Urganch ranch texnologiya universiteti


I.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarjismoniy tarbiyasining ijtimoiy-ruhiy asoslari



Yüklə 126,87 Kb.
səhifə3/8
tarix12.10.2023
ölçüsü126,87 Kb.
#154291
1   2   3   4   5   6   7   8
22-CHI MAVZU

I.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarjismoniy tarbiyasining ijtimoiy-ruhiy asoslari
Tarbiya doimo jamiyat uchun muhim vazifani bajargan va kishilarning turli 
avlodlari o’rtasidagi aloqa va vorislikni amalga oshirgan tarbiyaning o’z maqsadi
va vazifalari, mazmuni, shakli va usullari bo’yicha davrlarosha o’zgarib borgan. 
Bu o’zgarishlar kishilar o’rtasidagi munosabatlar bilan chambarchas bog’liq.
Shundan kelib chiqib, tarbiyada Vatan himoyasiga tayyor, mehnatga ijtimoiy 
faoliyatga, hayotga har tomonlama rivojlangan komil insonni tarkib toptirishga
e’tibor berish kerak. Jismoniy ma’daniyat tarbiya jarayonida bu vazifalarni 
muvaffaqiyatli hal etish uchun tarbiyaning bir-biri bilan o’zaro bog’langan har
birining mazmuni, vositalari, shakl vausullarining o’ziga xos xususiyatlarini 
tuShunish kerak bo’ladi. Bizning ilmiy tadqiqot ob’ektimiz bo’lgan o’zbek xalq
milliy o’yinlarida maktabgacha yoshdagi bolalaryoshdagi bolalarining jismoniy 
sifatlarini tarbiyalashda ham ana Shu o’ziga xosliklarni hisobga olish zarurligi
kelib chiqadi. 
Pedagogikada qabul qilingan yosh davrlaridan biz uchun eng muhimi kichik 
maktab yoshidir. Har bir yosh guruhiga jismoniy va ruhiy rivojlanishining
muayyan darajasi mos keladi.Kichik maktab yoshining xususiyatlari. Kichik 
maktab yoshida o’qish bolaning butun hayot tarzini o’zgartiradi va unga yangi
talablar qo’yadi. CHunki bog’cha yoshida bolalarda, asosan nutqining 
rivojlanishiga, ahloq me’yorlarining shakllanishiga asosiy e’tibor beriladi. Ularni
tarbiyalashda maxsus tashkil etiladigan o’yin faoliyati katta o’rin tutadi. Bolaning 
rivojlanishi uchun didaktik ta’lim beruvchi va jamoa bo’lib birgalikda harakat
qilishga 
o’rgatuvchi o’yinlardan foydalaniladi.Kichik maktab yoshida
organizmning umumiy yetilishi fonida bolalarning harakat sohasi jadal rivojlanadi. 
Bu davr sport bilan, jismoniy madaniyat bilan faol Shug’ullanish uchun juda
qulaydir. 
Mana shu jihatdan bolaning aynan Shu xususiyatlarni rivojlantiruvchi milliy
xalq o’yinlaridan foydalanish tarbiyada ko’zlangan maqsadga yetish imkonini 
tezlashtiradi.Jismoniy rivojlanishning jadalligi skletning tez o’sishi, umurtqa
pog’onasini bukikligining shakllanishi, yurak, tomir tizimining rivojlanish 
xususiyatlari va boshqalar bolaning oqilona tashkil etilgan va butun hayot rejimini
talab etadi. Turli yoshdagi har xil jinsdagi bolalar ruhiyatining rivojlanishi, 
o’zgarishlari, ularning ahloqiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta’sir qiladigan
omillar, shart-sharoitlarni bilish, ulardan unumli foydalanish xozirgi kunlarda 
o’qituvchilar, jismoniy madaniyat mutaxassislari uchun nihoyatda zarur bo’lib
qoldi.Har bir o’quvchi yosh davrining ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda 
jismoniy madaniyat darslarini olib borish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar
ongiga, ruhiga ta’sir o’tkazish o’z vaqtida o’z-o’zini anglashni vujudga keltiradi. 
Bolada o’zini anglash tuyg’usi qancha erta uyg’onsa, shaxsiy nuqtai nazar, o’z
huquqini his etish, o’zining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik 
tez paydo bo’ladi.Boladagi e’tiqod, muomala, muloqot, mustaqil xulq -atvorni
shakllantirish, ulardagi tashabbuskorlik hamda to’siqlarni yengishga intilishni 
jismoniy madaniyatda milliy xalq o’yinlari orqali xam tarbiyalash mumkin, bunda
ularga yosh psixalogiyasi xussiyatlaridan kelib chiqqan holda ruhiy turtki berish 
maqsadga muvofiqdir.
O’zbek milliy xalq harakatli o’yinlarining bolalarning ruhiy jihatdan kamol
toptirishda ahamiyati ulkan. Umuman, o’yinlarning ahamiyati haqida ko’pchilik 
ruhshunoslar va pedagoklar qimmatli fikrlarni aytib ta’kidlab o’tishgani ma’lum
(15,16,17,21,46,67,68,69,70). Eng sodda ruhiy jarayonda eng murakkab ruhiy 
jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o’yinlar katta
rol o’ynashini jahon psixologlari ham turli davrlarda turlicha yo’llar bilan isbotlab 
berishgan (15,16,17,21,46,67,68,69,70).O’yinlar bolalar uchun voqe’likni aks
ettirish vositasidir. Bu voqe’lik bolani qurshab turgan voqe’likdan ancha 
qiziqarlidir. O’yinning qiziqarliligi, uni anglab yetishning osonligidadir. Kattalar
hayotida faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bo’lsa, bolalar hayotida 
ham o’yin xuddi Shunday ulkan ahamiyat kasb etishi mumkin. O’yin
, Shuningdek, o’yin mazmuni ham syujeti shart-sharoit va jamiyat
a’zolari turmushining tobora to’g’ri aks ettirishida ko’rinadi. Shuning uchun 
bolalarda o’yin qobiliyatining o’sishi o’z-o’zicha yuzaga kelmaydi, balki
kattalarning, tarbiyachilarning ta’siri natijasi atrof muhit bilan tanishish, sayrlar 
uyushtirish, shaxslar aro munosabatlarning mohiyatini tuShuntirish va hokazolar
natijasida amalga oshadi.Katta kishilar hayoti va faoliyatining o’rnini bosuvchi 
narsalar ularni harakatini umulashgan holda ifodalashning moddiy tayanchi
hisoblanadi. Shunday ekan, o’yin faoliyatida bola harakatini rivojlanishi o’yin 
mazmuniga ko’proq bog’liqdir. CHunki bolaning hatti-harakati qanchalik ixcham
va umulashgan bo’lsa, ular kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishda 
Shunchalik yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning narsalarga va bir-birlariga
munosabatini amalda bajarishaga o’tadi va Shuning uchun narsalar bilan harakat 
qilishda kattalarning munosabatlarini to’g’ri ifodalashga intiladi.
Har qanday o’yinning va o’yin faoliyatining diqqat markazida bola
kattalarning faoliyati va o’zaro munosabatini, muomalasini o’ziga xos tarzda aks 
ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. Shunga ko’ra o’yin ijtimoiy axamiyat kasb
etib, bolada insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilagan qimmatli bilimlar, 
amaliy ko’nikmalar, malakalar va odatlarni, xalqning ijodiy boyliklarini
o’rganishga imkoniyat yaratiladi, oqibatda uni shaxslar aro muloqotlarning 
mohiyatiga olib kiradi.O’yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay,
bolaning hulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarda ham, maktabgacha yoshdagi bolalaryoshdagi bolalarda ham, yuqori sinf
maktabgacha yoshdagi bolalarida ham o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini 
o’yinlar orqali ham tarkib toptirish munkin. CHunki biror maqsadga yo’naltirilgan
mashg’ulotga nisbatan milliy xalq o’yinlarida xulq ko’nikmalarni oldinroq va 
osonroq egallash mumkin.
Ayniqsa, bu omil maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining 
xususiyati sifatida o’zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi
O’yin va o’yin faoliyati bolada o’z hulqini boshqarish ko’nikmalarini 
shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.Halq o’yinlari faoliyatida mazkur
jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvi sifatida emas, balki ana Shu tayanch 
narsalar to’g’risida fikrlash uchun xizmat qiladi, Shuningdek, tayanch nuqtasi
harakatining yaqqol narsalar bilan bog’liq jihatini aks ettiradi. Narsa bilan o’yin 
harakatlarining takomillaShuvi harakat shakli, xususiyati, bosqichi, u kabilarni
qisqartirish va umumlashtirish xisobiga amalga oshiriladi. O’yin harakatlarining 
qisqarishi va umumlaShuvi ularning aqliy ko’rinishidagi mantiqan izchil, shaklga
o’tishning asosini tashkil qiladi.

Yüklə 126,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin