Urganch ranch texnologiya universiteti


Tarbiya berish vazifalari



Yüklə 126,87 Kb.
səhifə6/8
tarix12.10.2023
ölçüsü126,87 Kb.
#154291
1   2   3   4   5   6   7   8
22-CHI MAVZU

3.Tarbiya berish vazifalari. 
Jismoniy madaniyat bilan Shug’ullanish tanda, 
bolalarda joriy qilingan tartibga rioya qilish odatini hamda xalq o’yinlari bilan iloji
bo’lsa xar kuni muntazam ravishda Shug’ullanish ishtiyoqini uyg’otish, ularda 
maktab va uyda Shu o’yinni bilan mustaqil shug’ullana olish layoqatini
rivojlantirish, ularni o’z tengqurlari va o’zlaridan kichik bo’lgan bolalar jamoasida 
o’yinlarni tashkil qilish, ularni birgalikda bajarishga o’rgatish lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq milliy o’yinlariga mehr bilan, Shu o’yin 
natijalariga qiziqish bilan va sportchilar erishadigan g’alabalariga havas bilan
qarash tuyg’usini tarbiyalash lozim.
Milliy xalq o’yinlarini o’rganish jarayonida ahloqiy, aqliy, estetik va mexnat
tarbiyalarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi. Xalq 
o’yinlarini bajarish chog’ida bolalar harakatida ijobiy (hamjihatlik, intizomlik,
kamtarinlik, mehribonlik) va ma’naviy fazilatlar (halollik, odillik, do’slik tuyg’usi 
hamkorlik, zamon bilan hamnafas bo’lib ishlay olish qobiliyati, topshiriqlarni
mas’uliyat bilan bajarish) ni tarbiyalash, Shuningdek, irodaviy xususiyatlar 
(jasorat, qat’iylik, o’z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni sobitlik bilan yengish,
chidamlik va hakozolar ) ni namoyon qilish uchun eng yaxshi sharoit va 
imkoniyatlar vujudga keladi.To’g’ri tashkil qilingan milliy halq o’yinlari bolalar
aqlining rivojlanishiga qulay imkoniyatlar yaratadi, zero, bunday vaziyatda asab 
tizimining ham, boshqa barcha a’zolar tizimlarning ham faoliyat ko’rsatishi uchun
qulay sharoitlar paydo bo’lishi, Shubhasiz
. II.2. Jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi milliy harkatli o’yinlar tasnifi va ularni o’rgatish yo`llari 
Xalq milliy o’yinlarini o’rgatish jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar xalqona 
an’analariga sodiq holda yaxshi tarbiya ko’radi, o’rgangan narsalarini puxta eslab
qoladi. Bolalarda ruhiy jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar) 
ning, Shuningdek, fikirlash faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish,
sintezlash, umumlashtirish va hakozolar) ning, barchasi rivojlana boshlaydi.
Milliy o’yinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foyjalanish 
layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga
bolalar o’zlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi 
ezgu fazilatlari tufayli erishadilar. Bolalarda ijobiy hissiyotlarni, odamlar bilan
samimiy va quvnoq munosabatda bo’lish tuyg’ularini tarbiyalash, Shuningdek, yuz 
bergan salbiy ruhiy holatlarni tez bartaraf qila olish layoqatini rivojlantirish
nihoyatda muhim ahamiyatga ega.Buning zarurligi ijobiy hissiyotlar organizmdagi 
barcha a’zolarga foydali ta’sir ko’rsatishida, harakat malakalarining jadal va
mustahkam shakllanishini ta’minlashida ko’rinadi.Milliy xalq o’yinlariga 
asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani amalga oshirishga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. Xalq o’yinlarini bajarish jarayonida estetik zavqni idrok qilish va o’ziga 
singdirishni, go’zallik, nafosat, ma’nodorlik, qad-qomat, liboslar bejirimligi, o’z
atrofidagi barcha narsalarni tuShunish, to’g’ri qadrlashni rivojlantirish, estetikaga 
va o’z xulq-atvoriga gard yuqtirmaslikka bo’lgan moillikni, qilayotgan ishi,
aytayotgan gapi va barcha hatti-harakatida qo’rslik, dag’allikka aslo yo’l 
qo’yilmaslikni rivojlantirish lozim bo’ladi.
. Umuman, o’yinlarning ahamiyati haqida ko’pchilik ruhshunoslar va pedagoklar 
qimmatli fikrlarni aytib ta’kidlab o’tishgani ma’lum 
O’yinlar bolalar uchun voqe’likni aks ettirish 
vositasidir. Bu voqe’lik bolani qurshab turgan voqe’likdan ancha qiziqarlidir.
O’yinning qiziqarliligi, uni anglab yetishning osonligidadir. Kattalar hayotida 
faoliyat, xizmat, yumush qanday ahamiyatga ega bo’lsa, bolalar hayotida ham
o’yin xuddi Shunday ulkan ahamiyat kasb etishi mumkin. O’yin mazmunining 
rivojlanishi bolaning kattalar hayoti va faoliyatining mohiyatiga chuqurroq kirib
borishida, atrofdagi voqea-xodisalarga mknosabatining o’zgarishida, Shuningdek, 
o’yin mazmuni ham syujeti shart-sharoit va jamiyat a’zolari turmushining tobora
to’g’ri aks ettirishida ko’rinadi
Katta kishilar hayoti va faoliyatining o’rnini bosuvchi narsalar ularni 
harakatini umulashgan holda ifodalashning moddiy tayanchi hisoblanadi. Shunday
ekan, o’yin faoliyatida bola harakatini rivojlanishi o’yin mazmuniga ko’proq 
bog’liqdir. CHunki bolaning hatti-harakati qanchalik ixcham va umulashgan
bo’lsa, ular kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishda Shunchalik 
yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning narsalarga va bir-birlariga munosabatini
amalda bajarishaga o’tadi va Shuning uchun narsalar bilan harakat qilishda 
kattalarning munosabatlarini to’g’ri ifodalashga intiladi.
sabatini, muomalasini o’ziga xos tarzda aks ettirishi, takrorlashi
imkoniyati turadi. Shunga ko’ra o’yin ijtimoiy axamiyat kasb etib, bolada insoniyat 
tomonidan asrlar davomida yaratilagan qimmatli bilimlar, amaliy ko’nikmalar,
malakalar va odatlarni, xalqning ijodiy boyliklarini o’rganishga imkoniyat 
yaratiladi, oqibatda uni shaxslar aro muloqotlarning mohiyatiga olib kiradi.O’yin
faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, bolaning hulq-atvoriga ham 
ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ham, maktabgacha
yoshdagi bolalaryoshdagi bolalarda ham, yuqori sinf maktabgacha yoshdagi 
bolalarida ham o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini o’yinlar orqali ham tarkib
toptirish munkin. CHunki biror maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotga nisbatan 
milliy xalq o’yinlarida xulq ko’nikmalarni oldinroq va osonroq egallash mumkin.
Ayniqsa, bu omil maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining 
xususiyati sifatida o’zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi
bolalarda o’z xulqini o’zi boshqarish ko’nikmasi o’yin faoliyatida ham boshqa 
sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zan ular ayrim vaziyatlarda, masalan;
musobaqa paytida o’yindagiga qaraganda yuqoriroq ko’rsatkichga erishishlari ham 
mumkin.
O’yin va o’yin faoliyati bolada o’z hulqini boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish 
uchun muhim ahamiyat kasb etadi.Halq o’yinlari faoliyatida mazkur jismlar
qandaydir alomatlarni aks ettiruvi sifatida emas, balki ana Shu tayanch narsalar 
to’g’risida fikrlash uchun xizmat qiladi, Shuningdek, tayanch nuqtasi harakatining 
yaqqol narsalar bilan bog’liq jihatini aks ettiradi. Narsa bilan o’yin harakatlarining
takomillaShuvi harakat shakli, xususiyati, bosqichi, u kabilarni qisqartirish va 
umumlashtirish xisobiga amalga oshiriladi. O’yin harakatlarining qisqarishi va
umumlaShuvi ularning aqliy ko’rinishidagi mantiqan izchil, shaklga o’tishning 
asosini tashkil
qiladi.
Yoshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon 
beradigan, maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy sifatlarini rivojlantirishga
qaratilgan bu muammoni umumta’lim maktab maktabgacha yoshdagi bolalari 
jismoniy madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga
bog’lab kelgan uzviylikda ko’rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda 
milliy xalq o’yinlarining roli katta ekanligini qayta-qayta ta’kidlab o’tmoqchimiz.
Shuning uchun xalqimizning asrlardan-asrlarga o’tib kelayotgan milliy o’yinlarini 
avaylab-asrab keyingi avlodga yetkazish yo’llarini izlash, ishlab chiqish va
hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.Milliy xalq o’yinlarini xalqimzning bir 
necha yillik madaniy boyliklari haqidagi tasavvurlarini ma’lum darajada
kengaytiradi, hozirgi hayotga singdirish yo’llarini boyitishga yordam beradi.
Milliy harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta’sirchan usullaridan 
bo’lib, maktabgacha yoshdagi bolalarda aqliy, ahloqiy va nafosat tarbiyasini
birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun 
bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning hatti-harakatlari kabi
jihatlariga ham e’tibor berish zarur.Maktabgacha yoshdagi bolalaryoshdagi
jismoniy madaniyatini qiziqarli va foydali o’tkazish uchun biz tavsiya etayotgan
ba’zi milliy o’yinlardan foydalanishda ham xuddi Shu xususiyatlarga e’tibor berish 
kerak.Maktabgacha yoshdagi bolalar qadriyatlarga muhabbat uyg’otish, xalq
an’analarini avaylab-asrashga o’rgatish ko’p jihatdn o’zbek xalq milliy 
o’yinlpridan unumli foydalanib bilishga bog’liq. CHunki milliy o’yinlar orqali bola
bir tomondan jismoniy bilimlarni egallasa, ikkinchi tomondan, jismoniy 
madaniyaga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bir qancha olimlar o’z tadqiqotlarida xalq milliy harakatli o’yinlarida foydalanish 
haqida u yoki bu darajada fikr yuritganlar.Bolalar va o’smirlarning harakat
faolligini oshirishga yordam beradigan omillar: milliy harakatli o’yinlar, milliy 
mashqlar elementlari, bellaShuvlar va sport turlari, jismoniy tarbiyaning an’anaviy
vositalaridan foydalanish yo’llari ko’rsatilgan. Milliy o’yinlar bilan shug’ullanish jarayonida mehnat tarbiyasi amalga 
oshiriladi. Bolalarning salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat malakalari
shakllanadi, mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. 
Bolalarni mehnatga tayyorlashda jismoniy madaniyatning, jumladan, xalq milliy
o’yinlarining tutgan o’rnini ularga tuShuntirish va bu tuShunchani ularning ongida 
shakllantirish g’oyat muhim ahamiyatga ega.Maktabgacha yoshdagi bolalar
jismoniy tarbiyasining vazifalari doimo, jumladan, milliy xalq o’yinlarini o’rganish 
va o’rgatish jarayonida ham uyg’un holda hal etiladii

Yüklə 126,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin