ling, ma’nosini tushuntiring:
A. splanchnologia, gastroenterologia, intestinoplastica, ileocoloplastica, laparotomia, laparothoracotomia, gastrectasia, bronchoectasis, vagotomia, spondylotomia, enteroptosis, proctospasmus, hydrotherapia, pneumonopexia, stenocardia, ileosimostomia, pylorostenosis, choledochoplastica, phthisiatria (yun. phthisis - sil), choledochostomia, colostoma, colostomia, acroparalysis, choledochogastrotomia, splenoptosis, hysteroscopia, tomographia, nephrotomographia, nephrostomia, splenitis, hepaticoduodenostomia, splenorrhaphia, osteomalacia, chondromalacia, splanchnoptosis, metroplastica, pancreatotomia, pancreatocholangiorentgenographia, thoracolaparotomia, thoracogastroschisis.
B. salpingolysis, patellodesis, renoprivus, thyreoprivus, ovarioprivus, dacryocystographia, colporrhaphia, metreurynter, rhachischisis, salpingectomia, trachelotomia, rachiotomia, thoracocentesis, cranioschisis, dacryocystostenosis, laparocentesis, arthrodesis, cardiorrhexis, spondylodesis, cholangioma, spondyloschisis, urethritis, hysterocervicotomia, ureterographia, ureterotomia, orchipexia, orchiectomia, trachelotomia, diverticuloectomia, salpingostomia, cholangitis, colpopexia.
Yurak devorlari
5.1. Yurak –mediastin/um (ko‘krak qafasining o‘pkalar orasidagi sohasi) da joylashgan to‘rt kamerali mushakli a’zo. U arteriya, vena va kapillarlardagi qon uchun nasos vazifasini bajaradi. Yurak devorlari (1) endokard, (2) miokard va (3) perikarddan tashkil topgan.
5-2 rasmdayurak tuzilishini ko‘rib chiqing va yurak devorlarini belgilang.
5.2.Endo/cardi/um, ichki pardali qavat, yurak ichki yuzasi va yurak qopqoqlari uchun tekis yuza hosil qiladi. Myo/cardi/um, o‘rta mushakli qavat, o‘ziga xos mushaklardan iborat bo‘lib, qisqargan mushak tutamlari yurak kameralarini qisqartirib, qonni ulardan haydab chiqaradi. Peri/cardi/um, tolali xalta, butun yurakni o‘rab turadi.
5.3.Peri/card/itis perikardga oid suyuqlikning perikard xaltasiga to‘planishi bilan kechuvchiyallig‘lanishi. Agar suyuqlik yurakni ezsa va faoliyatiga to‘sqinlik qilsa, yurak tamponadasi yuzaga keladi. Ushbu holatda peri/cardi/o/centesis o‘tkaziladi.
5.4. Peri/cardi/um barcha qismini kesib olish jarrohlik amaliyoti _______ / _______ / _______ deb nomlanadi.3
5.5. Peri/cardi/um dagi jarohatga chok qo‘yish _______ / _______ / ___ / _______ deb ataladi.
Qon aylanish tizimi va yurak tuzilishi
5.6. Qon aylanish tizimi yurak va qon tomirlaridan iborat yurak-qon tomiri tizimi hamda limfa tomirlari, limfa tuguni va limfoid a’zolar (taloq, ayrismon bez va murtaklar) dan iborat limfa tizimiga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |