2. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati SHerg`ozixon madrasasi. VIII asrning birinchi yarmi. Bu madrasa Xorazmdagi o`quv muassasalari orasida eng ko`hnasidir. Uni Xiva xoni SHerg`ozixon 1719 yili Mashhadga muvaffaqiyatli safar qilgandan so`ng ana shu g`olibona safar sharafiga qurdirgan. Madrasa binosi bizning davrimizgacha asl holicha to`la yetib kelmagan. Yillar mobaynida nurab, yaroqsiz holga kelib qolgan. Mazkur madrasa o`z davrida yirik bilim o`chog`i bo`lib, unda ko`plab tolibi ilmlar tahsil olganlar. Jumladan, turkman xalqining mutasavvif shoiri Maxtumquli ham mana shu bilim dargohida ta’lim olgan.
YUsuf Hamadoniy maqbarasi.Imom YUsuf Hamadoniy XII asrda yashagan, go`zal axloqi, yuksak maqomati va karomati bilan mashhur bo`lgan ulug` mutasavvif. Bag`dod, Isfahon va Samarqand kabi ko`hna shaharlarning ilmiy majlislarida ishtirok etgan. YUsuf Hamadoniy "xojagon"lar tariqatining asoschilaridan biri hisoblanadi. Tariqat ilmining yorqin namoyandalari Abduxoliq G`ijduvoniy va Ahmad YAssaviylarga ustozlik qilgan. Tasavvufga oid asarlar muallifi.
SHayx Muxtor Valiy maqbarasi.XVIII, XIX asrlar. X asrda Xorazmga kelgan arab sayyohi Al-Maqdisiyning yozishicha, Juma masjidi X - XI asrlarda bunyod etilgan. Masjidning dastlabki binosi asrlar davomida nurab yo`q bo`lib ketgan va o`rniga 1788 yilda xuddi avvalgi uslubda yangi masjid qurishgan. Ichan qal’aning qoq markazida qad rostlagan bu tarixiy obidaning o`ziga xos tomoni shundaki, uni o`yma naqshi ustunlar ko`rgazmasi, desa bo`ladi. CHunki bu yerda jami 212 ta ustun bo`lgan. Hozirda ulardan 25 tasi saqlanib qolgan. Juma masjidi necha zamonlar kishilarga ilm-ma’rifat tarqatish o`chogi vazifasini o`tagan.
Said Alouddin maqbarasi. XIV - XVIII asrlar. Bu maqbara XIV asrda so`fiy Amir Kulol tomonidan ustozi SHayx Alouddin qabri ustiga qurdirilgan. Zamonlar o`tib, maqbara atrofida turli qabrlar ko`payishi tufayli u ko`milib ketgan. Ilmiy qazilmalar natijasida mazkur yodgorlikning dastlabki ko`rinishiga doir ma’lumotlar aniqlandi. Maqbara ziyoratxona va daxmadan iborat. Daxma va sag`analar o`ymakor naqshlar bilan bezatilgan. Ularning birida Said Alouddinning vafoti sanasi 1303 yil 18 mart, deb yozilgan. Maqbarani 1825 yili me’mor Hibbiqulixo`ja o`g`li Hamidxo`ja ta’mirlagan
Juma masjidi. XVIII, XIX asrlar. X asrda Xorazmga kelgan arab sayyohi Al-Maqdisiyning yozishicha, Juma masjidi X - XI asrlarda bunyod etilgan. Masjidning dastlabki binosi asrlar davomida nurab yo`q bo`lib ketgan va o`rniga 1788 yilda xuddi avvalgi uslubda yangi masjid qurishgan. Ichan qal’aning qoq markazida qad rostlagan bu tarixiy obidaning o`ziga xos tomoni shundaki, uni o`yma naqshi ustunlar ko`rgazmasi, desa bo`ladi. CHunki bu yerda jami 212 ta ustun bo`lgan. Hozirda ulardan 25 tasi saqlanib qolgan. Juma masjidi necha zamonlar kishilarga ilm-ma’rifat tarqatish o`chogi vazifasini o`tagan.