Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


Fan bo’yicha talabalar bilimini baxolash va nazorat qilish mezonlari



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə112/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

Fan bo’yicha talabalar bilimini baxolash va nazorat qilish mezonlari
4- SEMESTR:
1.1. Ushbu semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
1.2. Oraliq nazorat 1-semestrning 12-xaftasida talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida 1 marta o‘tkaziladi.
1.3. Talabaning amaliy mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida quyidagi sonda amalga oshiriladi:

Mashg‘ulot turi

Baxolashlar soni

Semenar

2 marta

Mustaqil ta’lim

1 marta (referat)

1.4. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda 1 ta nazariy savolga yozma ish javobi baxosi (III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari o‘rtachasi hisoblanib yaxlitlab qo‘yiladi.
1.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash (III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida) maqsadida 3 ta savol berish orqali yozma shaklda o‘tkaziladi:
1 savol: nazariy
2 savol: nazariy
3 savol: amaliy
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan.
III. TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin