Elektroakustik usul – nutq faoliyatidagi tovushlarni, ularga xos turlicha xususiyatlarni (masalan, cho‘ziqlik, qisqalik, baland-pastlik, ohangdorlik, shovqin kabilarni) elektr tebranishlari nuqtai nazaridan tahlil qiladi, ular asosida tavsiflaydi. Ushbu metod nutq tovushlarini nafaqat akustik, balki artikulyatsion jihatdan ham aniq tavsiflash imkonini beradi.
3. Distributiv tahlil usulida til va nutq birliklari (fonema, morfema, leksema, so‘z va so‘z birikmalari)ning joylashish o‘rni, oldinma-ketin kelishi, o‘zaro bog‘lanishi va semantik-stilistik munosabatga kirishuvi o‘rganiladi. Bunday
tahlil tilshunoslikda deskriptiv yo‘nalish deb atalib, uning asosini distributsiya yoki
distributiv metod tashkil etadi.
Unda tillarni o‘rganish 2 bosqichda amalga oshiriladi:1) lingvistik birliklar aniqlanadi; 2) ushbu birliklarning bir-biriga nisbatan distributsiyasi, joylashuvi belgilanadi. Distributsiya lisoniy birliklarning nutqda qo‘llanish, joylashish o‘rni, boshqa unsurlar bilan birika olish qobiliyati, ya’ni potensialdagi qurshovi bo‘lib, uning morfologik, leksik-semantik, sintaktik turlari bor.
Morfologik distributsiya – bu bir so‘z turkumini boshqa so‘z turkumlari bilan munosobatga kira olishidir (sifat va ot, ravish va fe’l, artikllar va ot va hakozo). Bunda morfemalar aniqlanib, ularning aloqalari talqin qilinadi, izohlanadi.
Leksik-semantik distributsiya – til elementlarining mano jihatidan o‘zaro aloqa qilish qobiliyatidir.
Sintaktik distributsiya – gap bo‘lakarining bir-biriga nisbatan joylashuvi va munosabatidir.
Tilda birliklarni qismlarga ma’noli qismlarga ajratish segmentatsiya deyiladi.
4. Valentlik tahlil usulida so‘zning nutq faoliyatidagi semantik-sintaktik, funksional faolligini o‘rganish, uning ma’noga bog‘liq imkoniyatlarini yoritish masalalari o‘rganiladi. Bunda so‘zning o‘z ma’nosi asosida boshqa so‘zlar bilan semantik munosabatga kirishuvi, ularni o‘ziga biriktirish xususiyatlari o‘rganiladi, so‘zlar orasidagi semantik munosabat bevosita sintaktik munosabatni yuzaga keltirishi, ya’ni semantik sintagmalar sintaktik konstruksiyalarni hosil qilishi aniqlanadi. Ushbu metod har bir so‘zda valentlik imkoni mavjud bo‘lishi va u sintaktik aloqada yuzaga chiqishi, valentlikning nutqda – so‘zlar orasidagi turlicha bog‘lanishlarda, ya’ni xususiyliklarda namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi.