1-bosqich. Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun
adabiyot tanlaganda quyidagi talabga rioya qilish kerak:
1. Ertak, hikoya yoki she'rda qatnashuvchilar ko'p bo'lishi
kerak.
2. Asarda mazmun yaxshi bo'lib qolmasdan, harakatlarning
xili ham ko'p bo'lishi kerak.
3. Asar ifodali o'qishga mos kelishi shart.
4. Mazmuni qiziqarli bo'lishi kerak.
5. Asar bolalarning yoshiga mos kelishi kerak.
2-bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya, she'r
yoki ertakning mazmunini o'qib berish yoki qo'g'irchoq, soya
teatrida ko'rsatish orqali tanishtiriladi.
3-bosqich. Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari
uchun uni qayta o'qib berish, postanovka ko'rsatish, rasmlar
namoyish etish, didaktik o'yinlardan foydalaniladi.
4-bosqich. O'yin qiziqarli o'tishi va uzoq davom etishi uchun
o'yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlab berish va shu
bilan birga to'g'ri rahbarlik qilish kerak. Bu ishni tarbiyachi
bajaradi, katta guruhda esa tarbiyachi yordamida u bilan
birgalikda bolalar bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka
doir rasmlar ko'rsatadi.
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo'lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo'lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «Sholg'om», «Bo'g'irsoq» kabi ertaklar sahnalashtiriladi.
Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she'rlar ham olinadi. Sahnalashtirish o'yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlik qilinadi.
Masalan, tarbiyachi o'rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg'ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi.Bolalarga qaysi asar yoqqanini, ular ko'proq qaysi asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi, Mana shu asosda bo'lg'usi sahnalashtiriladigan o'yinlar jonlantiriladi.
Qurilish o'yinlari ham ijodiy o'yinlar sirasiga kiradi. Ularda bolalar atrof-muhitdagi buyumli dunyo haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar, mustaqil tarzda turli narsalar yasaydilar, bunyod etadilar.Qurish-yasash o'yinlarida bir xil buyumlarning boshqalari bilan almashinishi yuz beradi.
Kichik va o'rta guruh yoshidagi bolalarda qurilish o'yinlari rolli o'yinlar bilan bog'lanib ketadi.Qurilish o'yinlari samarali faoliyat hisoblanib, bolalarda bunyod etilgan inshootni mavjud buyum va narsalar, inshootning qurilishiga asos bo'lib xizmat qilgan tasavvur bilan qiyoslash, taqqoslash ko'nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. U bolalarda kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Qurilish materiallari turli xildagi geometrik shakllardan iborat. Bolalar har bir shaklning o'ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilib olishlari lozim, aks holda hech qanday qurilishni amalga oshirib bo'lmaydi.
Bolalar qurgan narsalar amaliy jihatdan yaroqli bo'lishi va ulardan o'yinda foydalanish uchun konstruktorlik malakasiga ega bo'lish kerak. Bundan bolalarga qurishning asosiy usullarini o'rgatish zarurligi kelib chiqadi.Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlarda bolalarning texnikaga qiziqishi ortadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy xususiyatlari bilan tanishadilar.
Qurilish o'yinlari bolalarning mehnat faoliyatiga yaqin bo'lib, ularni mehnatga tayyorlaydi. Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlar bolalar tafakkurini rivojlantiradi:
Kuzatilayotgan inshootlarning o'ziga xos xususiyatlarini
- ajratib ko'rsatish
- tahlil va sintez qilishga
- solishtirishga
-o'xshash va farq qiladigan tomonlarini aniqlashga majbur etadi,
-vazifalarni to'g'ri hal qilishga o'rgatadi.
Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlar geometrik jismlarning xususiyatlarini, ular bilan ishlashni, fazoviy nisbatlarni (uzoq-yaqin, baland-past, o'ng-chap, uzun-qisqa, keng-tor) amalda olib borishga yordam beradi.
Bunday o'yin orqali bolalarni maktabdagi politexnika ta'limiga tayyorlash vazifasi ham amalga oshiriladi.Bolalar qurish-yasash jarayonida bir jamoaga birlashadilar, natijada ularning nutqlari rivojlanadi. Qurilish materiallari bilan o'ynash bolalarning ma'naviy dunyosiga ham ta'sir etadi: bolalar bilan biron inshootni kuzata turib, davlatimizning xalq farovonligi to'g'risida g'amxo'rlik ko'rsatayotganligini tushuntiradi.
Qurilish materiallari bilan o'ynash bolalarda mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ishga javob-garlikni his etgan holda munosabatda bo'lishi hamda irodaviy sifatlarni tarbiyalaydi. O'yinning qizig'i shundaki, u bolalarga zo'r zavq-shavq bag'ishlaydi.
Bolalarni ba'zi bir qurilish inshootlari bilan tanishtirish orqali estetik tarbiya vazifalari ham amalga oshiriladi. Bolalarda estetik hissiyotni tarbiyalash uchun faqat bitgan qurilish inshootini kuzatish yetarli emas, balki qurilishning borishi, ishning tashkil etilishini kuzatish, bunda bolalarning o'zlarini qatnashtirish muhim ahamiyatga ega.
O'yin uchun sharoit yaratish. Qurilish materiallari bilan
o'ynashni rivojlantirish uchun unga muvofiq shart-sharoit
yaratish zarur.
1. Qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir vaqtda
o'ynashi uchun yetarli bo'lishi kerak.
2. Guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydilar, uni
quradigan va bir necha kungacha saqlab qolishning iloji bo'lgan
joy bo'lishi kerak.
3. Qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida
xonachalari bo'lgan g'ildirakli shkaf bo'lgani yaxshi. Uni bolalar xohlagan tomonlariga surib olib boradilar. Shkaf ichini tartibli
saqlash zarur.
4. Qurilish materiallari saqlanadigan burchakda mayda
o'yinchoqlar, o'yinchoqli odamlar, qushchalar, hayvonlar,
transport bo'lishi mumkin.
5. Bolalarning o'zlari o'yinchoq yasashlari uchun har doim
kerakli material bo'lishi zarur.
6. Ona o'lkamizni, uning poytaxti Toshkentni, transportning
har xil turlarini tasvirlovchi albomlar, fotosuratlar bo'lishi
kerak.
7. Qurilish materiallaridan barpo etilgan inshootlar namu-
nalari tasvirlangan albom.
8. Qurilish jarayonini, binolarning bezatilishini bolalar bilan
kuzatish kerak.
9. Qurilish usullarini o'rgatish lozim.
10. Qurilish materiallaridan ishlangan buyumlarni bir necha kungacha hatto undan ko'proq muddat saqlash kerak.
Qurish-yasashga o'rgatishning asosiy usullari. Bolalarni
qurish-yasashga o'rgatish uchun tarbiyachi turli xil usullarni
qo'llaydi:
1. Tarbiyachi har bir harakatni tushuntirgan holda qurib
ko'rsatadi.
2. Tarbiyachi bir on narsani o'zi qurib ko'rsatadi va bunga
kirgan har bir qismni tahlil qilib beradi.
3. Tayyor qurilish namuna sifatida ko'rsatiladi.
4. Qurish-yasashning ayrim qismlarini ko'rsatadi (tomini
yasashni, qanday yopish kerakligini, biror detalni qaysinisi
bilan almashtirish mumkinligini tushuntiradi].
5. Tarbiyachi ataylab chala qurib qo'yilgan qurilishni
bolalarga qurib bitkazishni taklif qiladi.
6. Nima uchun qurish lozimligini, uning mavzusini aytadi.
7. Har kim xohlagan mavzuda qurishni taklif qiladi.
8. Tayyor qurilishni: u qanday qismlardan iborat ekanligini,
nimalar, qanday detallar ishlatilganini tahlil qilib beradi.
Qurish-yasash usullari bolalarga mashg'ulotlarda o'rgatiladi.
Qurish o'yinlariga rahbarlik. Bolalarning qurish materiallari bilan o'ynaydigan o'yinlariga rahbarlik usullari ularning yoshiga bog'liq. Kichik guruhda bolalar uncha murakkab bo'lmagan qurilishlarni bajaradilar.
Ular uchun stol ustiga qo'yib o'ynaladigan mayda qurilish materiallari zarur. Bitta stol atrofida birdaniga 6-8 bola ishlashi mumkin. Stol ustini qurilish materiallari egallab olmasliklari uchun stolningu boshi bilan bu boshigapastgina skameykayoki taburetka qo'yiladi.
Bolalar o'zlarining qurilish materiallarini yashigi bilan qo'yib qo'yadilar. Bu birinchidan, stol ustida bolalarning bemalol ishlashlari uchun yaxshi, ikkinchidan, bolalarga yashiklardan kerakli qurilish materiallarini olish qulay.
Bog'cha maydonchasida o'ynash uchun kub, gula, silindrga o'xshash alohida qurilish materiallaridan foydalanish zarur.Xuddi shunday materiallar guruh xonasida ham bo'lishi kerak. Yilning ikkinchi yarmida bu materiallarni mashinalar qurish uchun kvadrat/to'g'ri burchak, har xil o'rtasi teshik dumaloq shakldagi faner parchalari bilan to'ldirish lozim.
Bolalarning qurilish materiallari bilan o'ynashlari uchun tik turdagi daraxtlar, hayvonlar, mashinalar, qo'g'irchoqlar ham kerak bo'ladi. Tarbiyachi bu materiallardan nima qurish mumkinligini bolalarga ko'rsatadi: qo'g'irchoqqa stol, stul, karovatyasash, ular uchun bog' va bog'ning ichiga skameykalar qo'yish, mashinaga garaj yasash va hokazo.
Bolalarni qurilish materiallari bilan o'ynashga qiziqtirish uchun tarbiyachi ular bilan birgalikda o'ynaydi va bu materiallardan hamma bolalar foydalanishlarini kuzatib turadi. Yirik qurilish materiallari bilan guruh xonasidagi gilam ustida, yozda esa bog'cha hovlisida qurish mumkin.
MTM maydonchasida yozda qum va suv bilan, qishda qor bilan o'ynash katta o'rin egallaydi.
Qum bilan o'ynash. Qum bolalarning yozda o'ynashlari uchun yaxshi material. Har bir guruh uchun ikkitadan qum yashigi bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Shunda hamma bolalar o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Qumda o'ynash uchun turli xil o'yinchoqlar kerak bo'ladi: qumdan har xil shakl yasaydigan mayda tunuka mashinalar, rezina yoki sellyuloiddan yasalgan odamchalar, hay vonlar shakli, plastilindan yasalgan qo'g'irchoq mebeli, qurish-yasash materiallari, uni bezaydigan narsalar:
har xil faner taxtachalar (8\8, 10\10, 5\10, 4\10 sm)
yog'och kaltakchalar (10,15, 20 sm) hammasi har xil rangdagi
moyli bo'yoqqa bo'yalgan bo'lishi kerak.
Shu materiallarni bolalar qumga o'rnatib yo'llar, hay vonlar uchun saroy va devorlar qurishadi. Qurgan narsalarini bezash uchun kichkina bayroqchalar kerak bo'ladi. Qumni kovlash uchun bolalarga kichkina yog'och kurakcha beriladi.
Bahorda va kuzda (yer namligida) bolalarning qum o'yinlari maxsus qirg'og'i ko'tarilgan stollarda tashkil etiladi. Qum bilan o'ynashda gigiyenik qoidaga rioya qilish kerak. Qum har doim toza va nam bo'lishi, bolalar jazirama quyosh tagida o'ynamasliklari lozim.
Kichik bolalar qum bilan o'ynaganda oldiga ma'lum maqsad qo'ymaydi. Tarbiyachi bolalarni qiziqtirish uchun o'zi «quradi» va bolalarga qurishni taklif qiladi. Masalan, qumni to'plab atrofni tekislashadi, bir yonini teshib eshik ochishadi.
Keyin bu uychani har xil rangdagi mayda bayroqchalar bilan bezashadi, keyin shu uy oldiga devorlar, bog'lar qurishadi, uyga qo'g'irchoqlar ko'chib keladi. O'yinni o'zgartirish uchun o'yinchoqlarni vaqti-vaqti bilan o'zgartirib turish kerak: mashinalar uchun garaj, hayvonlar uchun hayvonot bog'i va boshqalar.
Tarbiyachi o'yinga kichik bolalarning hammasini jalb etishi kerak.O'rta guruhda qum kichik guruhga nisbatan ko'p to'kiladi, Yashik oldiga buferda ham o'yinchoqlar uchun javoncha bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar o'yinning mazmuni murakkablashib borishi uchun tarbiyachi yordam beradi: qumdan nimalar qurish mumkinligini ko'rsatib, bolalarga ko'maklashadi, ularning o'yinlarida qatnashadi.
Katta guruh bolalari qumdan katta inshootlar quradilar. Shuning uchun bu guruh bolalarining qumi yashikda emas, balki bog'cha maydonchasining biron joyiga ancha ko'p miqdorda to'kiladi. Bu bolalar uchun qumdan tashqari loy ham bo'lishi kerak.
O'yinga qo'shimcha materiallar: tabiat materiallari, ip, yog'och, faner va boshqalar ham zarur. O'ynab bo'lgandan keyin bularning hammasini maxsus ajratilgan joyga olib borib qo'yish kerak. Bolalar shahar ko'chalarini, xo'jalik dalasi, hayvonot bog'i, baland binolarni quradilar. Buning uchun qumdan, loydan va tabiat materiallaridan foydalanadilar.Tarbiyachi bu materiallardan qanday qurishni ko'rsatib beradi.
Suv bilan o'ynash. Bolalar suvni juda yaxshi ko'rishadi. Ularning suv bilan o'ynashlari uchun bog'cha hovlisida maxsus suv havzasi tashkil qilinadi, guruh xonasida esa oyoqli qurilma ustiga vanna o'rnatiladi. Suv bilan o'ynash uchun sellyuloiddan, rezinadan yasalgan o'yinchoqlar: baliqchalar, o'rdakcha, g'ozcha, vannasi bor qo'g'irchoqcha, qayiqchalar (yasalgan va sotib olingan], suvda suzib yuradigan narsalar kerak.
Kichik bolalarning suv bilan o'ynaydigan o'yinchoqlari oddiy bo'lib, unda o'yinchoqlarning suzishini tomosha qiladilar. Bolalar suv bilan o'ynab kichkina-kichkina syujetni aks ettiradilar:
-baliq va o'rdakchalarni ovqatlantirib
-qo'g'irchoqni vannada cho'miltirishadi
- qayiqda yo'lovchilarni uchirishadi.
O'rta va katta guruh bolalarining suv bilan o'yini ancha murakkablashadi. Ular daryoda paroxodlarni yurgizishadi, poraxod to'xtaydigan bandargohlar qurishadi. Suzadigan o'yinchoqlarni harakatga keltirishadi.
Suv bilan o'ynash natijasida bolalar suvning xususiyatini, nimalar cho'kib, nimalar suzishini bilib olishadi. Suv bilan o'ynash juda foydali, shuning uchun bolalarning guruh-guruh bo'lib suv bilan o'ynashlari uchun imkoniyat yaratib berish kerak.
Qor o'yinlari. Qishda bog'cha maydonchasida qor bilan o'ynash bolalar uchun eng qiziqarli faoliyat turi hisoblanadi. Har bir bolada yog'och belkurakcha va qorni tashish uchun yashikcha bilan chana bo'lishi kerak. Kichkina bolalar kattalar yig'ib qo'ygan qor uyumini yog'och belkurakchalari bilan kovlashadi. Qorni tepaga sochib, uning to'kilishini kuzatishadi, yashiklarga qor solib, boshqa joyga tashishadi va hokazo.
Qoidali o'yinlar. Didaktik o'yin turlari
Har bir xalqda asrlar davomida kattalarning bolalar uchun yaratgan o'yinlari va bolalarning o'zlari yaratgan ba'zi o'yinlari mavjud. Har qaysisi ham avloddan avlodga o'tib kelgan va xalq og'zaki ijodining o'ziga xos shakliga aylangan.
Ko'pincha didaktik o'yinlar bolalarning bilimiga biron-bir yangilik kiritmaydi, ammo ularni o'z bilimlarini yangi sharoitda ishlata bilishga o'rgatadi yoki ular kichkintoylardan aqliy faoliyatning turli-tuman shakllarini namoyon qilishga talab etadi.
Masalan, "Ajoyib xaltacha” o'yinida bolalarga o'zlariga tanish bo'lgan o'yinchoqni tasvirlab berish vazifasi yuklatiladi, buning uchun esa bola o'yinchoqni boshdan - oyoq yaxshilab ko'zdan kechirishi va uning o'ziga xos begilarini eslab qolishi kerak bo'Iadi.
Didaktik o'yinning mazmuni va turlari. Didaktik o'yinning mazmuni "MTM ta'lim-tarbiya dasturi” da bayon qilingan va quyidagilarni o'z ichiga oladi:
A) buyumlar, ularning nomi, rangi, shakli, hajmi, sifati va
ishlatilishi to'g'risida bilimlar berish;
B) mehnatning har xil turi va uning kishilar hayotidagi roli
to'g'risidagi bilimlar;
V) tabiat voqealari, narsalar, buyumlar, yil fasllari
to'g'risidagi bilimlar;
G) dastlabki matematik tushunchalar: son, sanoq, kattalik,
shakl vaqt va fazoviy tushunchalar berish.
Didaktik o'yinlar ularning ta'lim-tarbiyaviy vazifasi, mazmuni, turli bolalar bog'chasining ta'lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhlar ajratib berilgan. Dasturda har bir yosh guruhning o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda didaktik o'yinning tutgan o'rni va vazifasi, mazmuni, o'tkazish uslublari belgilab berilgan.
Masalan, 2 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar bilan o'tkaziladigan didaktik o'yinlardan asosiy maqsad - bolalarni ranglarni bir-biridan farqlash va nomini aytishga o'rgatish, har xil o'lchamlar (katta, kichik}, shakllarni (sharcha, kubcha], bilishga, ko'rib va eshitib idrok etish, diqqatni, mayda harakatlarni o'stirishga yordam beradi.Bu o’yinlarga quyidagilar kiradi:
"Juft kartochkalar”
"Kattalar va kichkinalar”
"Qo'g'irchoqni sayrga olib chiqish uchun kiyintiramiz"
“Qo'g'irchoqni cho'miltiramiz"
"Bu nimaning ovozi?"
"Xaltachada nima bor?” va shunga o'xshash o'yinlar. Bundan tashqari, shu guruhda bolalarni musiqa tovushlarini farq qilishga o'rgatish uchun musiqaviy didaktik o'yinlar ham o'tkaziladi.
Ikkinchi kichik guruhda esa didaktik o'yinlar quyidagi maqsadlarda o'tkaziladi: bolalarda didaktik o'yinchoqlar bilan yakkama-yakka o'ynash ko'nikmasini rivojiantirish, jamoa o'yinlari tashkil etish; narsalarni faqat bir rangga qarab ajrata olish, katta-kichikligiga qarab farqlash; xalqachalarni va kubchalarni muntazam shaklda terib, ulardan minorachalar yasash; tanish buyumlar tasvirlangan ikki, to'rt burchakli,olti burchakli kesma rasmlardan "Idish tovoqlarimiz", "O'yinchoqlar" kabilarning tasvirini yig'ish; narsalarni farqlash va nomini to'g'ri aytishga o'rgatish va hokazo.
Musiqaviy - didaktik o'yinlarda esa musiqa ovozlarining ba'zi bir xususiyatlarini farq qilishga o'rgatish, qadam va yugurish ritmi ("Kim kelayotir", "Sichqonlar yugurishayotir") ovoz va cholg'u asboblari tembrlarini (“Musiqaviy o'yinchoqni o'ylab top”, "Ovozidan bilib ol" ajrata bilishga o'rgatish vazifalari ham hal etiladi.
O'rta guruhda didaktik o'yinlar orqali bolalar eshitish, ko'rish, sezish a'zolari yordami bilan turli narsalar va ularni yasash uchun ishlatiladigan materialning xossalarini bilib olish, narsalarni tashqi ko'rinishiga qarab bir-biriga taqqoslash, guruhlarga ajratishni o'rgatish vazifalari amalga oshiriladi.
Yana didaktik o'yin davomida bolalar o'rtaga qo'yilgan masalani hal etishda sabr-matonatli bo'lishga,qiziquvchanlikka, diqqat-e’tiborlilikka odatlantirib boriladi. Musiqaviy-didaktik o'yinlar orqali tovushlarni diqqat bilan tinglab, baland-pastligiga, ritmiga, tembriga, dinamikasiga qarab bir-biridan farq qila olishga o'rgatib boriladi.
Katta guruhda didaktik o'yinlar quyidagi vazifalarni hal etishni maqsad qilib qo'yadi: kuzatuvchanlik, narsalarni tekshira bilish, bir biriga taqqoslay olish, ularning belgilaridagi kichik farqlarni [rangi, shakli, katta-kichikligi, materiallarni seza bilish, narsalarning joylanishidagi o'zgarishlarni] aytib bera olish kabi sensor qobiliyatlarni tarbiyalash; biron hayvon, o'simlik, transport ta'rif-tavsif qilib berilganda, ularning nomini topa bilish malakasini o'stirish, bolalarning umumiy tasavvurini, buyumlarni umumiy belgilariga qarab guruhlarga bo'lish qobiliyatini rivojlantirish, so'z faolligini faollashtirish va to'ldirish; qismlardan yaxlit narsalar (kubiklar, mozaika va boshqalar)yasash malakasini o'stirish.
Musiqaviy didaktik o'yinlar orqali tovushlarni bir-biridan farq qilishni o'rgatish, ritmik usulni ajrata olish, ashulalar va cholg'u asboblari ovozining tembrini farq qilish ("Kim kuylayapti?” "Shiqildoqli childirma"), ovozning dinamikasini ajrata olish ("tez, sekin kuylaymiz”) uchun foydalanish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhida didaktik o'yinlar hamma yosh guruhlaridagi kabi alohida o'rin tutadi va bu guruhda didaktik o'yinlar orqali quyidagi ta'lim - tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi: bolalarda didaktik o'yinlarga qiziqish uyg'otish, har bir narsani bilishga havas, kuzatuvchanlik, diqqat-e’tibor, ziyraklik, aqliy vazifalarni mustaqil hal qilish malakasini tarbiyalash.
Bir qaraganda bu muammo arzimas narsa bo'lib tuyulishi mumkin. Lekin har qaysi go'dak ilk bor olamni o'z atrofidagi o'yinchoqlar orqali anglashini inobatga oladigan bo'lsak, ularning inson tarbiyasidagi o'rni beqiyos ekanligi ayon bo'ladi.Farzandlarimiz milliy hunarmandchiligimiz asosida yaratilgan o'yinchoqlarni o'ynashsa, ularning tarbiyasiga ijobiy ta'sir etgan bo'lar edik” degan fikrni mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida ta’kidlaydi (156 bet).
Darhaqiqat, go'dakning ulg'ayib kelajakda qanday yo'ldan borishi o'zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma'naviy asoslarga qurishi ham uning bolalikda qanday o'yinchoqlar o'ynagani bilan belgilanadi.Har bir xalqning o'yinchog'i o'zining pedagogik badiiy va amaliy an'anasiga egadir. O'yinchoq hamma millat xalqlariga hurmat hissini tarbiyalashi lozim.
XULOSA
Ma`lumki, bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko`nikmasi, kattalar hamda sinfdosh o`rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi. Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo`yayotganida nechog`li bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof olamga moslashish ko`nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni xulosa qilish mumkinki, bo’lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislarining pedagogik ehtiyojlari, qiziqishlari, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarini tizimli tarzda o‘rganish lozim. Shuningdek, bo’lajak mutaxassislarning kreativ qiziqishlari va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ta’lim shakllari, g‘oyalar, noan’anaviy metodlar hamda ilg‘or pedagogik tajribalar asosida o‘qitish jarayonini tashkil etish kreativlikni rivojlantirishga nisbatan mazmunli ijodiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi. Oliy ta’lim muassasalarining bo’lajak pedagoglarining kreativlik ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida ulardagi ixtisoslashgan ya’ni pedagogik kreativlik kompetentligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish, bunda innovatsion strategiyalar, interfaol ta’lim metodlari zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq. Talabalarning kreativ qobilyatlarini shakllantirishda va bo’lajak mutaxassislarning kreativ kompetentligini rivojlantirishda pedagog o’zining ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlariga o’quv topshiriqlarini ishlab chiqishga ijodiy yondashish ,o’ziga xos uslublar bilan ta’lim jarayonini tashkil etish, uning oldiga qo’ygan maqsadi samarali natijaga erishishiga zamin bo’ladi. Quyida ularning ayrimlari xususida to’xtalib o’tamiz: 1. Matnli axborotlarni grafik shakliga o’tkazish. Shunday qilib MTMning pedagogik jarayonda o'yinning tutgan o'rni juda katta bo'lib, o'yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berishda keng foydalaniladi. Zero:
- o'yin bolalarning mustaqil faoliyati bo'lib, unda bolaning
ruhiyati namoyon bo'ladi;
- o'yin Maktabgacha taiim yoshidagi bolalar hayotini
tashkil etish shaklidir;
- o'yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan
biridir;
- o'yin bolalarga ta'lim va tarbiya berishning metod va
usulidir;
- o'yin bolalarni o'quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir.
Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlario'yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o'yinning mazmuni, tashkil etilishi, tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o'yinining rivojlanish darajasiga ta’sir etish mumkinligini ko'rsatdi.Bolalar o'yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko'ra xilma-xildir.
Ijodiy o'yinlarni bolalar o'zlari o'ylab topishadi. Unda oldindan belgilangan qoidalar bo'lmaydi. O'yin qoidasini bolalar o'zlari o'yin jarayonida belgilashadi.
Qoidali o'yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. Qoidali o'yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o'yinlar, harakatli o'yinlar, musiqaviy o'yinlar, ermak o'yinlar. Xulosa qilib aytish mumkinki, milliy xalq o’yinlaridan foydalanishda, ularni
qo’llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan
mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo’ladilar.
Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham
o’z vaqtida ta’kidlagan edi.Umuman bu yoshda bolalar juda ham harakatchanligi
bilan ajralib turadi. Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga
soluvchi yurish-turish shakllarining to’g’riligini talab etadi.
Bolalarning bu yoshida tormozlanish va qo’zg’alish jarayonlarini
muvozanatligini yuzaga keltirishda kattalar talabining tizimliligi va o’zini tuta
bilishga odatlantirish katta rol o’ynaydi.Milliy o’zbek o’yinlarini yoshlar, ayniqsa
maktab maktabgacha yoshdagi bolalari sevib, maroq bilan o’ynamoqdalar. Bunday
o’yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas, balki hovlilar va bog’, parklarda
dam olish soatlarida o’ynaladi. Muhim sifatlarni rivojlantirishga mo’ljallangan
umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlarga doir bayon qilingan material
ko’proq o’yin tarzida beriladi, lekin mashqlarni tuShuntirish va faol dam olish
uchun qisqacha pauzalar bo’lgan kichik dozada uzluksiz bajariladi. O’yin
mashqlaridan keyin bo’shashtiradigan, ohista yuriladigan mashqlarni yoki diqqat-
e’tiborini o’stiradigan mashqlarni berish lozim.
. Istiklol davrida, ayniqsa, sport va
jismoniy tarbiyaga e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Jismoniy tarbiya
oldida jismoniy madaniyat va sportni xalqimizning hayotiga ko’proq singdirish;
yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashda jimoniy tarbiya va sportning barcha
turli-tuman shakllaridan, jumladan, xalq an’analaridan keng foydalani,
insonlarning sog’ligini yaxshilash vaularni Ona Vatan mudofaasiga tayyorlash va
Shu singari katta vazifalar turibdi. Xalqimizning milliy o’yinlari esa ana Shu
maqsadda keng qo’llanib kelinayotgan muhim jismoniy va sport vositalaridan
biridir. Shuning uchun xalq milliy harakatli o’yinlariga e’tiborni kuchaytirish
zaruriyati yanada yaqqol ko’rinmoqda.Qadriyatlarga e’tibor qaratish SHarq
xalqlari madaniyatining juda ko’p unsurlari (elementlari) ni saqlab qolishga va
ulardn amaliy foliyatda foydalanishga imkoniyat yaratiladi. qadimgi mahalliy
xalqlarimiz uchun an’anaviy milliy o’yinlar va milliy bellaShuvlar qachonlardir
ular hayotining ajralmas bir qismi bo’lgan, ular xalq marosimlarida, rasm-
rusumlarda va urf-odatlarda mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan,
mustahkam o’rin olgan jismoniy madaniyatning, rasm-rusumlarida va mustaqil bir
soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mutahkam o’rin olgan. Jismoniy
madaniyatning bunday o’ziga vositalar yordamida bobolarimiz o’sib kelayotgan
avlodda chaqqonlik, epchillik, kuchlilik va sabr-toqat kabi xususiyatlarni
shakllantirganlar.
Yosh avlodning jismoniy jihatdan to’kis sog’lom mehnatga va Vatanni
himoya qiluvchi tarzida o’sishidan xalq ham, jamiyat ham manfaatdor. Buning
uchun maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy madaniyat bilan chuqur
Shug’ullanishlari, turli milliy o’yinlardan foydalanish mahoratini egallashlari kerak
bo’ladi. Bu esa yosh avlod tarbiyasini yanada kuchaytirish, ularni o’z xalqi,
mustaqil davlati vajamiyati oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g’oyat
muhim vazifalar bilan bog’liqdir.
Bolalarga ta'lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning o'yinni tanlay bilishi, unga to'g'ri rahbarlik qilish “MTM ta'lim va tarbiya dasturfda belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta'minlaydi.
Tavsiyalar
Xulosalar asosida quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik:
1.Bo‘lajak tarbiyachilar mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishlari uchun turli tanlovlarni o‘tkazish;
2.Har bir tarbiyachi maktabgacha pedagogika fanining turli usul va vositalarini bilishiga doir krassvordlar tuzish;
3.Tarbiyachi hujjatlari mutaxassislik fanlarida amaliy mashg‘ulotlarda to‘liq
o‘rgatilishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
1. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.:”O’zbekiston”, 2017 yil. -488b. 2. Mirziyoyev SH. M. “ Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda davom etamiz” T.O’zbekiston nashriyoti 2016 yil 3. TA’LIM TO‘G‘RISIDA. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh.,2020-yil 23-sentabr,O‘RQ-637-sonli qarori. 4. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida qo'yiladigan davlat talablari. - T./2018. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-maydagi PQ-4312-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”. 6. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti. Vazirlar Mahkamasining 802-son qarori. 2020-yil 22 dekabr. 7. Maktabgacha pedagogika. F.R.Qodirova, SH.Q.Toshpo’latova, N.M.Kayumova,M.N.A’zamova . Toshkent-2019 8. Maktabgacha pedagogika. SH.Sodiqova. Toshkent- 2013 9. Valixo‘jayeva F.B. Talabalarni maktabgacha ta’lam muassasalarida bolalarga estetik ’narbiya berishga tayyorlash. Ped.fan.nom.... dis. avt. 2005. — 7-b.
10. “Maktabgacha ta’lim” jurnali. 2016 yil 1,3,5.
11. www.tdpu.uz 12. www.pedagog.uz 13. www.Ziyo.net
Dostları ilə paylaş: |