Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


- mavzu. Xorazm turistik mintaqasi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə84/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

16 - mavzu. Xorazm turistik mintaqasi.
Reja:

  1. Xiva: Cho‘llarda saqlangan madaniy meros. Xorazm turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.

  2. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.

  3. Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.




        1. Xiva: Cho‘llarda saqlangan madaniy meros. Xorazm turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.

O’zbekiston Respublikasining eng g’arbiy qismida, ma’muriy jihatdan Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasidan iborat. U o’zining madaniy – tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, hunarmandchiligi va san’atining o’ziga xosligi, hamda tabiiy – rekreasiya resurslari bilan boshqa hududlardan ajralib turadi. Albatta bu turistik rayonning o’zagini Xorazm vohasi tashkil etadi. Bu voha o’zining qadimiy madaniyati, ilmu – fan va san’ati bilan mashhurdir. Bu o’rinda Xiva shahri o’zining qadimiy arxitektura yodgorliklari bilan yurtimizda alohida ajralib turadi. Xivada Ichan qal’a 2.5 km uzunlikdagi devorga, Ota darvoza, Shimoliy, Sharqiy, Janubiy, Buxoro va Toshdarvozalarga ega bo’lib, chet el turistlarini o’ziga jalb qiladi. Shaharda Pahlovon Mahmud maqbarasi (1835 y), Muhammad Aminxon madrasasi (1850-1855y), Ko’na Ark, Tosh hovli, Olloqulixon karvonsaroyi (1855 y) va boshqalar muhim turistik obyektlardir.
Shu kabi Qoraqalpog’iston Respublikasida ham bir qancha turistik resurslarga ega. Xususan qadimiy shahar va qal’a xarobalarini sayyohlik yo’nalishlariga kiritish mumkin. Orol dengizi va uning fojiasi bilan qiziquvchilar uchun ekoturistik marshrutlarni yaratish hisobiga, bu mintaqada turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini yaratish mumkin. Boshqa rayonlardagi kabi bu turistik rayonda ham yuqorida qayd qilinagan resurslardan turizm maqsadida foydalanilmayapti. Shu o’rinda bu mintaqani turistik jihatdan ilmiy o’rganish, xizmat ko’rsatish sohalarini takomillashtirish asosiy vazifa hisoblanadi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, mintaqa turizm sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash ham muammoni yechimlaridan biridir.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin