Urganch davlat universiteti



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/51
tarix26.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#51586
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51
IMLO MAJMUA 21-22

undov va ko„p nuqta belgilarining qo„llanish holatlari misollar asosida izohlanadi.  


47 

 

2. Tinish belgilarining gap ichida qo„llanilishi bo„limida esa vergul, nuqtali 



vergul,  tire,  ikki  nuqta, qavs, qo„shtirnoq  kabi  belgilarning  ishlatilish  holatlariga 

to„xtalinadi.  

 

13-MA‟RUZA  

Mavzu: O„zbek leksikografiyasi tarixidan  

Reja:  

1. Turkiy tillar taraqqiyotida lug„atlarning o„rni.  

2. “Devoni lug„ot-it turk” asarining ahamiyati. 

3. Eski o„zbek tiliga mansub lug„atlar va ularning xarakterli jihatlari.  

4.  O„tgan  asrda  yaratilgan  lug„atlar  va  ularning  o„zbek imlosi  taraqqiyotida 

tutgan o„rni.  

 

Lug„atchilik  tarixi  ya‟ni,  dunyo  lug„atchiligi  tarixi  qadim  mingyilliklarga 



borib  taqaladi.  Jumladan,  o„zbek  lug„atchiligi  tarixi  ham  bir  necha  ming  yillar 

avval shakllana boshlagan. O„zbek lug„atchiligi shakllanishining ilk bosqichlari XI 

asrda buyuk bobokalonimiz Mahmud Koshg„ariyning “Devonu lug„ati-t-turk” asari 

bilan  boshlanadi.  Mahmud  Koshg„ariy  “Devonu  lug„ati-t-turk”  asarini  yaratib 

o„zbek lug„atchiligining shakllanishiga ilk tamal toshini qo„ygan desak mubolag„a 

bo„lmaydi.  

“Devonu  lug„ati-t-turk”  asari  turkiy  tilshunoslikning bizga  ma‟lum  bo„lgan 

ilk  yirik,  shuning  bilan  birga,  tengi  yo„q  ulug„  yodgorligidir.  O„z  zamonida  asar 

arablarga, qolaversa, arab tili orqali Sharq-u G„arb xalqlariga qadimgi turklarning 

tili,  madaniyati,  urf-odatlari  va  tarixi  to„g„risida  atroflicha  ma‟lumot  beruvchi 

qomusiy kitob sifatida yaratilgan.  

Asar arabchada “Divanu lug„ati-t-turki” deb atalgan. Ushbu atamada: divan-

devon”  –  bu  o„rinda  so„zlarning  muayyan  izchillikdagi  to„plami;  “lug„at”  – 

“so„zlar”  degani;  uning  izohlovchisi  bo„lmish  turki  –  “turk”  ma‟nosida  bo„lib, 

o„sha  zamondagi  turkiy  tilni  bildiradi.  “Divanu  lug„ati-t-turki”ning  so„zma-so„z 

tarjimasi va izohi „Turk so„zlari devoni” demakdir.  

“Devonu  lug„ati-t-turk”  asari  ikki  qismdan  iborat  bo„lib,  u  muqaddima  va 

lug„at qismlaridan tuzilgan. Muqaddimada asarning yaratilish sababi, o„sha davrda 

turkiylar  ishlatgan  yozuv,  ot  yasalishi,  otlar  va  fe‟llardagi  orttirmalar,  lug„atning 

tuzilish  usullari,  turkiy  xalqlarning  bayoni,  joylashuv  o„rni,  turkiy  tilning 

xususiyatlari, lahjalardagi farqlar to„g„risida so„z yuritilgan.  

Asarda  har  bir  so„zning  ma‟nolari  (polisemiya,  omonim,  antonim,  arxaik 

so„zlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim so„zlarning etimologiyasi beriladi. Tovushlar 

tahlili  ancha  mukammal.  Unli  va  undosh  fonemalar,  cho„ziq  va  qisqa  unlilar 

farqlanadi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar ochib beriladi.  



48 

 

Koshg„ariy asarning muqaddima qismida shunday fikrni keltiradi: “Men bu 



kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli so„zlar, sajlar, maqollar , qo„shiqlar, rajaz 

va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim. Qattiq joylarini yumshatdim, 

qiyin  va  qorong„u  joylarini  yoritdim.  Bu  ish  ustida  so„zlarni  o„z  joyiga  qo„yish, 

kerakli  so„zlarni  osonlik  bilan  topish  uchun  bir  necha  yil  mashaqqat  tortdim. 

Nihoyat,  kerakli  so„zlarni  joyida  ko„zlaydigan,  qiyinchiliksiz  topa  oladigan  bir 

holga keltirdim” (2;15-b).  

Asarning lug„at qismi sakkiz bo„limdan iborat bo„lib, bo„limlarning har biri 

kitab  deb  atalgan.  Morfologiya  qismida  so„zlar  arab  tilshunosligi  an‟analariga 

ko„ra  uchga  ajratiladi:  fe‟l,  ism  va  bog„lovchi.  So„zlarning  yasalish  va  bog„lanish 

xususiyatlari haqida ham aytib o„tiladi.  

“Devonu  lug„ati-t-turk”  ning  lug„at  qismida  7500  so„z  sakkiz  bo„limda 

izohlanadi.  Mahmud  Koshg„ariy  turkiy  tillar  qurilishini  tasvirlashda  qiyosiy 

usuldan  foydalanib,  tilshunoslikda  qiyosiy-tarixiy  metodning  asoschilaridan  biri 

sifatida maydonga kelgan edi.  

O„zbek  lug„atchiligida  Navoiy  asarlari  uchun  tuzilgan  lug„atlar  alohida 

o„ringa  ega.  Navoiy  asarlariga  tuzilib  bizgacha  yetib  kelgan  lug„atlarning  eng 

qadimiysi  “Badoyi  al-lug„at”  idir.  Bu  lug„at  muallifi  Tole‟  al-Imoniy  al-Hiraviy 

haqida deyarli  ma‟lumotlar yo„q. Ushbu lug„at qo„lyozmasi bilan tanishgan kishi 

Tole‟  Hiraviyning  o„qimishli  kishi  bo„lganiga  ishonch  hosil  qiladi.  Uning  forsiy, 

turkiy va arabiy tillarini bilgani adab ilmlarini egallagani lug„at kirishining qofiyali 

saj bilan yozilganidan ko„rinib turibdi. (3;4-b)  

Hiraviy lug„atni Husayn Boyqaro topshirig„i bilan 1500-yillarda tuzgan. Bu 

haqida  muallif  asarning  muqaddima  qismida  ma‟lumot  berib  o„tadi.  Hozircha 

lug„atning  ikki  nusxasi  ma‟lum  bo„lib,  biri  Eronda,  Sipohsolar  kutubxonasida, 

ikkinchisi Sankt-Peterburg xalq kutubxonasida saqlanmoqda.  

Lug„atning 

Sankt-Peterburg 

shahridagi 

qo„lyozmasi 

1750-yillarda 

ko„chirilgan bo„lib, 1960-yilda A.K. Borovkov tomonidan nashr qilingan. „Badoyi 

al-lug„at”  uch  qismdan  iborat  bo„lib,  kirish,  lug„at  teksti  va  zayl  ya‟ni 

qo„shimchalarni o„z ichiga oladi.  

Kirish  epistolyar  janr  namunasi.  U  qofiyali  proza-saj  bilan  yozilgan.  Orada 

she‟riy  parchalar  ham  keltiriladi.  Muqaddimadan  ma‟lum  bo„lishicha,  Navoiy 

she‟rlarini  tushinish  uchun  zarur  ba‟zi  qiyin  eski  o„zbek  so„zlarini  o„z  ichiga 

oluvchi qisqa lug„at tuzish kerak bo„lgan.  

“Badoyi  al-lug„at”  Navoiy  asarlarida  uchraydigan  avvalo  turkiy  va 

mo„g„ulcha so„zlarni, so„ng esa juda kam miqdorda arabiy so„zlarni ham o„z ichiga 

olgan lug„atdir.  

Shu bilan birga Hiraviy bu so„zlarning ma‟nolari fors tilida izohlangani yoki 

tushintirilgani uchun “Badoyi al-lug„at” ikki tilli lug„atlar turiga ham kiradi. O„sha 



49 

 

davrga  ya‟ni  XV  asrga  kelib,  bunday  ikki  tilli  lug„atlarni  tuzishda  katta  tajriba 



yig„ilgan  edi.  Arabcha-forscha,  forscha-turkcha,  shuningdek,  turkcha-arabcha 

lug„atlar  ko„plab  tuzilgan  bo„lib,  katta  izohli  lug„atlar  qatori  tarjimali  lug„atlar 

tuzish  bo„yicha  ham  boy  leksikografik  traditsiyaning  mavjudligi  “Badoyi  al-

lug„at”ni yaxshi leksikografik saviyada tuzish imkonini berdi.  

Lug„atdan jami 854 ta so„z o„rin olgan bo„lib, ular 24 bobga joylashtirilgan. 

Har bir so„z o„zining  ma‟nolari va shu ma‟nolar isboti uchun keltirilgan misollar, 

ilyustratsiyalar  bilan  birga  mustaqil  lug„at  maqolani  tashkil  qiladi  hamda 

qo„lyozmada  uning  bosh  so„zi  sifatida  lug„at  tekstidan  ajratilib,  qizil  siyoh  bilan 

bitilgan, ba‟zan ustiga chiziq ham tortib qo„yilgan.  

“Badoyi  al-lug„at”  tuzilishidagi  eng  muhim  shartlardan  biri  –  so„zlarning 

ma‟nolarini  tasdiqlovchi  misollarning  keltirilishidir.  Tole‟  Hiraviy  bu  uslubni 

lug„atning kirish qismidayoq ta‟kidlab o„tgan. Bu misollar “shohid” deb ataladi va 

ular, asosan, Alisher Navoiy “Xamsa”sining “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, 

“Layli  va  Majnun”,  “Sab‟ai  sayyor”,  “Saddi  Iskandariy”,  va  “Lison  ut-  tayr” 

dostonlari,  “Mahbub  ul-qulub”,  “Majolis  un-nafois”  asarlaridan  olingan.  Bundan 

tashqari,  Tole‟  Hiraviy  ayrim  misollarning  “Chor  devon”dan  olinganini  ham 

ta‟kidlab  o„tadi.  Lug„atda  Lutfiy,  Husayn  Boyqaro,  she‟rlaridan  va  Mir 

Haydarning  “Maxzan  ul-asror”  asarlaridan  ham  misollar  olingan.  Shuningdek, 

Suhayliy va Azraqiy she‟rlaridan bittadan misollar keltirilgan.  

Shunday qilib, bu lug„at o„zidan keyin tuzilgan lug„atlar uchun ajoyib manba 

vazifasini o„tadi. Hozirgi kunda esa tilshunos, adabiyotshunos olimlar, yozuvchi va 

shoirlar  uchun  unutilgan  yoki  unutilayozgan,  lekin  Haydar  Xorazmiy,  Lutfiy, 

Navoiy, Bobur kabi ulug„  allomalar  iste‟molida  bo„lgan  so„zlarni  o„z  sahifalarida 

saqlab turgan bebaho xazinadir.  

Navoiy  asarlariga  tuzilgan  yana  bir  lug„at  “Abushqa”  lug„atidir.  Lug„at 

bundan  450  yil  muqaddam  tuzilgan  bo„lib,  uni  o„zbek  tilida  yaratilgan  birinchi 

izohli  lug„at  deyish  mumkin.  Ushbu  lug„atning  fanda  o„ndan  ortiq  nusxalari 

ma‟lum  bo„lib,  ularning  eng  qadimgilari  chet  el  xazinalarida.  Lug„atning  1552-

yilda  kitob  qilingan  Vena  nusxasidan  foto  ko„chirma  olingan  edi.  Endi  Tehron 

nusxasidan  ham  ko„chirma  olindi.  Foto  nusxasidan  ko„rinib  turibdiki,  qo„lyozma 

to„liq va yaxshi saqlangan.  

Lug„at  yirik  nasta‟liq  xatida  yozilgan.  Hajmi  201  varaq,  ya‟ni  402  betdan 

iborat.  Har  bir  betda  to„rttadan  sakkiztagacha  so„z  misollar  bilan  izohlangan. 

Lug„atning bu nusxasi Tehrondagi Malak kutubxonasida  “Farhangi devoni Alishe 

Navoiy”  nomli  qo„lyozma  tarkibida  saqlanmoqda.  Hozirgacha  bu  lug„at  muallifi 

noma‟lum edi.  

Vena va Tehron nusxalarini solishtirish natijasida uning muallifi Turk olimi 

Mustafo Binni Sodiq ekanligi ma‟lum bo„ldi. Ammo uning tartib berilgan yili hali 




50 

 

ham noma‟lum. Hozircha lug„atning bizga  ma‟lum eng qadimgi Vena shahridagi 



nusxasi 1552-yilgi  tarixga  ega. Lug„atda so„z  ma‟nosi, asosan, 2  xil usulda  ochib 

berilgan.  Birinchi  usulda  lug„atshunos  so„z  ma‟nosini  bir  so„z  bilan  lo„nda 

ifodalaydi. Chunonchi, ko„kumtul so„zi ko„m-ko„k deb izohlangan.  

Ikkinchi  usulda  so„z  ma‟nosi  tushuntirish  yo„li  bilan  ochib  berilgan.  qirov-



qirag„u demakdurki, savuq ayyomda gecha ila havodan yera dushar yeri ag„arduri 

“Navodir-ush shabob” da kelur. Bayt:  

Xullai kofurg„un ul xil‟ati xuzro uza,  

Sabzai xuzroya go„yo tushti rahmatdir qirov.  

Alisher  Navoiy  asarlariga  tuzilgan  lug„atlardan  “Abushqa”  o„zining  leksik 

materialni qamrab olishi jihatidan “Badoyi al-lug„at” ga nisbatan boyligi va keng 

o„quvchilar  ommasi  foydalanishi  uchun  qulayligi  tufayli  uning  qo„lyozma 

nusxalari keng tarqalgan. Bu esa lug„atni ilmiy  muomalaga kiritish ishini birinchi 

navbatda  amalga  oshirishning  omili  bo„ldi.  Natijada  “Abushqa”  navoiyshunoslar, 

turkologlar va o„zbek klassik adabiyoti mutaxassislari uchun tez-tez murojaat qilib 

turiladigan kitobga aylanishiga olib keldi.  

Shunday  qilib  “Abushqa”  lug„ati  ham  boshqa  lug„atlar  kabi  Navoiy 

asarlariga  yaratilgan  mukammal  asarlardan  biridir.  “Abushqa”  lug„ati  Navoiy 

davridan  boshlab  hozirgi  kunga  qadar  Navoiy  asarlarini  o„rganishda  qimmatli 

manba  hisoblanadi.  “Abushqa”dan  so„ng  ikki  asr  davomida  Alisher  Navoiy 

asarlariga bag„ishlangan katta lug„at tuzilgani ko„zga tashlanmaydi. Bu davr ichida 

Navoiy  asarlari  qo„lyozmalari  hoshiyalariga  bitilgan  kichik  lug„atlargina  shu 

qo„lyozmalar bilan birga bizgacha yetib kelgan.  

Eski  o„zbekcha-forscha  lug„atnavislik  an‟analarining  XVIII  asrdagi  ravnaqi 

Mirza Muhammad Mahdiyxon nomi bilan bog„liq, lekin uning hayot yo„li haqida 

ma‟lumot  juda  kam.  Mirza  Mahdiyxon  Navoiy  asarlariga  bag„ishlab  o„zining 

“Sangloh” lug„atini tuzgan.  

Bu  lug„at  Navoiy  asarlari  bo„yicha  tuzilgan  eng  katta  lug„at  hisoblanadi. 

“Sangloh”ning  o„zidan  oldingi  lug„atlarga  nisbatan  beqiyos  katta  hajmi  ko„zga 

tashlanadi. 6181 lug„at maqolani o„z ichiga olgan bu lug„at “Badoyi al -lug„at” va 

“Abushqa”  dagi  hamma  so„z  va  so„z  formalarini  birga  qo„shib  sanaganda  ham 

ulardan  bir  necha  marta  ko„p  o„rin  egallashi  aytilgan.  Mirza  Mahdiyxon  turkiy 

xalqlarning afshar urug„idan bo„lib, u Eron shohi Nodirshohning kotibi bo„lgan.  

Lug„at  tuzishdan  maqsadi  Navoiy  asarlarida  uchraydigan  qiyin  so„zlar 

ma‟nosini  forsiyzabon  xalqlarga  ochib  berish  edi.  Shuning  uchun  u  lug„atni 

“Sangloh”,  ya‟ni  toshli  yer,  toshloq  deb  atadi.  Lug„at  1759-1760-yillarda  yozib 

tugallangan.  Mahdiyxon  kitobning  nomlanishi  haqida  lug„atning  kirish  qismida 

o„zbek  tili  va  Navoiy  leksikasi  va  iboralarining  salobati  va  so„zlarining  qiyin 

(qattiq)ligi sababli kitobga “Sangloh” deb nom qo„yganini aytadi. (4;33-b)  




51 

 

Hozircha lug„atning uch nusxasi aniqlangan bo„lib, ular Angliya qo„lyozma 



xazinalari fondida saqlanadi. 

“Sangloh”  lug„ati1960-yilda  mashhur  ingliz  olimi  Djerard  Kloson 

tomonidan turli sharh va izohlar bilan Londonda nashr ettiriladi. Lug„atshunos so„z 

ma‟nolarini ochish uchun,  asosan,  Alisher  Navoiyning poetik asarlariga  murojaat 

qiladi.  Ayrim  hollarda  qo„shimcha  ravishda  Bobur,  Husayn  Boyqaro,  Lutfiy  kabi 

shoirlar  ijodidan  ham  misollar  keltiriladi.  Ushbu  lug„atning  boshqa  mumtoz 

lug„atlardan  farqi  shuki,  “Sangloh”  da  birinchi  marta  nasriy  asarlardan  ham 

misollar keltirilgan.  

Lug„atda  Alisher  Navoiy  asarlarida  uchraydigan  juda  ko„p  nodir  so„zlar 

ma‟nosi ochib berilgan. Bunday so„zlar boshqa lug„atlarda uchramaydi. Shulardan 

biri  qadam  tashlash,  yurish  ma‟nosidagi  “Mangish”  so„zidir.  Bu  so„z  ma‟nosi 

Mahdiyxon  tarafidan  quyidagicha  izohlanadi:  mangish  –  kun  ustida  sukun,  forsiy 

“k”  (ya‟ni  “g”)  kasrali,  ma‟nosi  xirom  va  raftor  qadam  tashlamoq,  chunonchi, 

“Layli va Majnun” da uchraydi: 

Bir-bir mangishda yuz latofat,  

Yo„q-yo„qki sochib jahonga ofat.  

Mahdiyxon  lug„atning  fonetik  tuzilishini  bayon  qilish  chog„ida  XVIII  asr 

Astrobod  o„zbeklarining  tili  haqida  noyob  ma‟lumotlar  yozib  qoldirgan.  Bu 

ma‟lumotlarga  ko„ra  o„sha  davr  tilida  9  ta  unli  (ulardan  6  tasi  fonologik 

ahamiyatga ega), 28 ta undosh tovush bo„lganligi haqida ma‟lumot beradi.  

Muallif  so„z  ma‟nolarini  izohlar  ekan  ,  ularning  ko„chma  ma‟nolarini 

alohida  qayd  qilib  o„tadi.  Chunonchi,  etak  so„zini  izohlar  ekan,  uning  asosiy 

ma‟nosi forscha  doman ekanligini ko„rsatadi, shu bilan uning majozan  tog„ etagi 

ma‟nosini  anglatishini  quyidagicha  yozadi:  etak  –  (forscha)  ma‟nosi  doman

arabcha zayl, majozan tog„ning etagi.  

Biz  yuqorida  keltirgan  lug„atlar  eski  o„zbek  lug„atlarining  eng  asosiylari 

hisoblanadi. Bulardan tashqari, o„nlab lug„atlar bor. Ular jumlasiga “Kitobi lug„ati 

atrokiya”,  “Farhangi  Hazrati  Alisher  mullaqab  ba  al-Navoiy”  kabi  lug„atlar  ham 

manbalarda ketirib o„tiladi. (5; 22-b)  

O„zbek  lug„atchiligi  taгixida  XX  asг  alohida  o„гin  tutadi.  Bu  davrda  tuгli 

maqsadlarni ko„zda tutgan ko„plab terminologik lug„atlaг, o„quv va imlo lug„atlaгi, 

ikki  va  uch  tilli  so„zlagichlar  yaгatildi.  Bunda,  ayniqsa,  ruscha-o„zbekcha  va 

o„zbekcha-ruscha, shuningdek, o„zbek tilini boshqa yevropa va xorijiy shaгq tillari 

bilan qiyoslab o„rganishga mo„ljallangan lug„atlaг alohida o„rin tutadi.  

Ularning  eng  muhimlari  sifatida  E.D.Polivanovning  “Qisqacha  rnscha-

o„zbekcha  lug„at”i  (Toshkent,  Moskva,  1926),  Ashuгali  Zohiгiyning  2  jildli 

“Ruscha-o„zbekcha  mukammal  lug„ati”  (34  ming  so„z;  Toshkent  1927-28), 

K.K.Yudaxinning  “Qisqacha  o„zbekcha-гuscha  lug„ati”  (aгab  grafikasida, 




52 

 

Toshkent  1927),  U.Ahmadjonov  va  B.Ilyosovning  “O„zbekcha-ruscha  lug„at”i 



(lotin  grafikasida,  Toshkent  1931),  S.Rahmatiy  va  Abdulla  Qodiriylarning 

“Ruscha-o„zbekcha  to„la  so„zlik”  (2-jild,  34  ming  so„z;  Toshkent-Qozon,1934, 

lug„atning 1-jildi nashr etilmay qolgan), V.V.Reshetovning “Qisqacha  o„zbekcha-

гuscha lug„at”i (Toshkent, 1935) kabilarni ko„гsatish mumkin.  

40-yillarning  boshlarida  17  ming  so„zli  “O„zbekcha-гuscha  lug„at” 

(Toshkent,  1941)  va  30  ming  so„zli  “Ruscha-o„zbekcha  lug„at”  (Toshkent,  1942) 

yaratildi  va  nashr  etildi.  Professor  Qori-Niyoziy  va  professor  A.Borotov  tahriri 

ostida  tayyoriangan  ushbu  lug„ati  so„zligining  taгkibi  jihatidan  ham,  lug„at 

maqolalarining  to„laligi  jihatidan  ham  avval  nashr  etilgan  lug„atlardan  ancha 

mukammal edi.  

O„zFA  Til  va  adabiyot  instituti  leksikograflarining  гespublikadagi  tajгibali 

tarjimonlar  bilan  hamkoriikda  yaгatgan  5  jildli  “Ruscha-o„zbekcha  lug„at”ning 

bosilib  chiqishi  (78  ming  so„z,  Toshkent,  1950-55),  50  ming  so„zli  1-jildli 

“Ruscha-o„zbekcha  lug„at”  (M.,  1954)  va  40  ming  so„zli  1  jildli  “O„zbekcha-

ruscha  lug„at”  (M.,  1959)  kabi  lug„atlarning  nashr  qilinishi  o„zbek 

leksikografiyasining tarixida muhim voqea bo„ldi.  

Mazkur  lug„atlar,  ayniqsa,  1959-yilda  nashr  etilgan  “O„zbekcha-ruscha 

lug„at” o„zbek tilining dastlabki, birinchi izohli lug„ati tuzish uchun asos bo„ldi va 

uning 

ilmiy 


bazasini 

yuzaga 


keltirdi. 

Ushbu 


lug„atlarda 

o„zbek 


leksikografiyasining  tajribalari  umulashtirilgan,  hozirgi  zamon  o„zbek  tilining 

leksik-semantik  tizimi  va  XX  asrda  shakllangan  meyorlari  birinchi  marta  keng 

tavsif  etilgan  edi.  Ushbu  ma‟lumotlardan  ko„rinib  turibdiki,  o„zbek  lug„atchiligi 

uzoq tarixii va boy an‟anasiga ega.  

Xullas,  o„zbek  lug„atchiligi  tarixida  yaratilgan  lug„atlar  o„sha  davrda 

yaratilgan  buyuk  allomalarimizning  noyob  asarlari  haqida  qimmatli  ma‟lumotlar 

beruvchi asarlardir.  

 


Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin