Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə56/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

To‘rtinchidan, mintaqada yuzaga kelgan muammolarni hal etishga xizmat qiluvchi yangi ma’naviy-mafkuraviy muhitni shakllantirish ehtiyoji ham oshib bordi. Bu borada uzoq vaqt mustamlaka sifatida yashagan respublikalar, zo‘ravonlik bilan o‘tkazib kelingan umumiy tamoyillardan voz kechib, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga o‘tib oldilar. Bu jarayonda Afg‘onistonda urush alangasi o‘chmagani faqat bizning mamlakatimiz uchungina emas, balki butun mintaqadagi barcha mamlakatlar uchun ham katta xavf-xatarni vujudga keltirdi.
Beshinchidan, O‘zbekiston o‘zining iqtisodiy salohiyati, xom-ashyo resurslarga boyligi, ishchi kuchi va demokratik imkoniyatlari, ko‘p jihatdan geopolitik joylashuviga ko‘ra ham, mintaqada etakchi o‘rinda turganligi bilan ajralib turadi. Binobarin O‘zbekistonga nisbatan bo‘ladigan har qanday xavf-xatar, albatta, butun mintaqaga ta’sir qiladi. SHu ma’noda ham turli siyosiy kuchlar va harakatlar Afg‘onistondagi urush olovini kuchaytirish va mintaqadagi vaziyatni murakkablashtirish hamda mintaqa davlatlarini unga jalb qilishning turli yo‘llarini va uslublarini ishga soldi. Aslida bu urinishlarga mintaqa mamlakatlari va xalqlari o‘rtasida mavjud bo‘lgan azaliy do‘stlikka putur etkazishga qaratilgan mafkuraviy harakatlar deb baho berishi mumkin.
Insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanish tarixi, ayniqsa, har jihatdan bir-biriga bog‘liq bo‘lib qolgan hozirgi dunyo voqeligi shundan dalolat berib turibdiki, alohida olingan bir davlatdagi hech bir mojaro uzoq vaqt davomida milliy chegaralar doirasida qolib ketmaydi. Bir qancha sabablarga ko‘ra bunday mojaro nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada yoyilib ketishi muqarrar. Bu esa ertami-kechmi qo‘shni davlatlar oldiga barcha salbiy oqibatlari bilan birga qator muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Hatto mintaqadagi vaziyatni beqaror­lashtirish darajasiga borib etadi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, mojaroning yashirin va oshkora tarzda baynalmilallashuvi tanglikni chuqurlashtiradi. CHunki turli maqsadlarni ko‘zlaydigan va tanglik mavjud bo‘lgan hududda o‘z manfaatlarini ta’minlashga intiladigan tashqi kuchlar hamma vaqt shay turadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib, taraqqiyot sari qadam tashlagan sharoitda jahondagi ma’lum bir siyosiy kuchlar, mafkuraviy poligonlar ulkan iqtisodiy salohiyat va qulay geopolitik mavqega ega bo‘l­gan bu mintaqani o‘z manfaatlari doirasiga tortish harakatlari­dan to‘xtagani yo‘q. Ular o‘z maqsadlariga erishish uchun ta’sir va bosim o‘tkazishning barcha shakllarini qo‘llamoqdalar. Jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro munosabatlari jarayoniga to‘sqinlik qilish, ularda turli sabablarga ko‘ra (masalan, transchegaraviy daryolar tufayli) bir-birlaridan norozilik kayfiyatini o‘yg‘otish kabi mafkuraviy ta’sir o‘tkazish holatlari sodir bo‘layotganligini ta’kidlash mumkin. Bu maqsadda mintaqada tarixan shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy aloqalarni izdan chiqarish, do‘st va birodar davlatlar, xalqlar va millatlar o‘rtasiga nizo solish, keskinlik o‘choqlarini keltirib chiqarish uchun turli g‘oyaviy, diniy va mafkuraviy vositalar ishga solinmoqda. Ayniqsa, xalqlarimiz dunyoqarashi va ma’naviyatida islom dinining mustahkam o‘rin egallaganidan foydalanib, ularga islomiy “saboq” berish, islomni qayta tiklash bayrog‘i ostida mintaqada diniy ekstremizm va fundamentalizmni keng tarqatish borasida olib borilayotgan qo‘poruvchilik harakatlari sodir etilmoqda.
Diniy ekstremizm va fundamentalizmning mintaqamiz, hususan mamlakatimiz taraqqiyotiga xavf tug‘dirayotganligini O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti teran anglab, bu qanday dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan hammamizni ogoh qilgan edi. Toshkentda fevral fojealari sodir etilmasdan ikki yil oldin Prezident I.A. Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘a­sida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli fundamental asarida shunday yozgan edi: “Ko‘plab siyosatchilar, olimlar, jurnalistlar XX asr oxirida yuz bergan “Islom uyg‘onishi”, “qayta islomlanish”, “islom fenomeni” va boshqa turli-tuman nomlar bilan atalgan hodisaning sabablarini tushuntirib berishga harakat qildilar. Bu tushunchalar haqida munozaraga kirishmagan holda, e’tiborni jahon hamjamiyati hayotida islom qadriyatlarini tiklash bayrog‘i ostida ro‘y berayotgan hodisalar g‘oyat xilma-xil, ko‘p qirrali, ba’zan ziddiyatli va hatto qarama-qarshi qutbli ekanligiga qarat­moqchiman. SHu bilan birga aniq-ravshanki, jahon jamoatchiligi bu jarayonlarga juda katta qiziqish bilan qarabgina qolmayapti. Uning diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi keskin hodisalar munosabati bilan bezovtalanayotganligi ba’zan esa, hatto xavfsirayotgani ham ko‘zga tashlanmoqda. Afsuski, hozirgi zamon sharoitida ana shu o‘ta keskin ko‘rinishlar jiddiy mojarolarni, ziddiyatlarni keltirib chiqarishi, barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligini insoniyatni cho‘chityapti. SHundan darak beruvchi fikrlar ancha-muncha to‘planib qolgan. O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta’minlash zarurligi nuqtai nazardan qaraganda, bu hodisalar bizda ham jiddiy tashvish tug‘dirmoqda” [75]. Bu fikr haqiqat bo‘lib chiqdi. Ekstremistlar 1999 yilning 16 fevralida o‘zlarining qora niyatlariga erishish maqsadida Toshkentda qo‘poruvchilikni amalga oshirdilar. Bu qo‘poruvchilik harakatlari orqasida katta kuchlar borligi ayon bo‘lib, ularning maqsadi, – O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti ta’kidlaganidek, – xalqimizning tinchligini buzish, qo‘rqi­tish, yuragiga vahima solish, yuritayotgan siyosatimizga ishonchni so‘ndirish, amalga oshirayotgan ulkan ishlarga zarba berishdan iborat edi.
Xo‘sh, nima uchun bu fojealar O‘zbekistonda sodir etildi, uning Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlarga ta’siri bo‘lishi mumkinmidi? Uning Toshkentda sodir etilishiga asosiy sabab shuki, yurtimizda olib borilayotgan siyosatning yutuqlari jahon jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilmoqda. Nisbatan qisqa davr ichida O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy jihatdan barqaror, umuminsoniy qadriyatlar ustuvor bo‘lgan, ma’naviy merosni va diniy qadriyatlarni tiklab, inson huquqlarini ustuvor soha darajasiga ko‘tara olgan mamlakatdir. Xalqining Prezidentga, davlatga ishonchi nihoyatda mustahkam bo‘lgan O‘zbekiston Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlash va mintaqa davlatlarining o‘zaro integratsiyalashuvi jarayonida etakchilik qilmoqda. Xuddi mana shu o‘ta katta ahamiyatga ega bo‘lgan omillar, asoslangan istiqboldagi yutuqlar xalqimiz va malakatimiz taraqqiyotining dushmanlarini vahimaga solmoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikning naqadar zarurligi, umumintaqaviy mafkuraviy tamoyillarga ehtiyoj O‘zbekistonning bu jarayondagi o‘rni va roli naqadar katta ekanligi yaqinda Qirg‘izistonda, uning janubida, O‘sh va Jalolobod hududlarida ro‘y bergan mojarolar misolida yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Turli muammolar va mojarolar iskanjasiga tushgan bu joylardan hayoti xavf ostida qolgan 150 mingdan ortiq qochoqlar mamlakatimizdan o‘z yurtlariga qaytib ketganlariga qadar boshpana topdilar. Markaziy Osiyoni “yoqib” yubrish mumkin bo‘lgan urush xavfining oldi olindi, mamlakatimiz aholisi hayotida ustivor bo‘lgan YUrt tinchligi, Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi g‘oyalari ustivor bo‘lgan milliy istiqlol mafkurasining qadri va ahamiyati namoyon bo‘ldi. Agar mintaqada dushmanlarimiz mo‘ljallagan maqsadlar amalga oshsa, bu nafaqat bizda, balki butun mintaqa davlatlarida ham juda katta o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga sabab bo‘lishi, mintaqaviy integratsiya jarayonlariga o‘zining ulkan salbiy ta’sirini o‘tkazishi mumkin edi. G‘animlarning amalga oshirgan harakatlari ko‘zlagan maqsadiga etmadi va etolmaydi ham.
Umuman Markaziy Osiyo xalqlari mustahkam do‘stligining ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim. CHunki, mintaqa tub xalqlarining ma’naviy ildizlari bir, ruhi, turmush tarzi yaqin, ular ana shu boy manbadan birdek bahra oladilar. SHu ma’noda ham ular birligini mustaxkamlash umummintaqaviy ma’naviy yuksalishimizga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazib turaveradi. Bu jarayonga qarshi qaratilgan har qanday mafkuraviy ta’sir yoki terroristik harakatlar umummintaqaviy qar­shilikka uchramog‘i va barbod bo‘lmog‘i lozim.
Markaziy Osiyo mintaqasidagi mafkuraviy jarayonlar tizimida Afg‘onistonda davom etayotgan urush ham alohida o‘rin egallab turibdi. O‘ttiz yildan buyon davom etib kelayotgan harbiy majoralar oqibatida umuminsoniy sivilizatsiyadan uzilib qolgan Afg‘oniston hududi xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm, qurol-yarog‘ va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi o‘chog‘i bo‘lib qoldi. Bu esa turli zararli g‘oyalarning terrorchilik, tahdid va tahlika yo‘li bilan butun mintaqaga yoyilish xavfini tug‘dirmoqda. Mustaqil taraqqiyot, erkin va farovon hayotga bo‘lgan ishonch - e’tiqodni mustahkamlash yo‘lida xavf-xatarlarning oldini olish uchun muttasil ogoh bo‘lib yashash, birgalikda kurash olib borish mintaqa xalqlari uchun hayotiy zaruriyatga aylanib qoldi.
Umuman, mafkuraning ijtimoiy hodisa sifatidagi xususiyatlarini to‘g‘ri tushunish mafkuraviy jarayonlarning mohiyatini teranroq anglash imkonini beradi. Mafkuraviy jarayonlar fikr va g‘oyalar namoyon bo‘lishining amaliy tizimi sifatida inson ongiga yo‘naltirilganligi, o‘ziga xos maqsadlari borligi bilan xarakterlanadi. Ular ko‘plab odamlar qalbi va ongini egallab olish orqali o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatish maydonini yaratadi. Bu maydon ichida turli xalqlar, insonlar faoliyati mujassamlashadi.
Eng umumiy ma’noda “mafkuraviy jarayon” tushunchasi muayyan g‘oyaviy qarashlar tizimining shakllanishi, rivojlanishi va tarqalishi bilan bog‘liq bosqichlarning uzviy birligini ifodalaydi.
Mafkura tizimidagi bilimlar to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, progressiv yoki reaksion xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur bilimlarning xarakteri o‘z navbatida ular asosida shakllanadigan baholarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga zamin yaratadi. SHakllanadigan baholarda esa real yoki kutilayotgan hodisa, jarayonlarga mavjud ehtiyojlar, manfaatlardan kelib chiqib o‘ziga xos munosabat ifodalanadi.
Bilimlar qanchalik chuqur bo‘lsa, hosil qilingan baholarga ishonch shunchalik yuqori bo‘ladi. SHu ma’noda shakllangan baholar – qadriyatlar kishilarda ishonch, e’tiqodning shakllanishga xizmat qiladi. SHu bilan birga, erishilgan bilimlar, ularga asoslangan baholarning mutlaq to‘g‘riligiga ishonch dogmatizmga aylanib ketishini, bu mafkuraviy turg‘unlikni yuzaga keltirishini ham unutmaslik zarur.
Mafkuraviy bilimlar va baholar tegishli maqsadlarning shakllanishiga zamin yaratadi.
“Maqsadsiz faoliyat yo‘q, manfaatsiz maqsad yo‘q, faoliyatsiz esa hayot yo‘q”, - deb yozgan edi V.G.Belinskiy. SHu nuqtai nazardan qaraganda, o‘z mohiyatiga ko‘ra ideal hodisa hisoblangan, ko‘zlanayotgan natijalar va unga erishish usullarining loyihasi sifatida chiqadigan maqsad inson hayotiga ma’no-mazmun bag‘ishlaydi. Aynan maqsad faoliyat izchilligini ta’minlashning muhim zamini asosi hisoblanadi. Maqsadga xos xususiyatlar haqida gap ketar ekan, u hamisha mavjud voqelik bilan kishilarning real intilishlari o‘rtasidagi nomuvofiqlik natijasi sifatida o‘zligini namoyon qilishini yodda tutish lozim.
Maqsadga erishish muayyan vositalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ammo bu maqsadga erishish uchun har qanday vosita o‘rinli ekanini bildirmaydi. Kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida o‘z mazmuniga ko‘ra g‘ayriinsoniy mazmun kasb etgan “maqsad vositani oqlaydi” degan tamoyilga amal qilingani natijasida ko‘plab fojialar kelib chiqqani ham bunday yondashuvning o‘rinli ekanini tasdiqlaydi.
Odatda, maqsadlarning individual va ijtimoiy, strategik va taktik turlari farqlanadi. Mafkuraviy jarayonlarda mazkur maqsadlarni shakllantirishga alohida e’tibor berilishini qayd etish zarur.
G‘oyaviy qarashlar doirasida belgilab olingan maqsadlarni bayon etishda istiqbolga, ertangi kunga ishonch tuyg‘usini shakllantirish ham ko‘zlanadi. Albatta, bunday ishonch o‘z mohiyatiga ko‘ra sarob bo‘lishi ham mumkin. Ammo u chuqur ilmiy asos va gumanistik mohiyatga ega bo‘lgan hamda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari bilan hamohanglik kasb etganda kishilar xulqi va faoliyatining muhim regulyatori bo‘lib xizmat qiladi. Zero, bunday paytda ishonch kishilar qarashlaridagi barqarorlikni belgilovchi xalqa sifatida chiqadi. Ayni paytda, mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklardan cho‘chimaslikka, ularga qarshi tura olish va bartaraf etishning oqilona yo‘llarini izlashga xizmat qiladi va shu tufayli xulqdagi sobitlik, izchillik va amaliyotdagi faollikni ta’minlashga yo‘l ochadi.
Mafkuraviy jarayonning yuqorida tahlil etilgan asosiy xususiyatlari mohiyatini chuqurroq tasavvur qilish va tushunish uchun mamlakatimizda milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasining ishlab chiqilishi bilan bog‘liq tarixga murojaat qilish mumkin. Mazkur jarayon kam deganda quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga qamrab olganini ta’kidlash zarur.
Eng avvalo mustaqillikning dastlabki yillarida kommunistik mafkuradan qutilish maqsadida deideologizatsiya jarayoni olib borildi. Mazkur jarayonda sarob bo‘lsada, sotsialistik mafkura kishilarga muayyan hayotiy mo‘ljallarni berib kelgani ma’lum bo‘ldi, uning barbod bo‘lishi esa jamiyatda, kishilar ongida bo‘shliqning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu bo‘shliqning xavfi uni eski mafkura va tuzumni “yangilangan” shaklda tiklash, diniy-ekstremistik kuchlarning kishilar ongini egallashga urinishlarida yaqqol namoyon bo‘la boshladi. Dastlab yakka-yakka hodisalar, faktlar ko‘rinishida bo‘lgan bunday urinishlar tobora tizimli xarakter kasb eta bordi.
Bunday holatlarning oldini olish zarur edi. Ana shunday vaziyatda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tomonidan ushbu muammoni echish yo‘li sifatida jamiyatni ijtimoiy mo‘ljallar bilan qurollantiradigan, kishilarni kelajakka ishonch ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan milliy g‘oyani shakllantirish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. “Oldimizda turgan eng muhim masala, - deb yozgan edi I.A.Karimov,- bu - milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir ”.
Ana shundan so‘ng chuqur va tizimli asoslangan milliy istiqlol g‘oyasining yaxlit konsepsiyasi yaratildi.
SHu o‘rinda milliy mafkurada bayon etilgan qoidalar, tamoyillar, dasturiy ko‘rsatmalarning konkret tarixiy sharoit va vaziyat bilan bog‘liq holda takomillashib borishi hamda milliy mafkuraning g‘oyaviy-nazariy qarashlar tizimi sifatida shakllanishidek ikki bir-biridan farqlanuvchi jarayonni aynanlashtirmaslik zarurligini qayd etish lozim. Masalan, milliy istiqlol mafkurasining Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, komil inson va shu kabi asosiy g‘oyalari yaqin va uzoq kelajakda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmasligi tabiiy. Faqat ularni ro‘yobga chiqarishda asosiy e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar o‘zgarib borishi mumkin, xolos.
Ayni paytda, milliy istiqlol mafkurasi tarixi bilan u tayanishi, oziqlanishi mumkin bo‘lgan merosning tarixini aynanlashtirishni ham to‘g‘ri deb bo‘lmaydi.
“Mafkuraviy jarayon” tushunchasi mafkuraviy qarashlar – bilimlar, baholar, maqsadlarning shakllanishi hamda mafkuraviy qarashlarning tarqalishi, g‘oyaviy tarbiyaning amalga oshirilishi bilan bog‘liq sifatiy holatni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Bunday yondashuvga ko‘ra mafkuraviy qarashlarning tarqalishi, mafkuraviy tarbiyaning amalga oshirilishi ma’nosida talqin qilishga asoslanadi. Unga ko‘ra mafkuraviy qarashlarni tarqatish tizimi, mexanizmlari, usul va vositalari doimiy takomillashib boradi va har bir davrda konkret xarakter kasb etadi.
“Odamzod baxti uchun hamma narsadan voz kechishga o‘rgatadigan ajib g‘oyalarni kishilarga singdirish buyuk sanatdir”,-deb yozgan edi buyuk fransuz yozuvchisi Stendal. SHu nuqtai nazardan qaraganda, yuqoridagi yondashuvga ko‘ra, mafkuraviy jarayon g‘oyaviy tarbiyani o‘zgaruvchan voqelik va ijtimoiy guruhlarga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda doimiy takomillashtirib borishni anglatadi.
Ilmiy adabiyotlarda keng tarqalgan va “mafkuraviy jarayon” tushunchasi mazmunini talqin etishning yuqorida qayd etilgan ikki shaklini mohiyat e’tibori bilan bitta hodisaning ikki tomoniga alohida urg‘u berishning natijasi sifatida baholash mumkin. Zero, muayyan mafkuraviy qarashlarning ishlab chiqilishining o‘zi uning kishilar faoliyatini belgilab beruvchi, unga ta’sir ko‘rsatuvchi hodisaga aylanishi uchun etarli emas. Buning uchun u kishilar orasida tarqalishi, odamlar ana shu g‘oyalar ruhida tarbiyalanishi lozim. Aks holda, har qanday mafkura u qanchalik to‘g‘i va jozibador bo‘lmasin muayyan ma’rifiy hodisa sifatida tarix xazinasida qolib ketadi. Ayni paytda, har qanday mafkuraviy qarashlar tarqalishi uchun eng avvalo ular ishlab chiqilishi zarur. Mafkuraviy tarbiya esa hamisha shakllangan g‘oyaviy qarashlar, baholar va maqsadlar tizimini kishilarga etkazish, ularning ongiga singdirishni ifodalashini unutmaslik lozim.

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin