Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


6 3 . Bozor konyunkturasi haqida tushuncha



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/190
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173068
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   190
4.Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

113


6 3 . Bozor konyunkturasi haqida tushuncha
Marketing faoliyatida bozomi o ‘m atishning asosiy elementlaridan 
biri bozor konyunkturasini o ‘matish bilan bog‘liq b o ‘ladi.
Konyunktura deganda m a’lum omillaming ta ’siri natijasida vujudga 
keladigan qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillaming 
o ‘zgarishi konyunkturaning o ‘zgarishiga olib keladi. Yanada aniqroq 
qilib aytadigan bo‘lsak, bozor konyunkturasi - bu m a’lum bir vaqtda, 
m a’lum bir hududda talab bilan taklif o ‘rtasidagi nisbatdir.
Marketingda esa bozor konyunkturasi deganda belgilangan vaqtda 
maqsadli bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi 
tushuniladi. Bozor konyunkturasini o ‘m atish zarurati, quyidagilarga 
bog‘liq bo‘ladi:
A) odatda bozor sig‘imi, segmentlanishi va ishlab chiqarishning 
elastikligi (qayishqoqligi) o ‘zgarib boradi, shu sababli ulaming 
monitoringini amalga oshirish lozim.
B) bozordagi omillar kompleks ravishda ta ’sir o ‘tkazish sababli 
ulam i alohida o ‘matish tegishli samara bermaydi;
D) bozor to ‘g ‘risidagi m a’lumotlar odatda retrospektiv xarakterga 
ega, shu sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi.
Bozor konyunkturasini o ‘matish mazmuni va tartibi firma tomoni­
dan k o ‘zlangan maqsadga bog‘liq b o ‘ladi va uch turga boMmadi: kon­
yunktura axborotnomasi, konyunktura tahlili va konyunktura prognozi. 
Konyunkturaning shakllanishi va o‘zgarishi asosan narxlar, qimmatli 
qog‘ozlar, ishlab chiqarish hajmi, bandlik va boshqalaming harakatini 
belgilovchi omillarga asoslanadi. Bozor konyunkturasini o‘rganishning 
asosiy maqsadi uning muvozanatining tabiati va darajasini, birinchi 
navbatda talab va taklifning nisbatini aniqlashdir. Bozor mexanizmining 
mohiyati talab va taklifning muvozanatini saqlash istagida namoyon 
b o ‘ladi. Biroq, stoxastik tabiatga ega b o ‘lgan bu jarayon ko‘plab 
qarama-qarshi omillaming doimiy ta ’siri ostida ro ‘y beradi, bu esa 
doimiy o ‘zgaruvchanlik va bozor rivojlanishining asosiy tendensiyasi- 
dan og‘ishlaming mavjudligini aniqlaydi.
Konyunktura axborotnomasi - bu bozor konyunkturasining hozirgi 
holati va uning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatdir. Bu 
konyunkturani o ‘m atishning eng sodda shakli b o iib , odatda savdo 
assortimentining maqbulligini baholash uchun foydalaniladi.
114


Konyunktura tahlili - konyunkturani mavjud holatda keltirgan 
omillarning tahlilini o ‘z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tah­
lil bozor konyunkturasining maxsus izlanishlarini aks ettiradi va omil­
larning ta ’sir doirasini aniqlashga xizmat qiladi.
Konyunktura prognozi bozordagi holatni m a’lum davr ichida oldin- 
dan ko'rish va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o ‘z ichiga oladi. 
Bunda konyunkturaga ta’sir o ‘tkazuvchi omillarning yaqin kelajakdagi 
xususiyatlarini aniqlashga e ’tibor qaratiladi.
Shuni e ’tiborga oJish lozimki, konyunktura tahlili va prognozida 
uning o ‘ziga emas, balki konyunkturaga ta ’sir qiluvchi omillami ajratish 
m aqsadga muvofiq b o iad i. Har qanday bozor konyunkturasini belgilab 
beruvchi omillami ikki guruhga b o iis h mumkin:
• makroiqtisodiy omillar;
• mikroiqtisodiy omillar, y a ’ni m azkur bozordagi talab, taklif, narx 
va raqobat omillari.
Har qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajralgan 
holda rivojlana olmaydi. Shu sabab, iqtisodiyot qanday holatda, uning 
jahon bozorida tutgan o ‘m i qanday, milliy boyliklar qay darajada 
qoilanilm oqda degan savollarga javob topish lozim b o iad i.
Konyunkturani o ‘matishning birinchi bosqichi iqtisodiyotning 
holatini tahlil qilishdan boshlanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy 
daromad, eksport hajmi, investitsiyalar va iste’mol darajasi va boshqa 
ko'rsatkichlar ichki bozoming rivojlanganlik darajasini aniqlashga 
yordam beradi.
Bozor konyunkturasining hozirgi holati iqtisodiy siyosatning bir- 
ikki yil oldin bajarilgan harakatlaming mahsuli b o igan ligi sababli, m ak­
roiqtisodiy tahlil kamida ikki yillik muddatni qamrab olishi maqsadga 
muvofiq.
Keyingi bosqichi bozomi shakllantiruvchi sohaning tahliliga 
bag'ishlanadi. Bunda quyidagi savollarga javob topish lozim b o iad i:
Sohaning iqtisodiyotdagi o ‘mi qanday?
Soha texnologik jihatdan qaysi bosqichda?
Sohaning rivojlanish sur’atlari qanday?
Sohada qanday muammolar mavjud?
Bunday izlanish natijasida taklifning umumiqtisodiy imkoniyatlari 
m a iu m b o iad i. Shunisi e ’tiborliki, makroiqtisodiy omillarning tahlili 
kompleks ravishda olib borilishi va olingan m a’lumotlar keng doiradagi
115


konyunktura tahlillarda qo'llanilishi mumkin. Shu sababli ko'pchilik 
davlatlardagi, shu jum ladan 0 ‘zbekistonda bunday axborotlarni davlat- 
ning maxsus organlari va xalqaro tashkilotlarning vakolatli organlari 
tayyorlab beradilar. Masalan, BMTning inson taraqqiyoti hisobotlari 
TASIS dasturining iqtisodiy rivojlanish axborotnomalari, O'zbekiston 
Respublikasi Statistika qo'm itasi tahliliy axborotlari va h.k.
Yuqorida sanab o ‘tilganidek, mikroiqtisodiy omillarga ushbu bozor­
dagi talab, taklif, narx va raqobat kiradi.
Bozor konyunkturasi tahlilida talabning barcha jihatlarini o'm atish- 
ga alohida e ’tibor beriladi. Jumladan: talabning geografik taqsimlanishi, 
assortimentning kengligi va chuqurligi bo'yicha taqsimlanishi, iste’mol 
intensivligi, hajmi va boshqa xususiyatlami o'm atish zarur bo Mad i. 
Talabni o'm atishda avvalo qondirilgan talab, alohida turlari bo'yicha 
tahlil qilish orqali qondirilgan talab o'rganiladi, qondirilmagan talab esa 
sotuvchilar va xaridorlaming fikrini o'm atish usullari yordamida aniq- 
lanadi.
Konyunkturaga ta ’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu tovar taklifidir. 
Taklifhi o'm atishda avvalo tovar manbalariga, sotishga taklif etiladigan 
tovar hajmi va tarkibiga, tovar zaxiralariga e ’tibor beriladi. Tovar 
manbalarini tahlil qilish savdo tizimiga mahsulot yetkazib beruvchi 
korxonalar ro'yxatini tuzish va ularning imkoniyatlarini o'm atishdan 
iborat bo'ladi.
Ishlab chiqaruvchilar tovarlaming assortimenti va yetkazib berish 
muddatlari taklifming tarkibini aniqlashga yordam beradi. Shundan 
so'ng bozor ishtirokchilaridagi tovar zaxiralari tahlil qilinadi. Zaxiraning 
hajmi va tarkibi, qachon vujudga kelganligi, zaxiraning almashib borish 
dinamikasi va boshqa ko'rsatkichlar taklifning talabga nisbatini aniq­
lashga xizmat qiladi. Savdo tashkilotlarida yuritiladigan hisob tizimining 
m a’lumotlari, inventarizatsiya natijalari va maxsus izlanishlar tovar 
zaxiralarini kompleks o'm atishga asos bo'ladi.
Narxlam ing bozor konyunkturasidagi o 'm i va ularning shakllanish 
xususiyatlarini hisobga olgan holda narx tahliliga katta e ’tibor beriladi. 
N arxlam i o'm atishda quyidagilar tahlil obyekti sifatida olinadi: narxlar- 
ning barqarorligi tovar assortimenti doirasida narxlaming o'zgarish 
darajasi, sotuvchi tomonidan narxlar bo'yicha o'zgam vchan tizimlarni 
qo'llash, mavsumiy narxlaming qo'llanilishi va boshqalar. Narx bozor 
konyunkturasiga ta’sir qiluvchi eng murakkab omil hisoblanadi. Uning
116


o ‘ziga ham bir qancha omillar ta’sir k o ‘rsatadi. Shu sababli narx 
tahlilida nafaqat hujjatlami tekshirish usuli, balki maxsus usullar ham 
keng q o ‘llaniladi.
Mikroiqtisodiy omillardan yana biri shu bozordagi raqobatdir. 
Tovar bozorlaridagi raqobatni tahlil qilishdan avvalo korxonalar 
raqobati, so‘ng tovarlar va ehtiyojlar raqobati o ‘rganiladi. Korxonalar 
raqobatining 
tahlili 
sotuvchilar 
soni, 
ixtisoslashuvi, 
mahsulot 
assortimenti, ishlab chiqarish hajmi, yo‘naltirilgan maqsadli segmenti va 
boshqalami o ‘z ichiga oladi.
Tovarlar va ehtiyojlar raqobatining tahlili asosan konyunktura 
prognozida amalga oshiriladi hamda raqobatchi tovarlar, о ‘m ini bosuv- 
chi tovarlar va to ‘ldiruvchi tovarlaming o ‘zaro muvozanatini aniqlashga 
qaratiladi. Bunday raqobatni baholash uchun marketingning bozomi 
o ‘m atish usullaridan keng foydalaniladi.
Bozor konyunkturasini o ‘m atishining sotuvchi va ishlab chiqaruv- 
chilar uchun zarurligi kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini qaysi 
yo‘nalishda rivojlantirish va qanday sotish siyosatini qo‘llash b o ‘yicha 
aniq va ishonchli axborotga ega b o ‘lishda namoyon b o ‘ladi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin