II. 3 Maktabgacha ta’lim tashkilotida o’yinning mashg’ulotdagi o’rni
O'rta va katta guruh bolalarining suv bilan o'yini ancha murakkablashadi. Ular daryoda paroxodlarni yurgizishadi, poraxod to'xtaydigan bandargohlar qurishadi. Suzadigan o'yinchoqlarni harakatga keltirishadi.
Suv bilan o'ynash natijasida bolalar suvning xususiyatini, nimalar cho'kib, nimalar suzishini bilib olishadi. Suv bilan o'ynash juda foydali, shuning uchun bolalarning guruh-guruh bo'lib suv bilan o'ynashlari uchun imkoniyat yaratib berish kerak.
Qor o'yinlari. Qishda bog'cha maydonchasida qor bilan o'ynash bolalar uchun eng qiziqarli faoliyat turi hisoblanadi. Har bir bolada yog'och belkurakcha va qorni tashish uchun yashikcha bilan chana bo'lishi kerak. Kichkina bolalar kattalar yig'ib qo'ygan qor uyumini yog'och belkurakchalari bilan kovlashadi. Qorni tepaga sochib, uning to'kilishini kuzatishadi, yashiklarga qor solib, boshqa joyga tashishadi va hokazo.
Qoidali o'yinlar. Didaktik o'yin turlari
Har bir xalqda asrlar davomida kattalarning bolalar uchun yaratgan o'yinlari va bolalarning o'zlari yaratgan ba'zi o'yinlari mavjud. Har qaysisi ham avloddan avlodga o'tib kelgan va xalq og'zaki ijodining o'ziga xos shakliga aylangan.
Qoidali o'yinlar MTMda ta'lim-tarbiya vosita1si sifatida keng qo'llaniladi. Qoidali o'yin ta'lim bilan bevosita bog'liqdir.Ularning har biri bola shaxsiga ta'sir ko'rsatadi, biroq o'yinning u yoki bu turiga mansub deyish uning asosiy tarbiyaviy ta'siriga ko'ra aniqlanadi. Masalan: «Oq terakmi ko'k terak, bizdan sizga kim kerak» harakatli o'yinida bolalardagi chaqqonlik, zehnlilik, chidamlilik malakalari rivojlanadi.
Didaktik o'yinlar. Didaktik o'yinlarning muhim elementi qoidalar hisoblanadi. Qoidalarni bajarish o'yin mazmunini amalga oshirishni ta'minlaydi. Didaktik o'yin ta'lim bilan bevosita bog'liq bo'lib, unga yordam beradi.
Didaktik o'yin - bu maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va imkoniyatlariga mos keladigan ta'lim berish metodidir.
Tajribali tarbiyachi bu o'yindan passiv bolalarni jamoaga aralashtirish, har xil rejalar, vazifalarni qo'rqmasdan bajarishlari uchun foydalanadi.Didaktik o'yinni amalga oshirishda har doim g'oyaviylik prinsipiga asoslanish kerak. Didaktik o'yin tarbiyachining vazifa hamda maqsadlariga muvofiq kelishi lozim.
Didaktik o'yinlar bolalarning birgalikda o'ynab, o'z manfaatlarini jamoa manfaatlari bilan uyg'unlashtira olishi, bir-biriga ko'maklashish va o'rtog'ining muvaffaqiyatidan xursand bo'lishi kabi yaxshi munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi.
O 'yinlar shaxsning sofdillik, rostgo'ylik kabi ijobiy xislatlari shakllanishiga imkon beradi.Didaktik o'yin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, chunki unda bolalar mashg'ulotlarda olgan bilimlaridan foydalanadilar. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlari uchun hayotiy sharoit yaratib beradi. Bunday o'yinlarga kichik bolalar uchun «Rangiga qarab top», «Shakliga qarab top» kabi o'yinlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Katta guruh bolalari uchun «Ishchilar nimalar va qanday ishlarni bilishadi?», «Dehqonlar nimalarni yetishtiradi?», «Kim ko'proq narsalarning nomini ayta oladi?» va boshqa o'yinlarni ko'rsatish mumkin.
Didaktik o'yinlar bolalarning tevarak-atrof haqidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, o'z shaxsiy tajribalari va mashg'ulotlarda olgan bilimlarni amalda qo’llay olishga o'rganadi, ulardagi fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy kuchlarni, sensor jarayonni rivojlantiradi, olgan bilimlarini tartibga soladi.
Didaktik o'yinlar ta'lim jarayonini yengilroq va qiziqarliroq qiladi. Bolalar yoshlariga mos, qiziqarli faoliyat orqali o'yinda amalga oshiriladigan aqliy tarbiya vazifasini juda oson va yaxshi o'zlashtiradilar.
Didaktik o'yin kattalar tomonidan bolalarni aqliy rivojiantirish maqsadida yaratiladi. Unda o'yin elementlari qaricha ko'p bo'lsa, bolalarga u shuncha quvonch bag'ishlaydi.Didaktik o'yinning muhim tomoni - uni o'tkazishdan ko'zda tutiladigan g'oyadir.
O'yin g'oyasi bolalarda o'yinga qiziqish uyg'otadi, ko'pincha bu g'oya didaktik o'yinni boshlashga sababchi bo'ladi. Masalan, «Xaltachada nima bor?», yoki «Kim qanday qichqiradi» va shunga o'xshashlar.
Har bir didaktik o'yinda o'yin mazmuni, g'oyasidan kelib chiqqan qoidalar bo'ladi. Unda qoidaning mavjudligi harakat o'ynalishini yoki o'yinning borishini belgilab beradi, bolalarning xulqini, o'zaro bir-biriga bo'lgan munosabatini boshqarib, kerak tomonga o'ylantirib turadi. Qoida bolalar harakatini baholovchi o’lchovdir.
Didaktik o'yinda amal qilinadigan qoidalar o'yin hara-katlarining to'g'ri-noto'g'riligini aniqlovchi va ularga baho beruvchi mezon hisoblanadi. Bolalarning biror bolaga nisbatan "U o'yin qoidasini buzib o'ynayapti" deyishlarining o'zi ularning o'yin qoidalariga qandaydir o'zgartirib bo'Imaydigan qonundek munosabatda bo'lishlarini ko'rsatadi.Bolalarning o'yin qoidalarini o'rganib olishlari va ularga rio-ya qilishlari, ularda mustaqillikni, o'yin jarayonida o'zini-o'zi, o'zaro bir-birini nazorat qila bilish qobiliyatini tarbiyalashga yordam beradi.
O'yinning natijasini ikki nuqtayi nazardan: bolalar va tarbiyachi nuqtayi nazaridan baholash lozim.Agar o'yin natijasini bolalar nuqtayi nazaridan baholaganda, unda bu o'yindan bolalar qanday ma'naviy va axloqiy ozuqa olganlarini hisobga olish lozim. Didaktik vazifalarni bajarish bolalardan ma'lum darajada zo'r berishni, ya'ni ularning aqliy faoliyatiga talabni kuchaytiradi. Bola o'ynayotganda har xil harakatlar qiladi: yuguradi, sakraydi, tor joydan, ingichka taxta ustidan o'tadi, engashadi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hokazo.Bu harakatlarning hammasini bola bemalol, o'z xohishi bilan bajaradi, natijada bolaning muskullari pishiydi, u harakatni yengilroq, chaqqonroq bajaradigan bo'lib qoladi.
Bolaning aqliy tomondan rivojlanishi uchun ham o'yin katta ahamiyatga ega. O'yin natijasida bolaning bilimi kengayib boradi. Roll! o'yinlar bola kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini, bilish doirasini rivojlantiradi, boyitadi.
O'yinda bola o'z oldiga maqsad qo'yadi, bu boladan aql, idrok ishlatishni talab qiladi, topag'onlikka o'rgatadi. O'yin jarayonida juda ko'p gaplashishga, tortishishga, bahslashishga, aytib berishga to'g'ri keladi. Bolalar o'zi yasayotgan narsalarini yaxshiroq yasash, qurish uchun juda ko'p o'ylab, fikrlashishlariga to'g'ri keladi. Bular hammasi bola tafakkuri va xayolining rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.
Bola o'z o'yinida borliqni aks ettirib, olgan rolining mazmuni bilan bog'liq bo'lgan u yoki bu hissiyotni boshdan kechiradi. Masalan, Dilnoza ona-bola o'yinida ona rolini o'ynayotib, bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, ular bilan yaxshi munosabatda bo'lib erkalaydi, ular bilan gaplashadi, kitoblar o'qib beradi. Bu o'yin bolada muloy imlilik, g'amxo'rlik, e'tiborlilik kabi yaxshi hislarni uyg'otadi.
Rolli-syujetli o'yinlarning o'ziga xos xususiyati. Rolli o'yinlarning boshqa o'yinlarga nisbatan o'ziga xos xususiyatga egaligi ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud bo'lishidir.
Bolalar biror narsa yoki voqea to'g'risida yetarlicha tasavvurga ega bo'lgandagina syujet, fikr, yuzaga keladi. Masalan, bolalar "paroxod" o'yinini o'ynamoqchi bo'lishdi. Bunga o'yinning qanday borishi to'g'risida syujet kerak.
Syujet bolalarning bilimiga bog'liq bo'Iadi, Bolalarda avval g'oya paydo bo'Iadi, keyin mazmun rivojlanadi. Ba'zan bolalar o'yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar. Masalan, Afrikaga "bormoqchi" bo'lsalar, sayohat vaqtida qilinadigan ishlarni oldindan belgilab oladilar.
Bundan ko'rinib turibdiki, rolli o'yin jamoatchilik xususiyatiga ega, chunki bolalar bir-birlari bilan o'zaro munosabatda bo'ladilar.Rolli o'yinda har bir bola o'ziga olgan rolni bajaradi masalan, ona, haydovchi, tarbiyachi, enaga, san'atkor va hokazo.
Rolli o'yinlarda didaktik, qoidali - harakatli o'yinlardagi singari qat'iy o'rnatilgan qoida bo'lmaydi. Bunda ko'pincha bolalar o'z xayol qilgan narsalari bo'yicha harakat qiladilar. Masalan, "raketa tushib oyga uchadilar", "paroxodda suzadilar", "kasalni davolaydilar"...
Ammo bolalarning xayollari bilan o'ynashlari ularni real voqealikdan uzoqlashtirib yubormaydimi degan savol tug'iladi, yo'q, bolalar o'zlari buning o'yinligini yaxshi biladilar.Shu bilan birga bolalarning kechinmalari,hayajonlari, qilgan rostakam, sidqidildan bo'ladi.
Masalan, "doktor” rolidaga bola kasal to'g'risida qayg'uradi.O'yin mavzui bolalar olgan taassurotning kuchli, bolalarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O'yinda bolalar aks ettiradigan ijtimoiy-siyosiy voqealar bolalarning bilim doirasi va hayotiy tajribasimng kengayib borishiga bog'liq bo'ladi.
Rolli o'yinlar ining mazmuni va mavzusi o'zgarishi bilan bir qatorda uning tuzilishi va o'yin shartlari o'zgaradi, bolalarning mustaqilligi va tashabbuskorligi ham o'sib boradi.Avvalgi bolalar o'z-o'zicha alohida-alohida o'ynaydilar.
Sekin-asta rolli o'yinlarning paydo bo'lishi, o'yinda kishilar o'rtasidagi munosabatni aks ettirish birgalikda bajariladigan o'yinni keltirib chiqaradi. Avvaliga katta bo'lmagan guruhchalar 2-3 kishidan iborat bo'lib o'ynashadi, katta va tayyorlov guruhlariga kelib kattaroq jamoaga birlashadilar.
O'yinda har xil rollar orqali o'zaro munosabatda bo'lish bolalarda o'rtoqlik munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi.O'yinning tuzilishi va mazmuni o'zgarishi bilan o'yinchoqning roli va bolalarning unga nisbatan talabi ham o'zgarib boradi va h.k.
Bog'cha yoshidagi bolalarda ijodiy o'yinning rivojlanib borishi. Uch yoshdagi bolalarning o'yinlari yangi tus oladi: bola qo'g'irchoqni va o'zini kishilarning nomi bilan atay boshlaydi: masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi.
Kattalar undan sen kimsan, deb so'rasa, "Haydovchiman" deb javob
beradi. Yoki qizcha qo'g'irchog'iga ovqat pishirayapti. "Sen
kimsan?”- degan savolga "Men oshpazman" deb javob beradi.
Bolalar o'z o'yinlarida sekin-asta murakkab bo'lmagan syujetli o'yinlarni o'ynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks etadi.
Bolaga ovqat berishadi, uxlashga yotqizishadi, mashinada tortishadi.Yana ovqat berishadi va uxlatishadi. Yoki qo'g'irchoq kasal bo'lib qolsa, darrov uning qo'li, oyog'i bog'lanadi, yolg'ondakam dori beriladi.
Uchinchi yoshning oxiriga kelib bola rol tanlay boshlaydi.
“Men oyisiman", "Men - vrachman" deb bular birdaniga enaga,
tarbiyachi, doktor bo'lib qolishi mumkin.
Bola to'rt yoshga o'tganda syujetli-rolli o'yinlar ancha rivojlana boshlaydi. O'yinlar mavzui har xil bo'lib, boyib boradi. Bu yoshdagi bolalar o'z o'yinlarida oila, MTMni, avtobusda, tramvayda kelayotgan kishini aks ettiradilar.
Tevarak-atrofni kuzatish natijasida tasavvurlari kengayadi, bu ularning o'yin mazmuniga ta'sir etadi: bayramlar, magazin, transporting har xil turlarini aks ettira boshlaydilar.
Ammo bu yoshda ular hayotdagi voqealar o'rtasidagi bog'liqliklarni hali tushunib yetolmaydilar.Bola besh yoshga qadam qo'yganda undagi kuzatuvchanlik tafakkuri rivojlanganligi, bilim doirasi kengayganligi sababli o'yin mazmuni ham murakkablashib boradi.
Xayolning rivojlanib borishi orqasida ertak va hikoyalar mazmuni bo'yicha murakkab bo'lmagan o'yinlarni o'ynashadi.O'yin mazmuni bilan bir qatorda bolalarda hislar ham rivojlanib boradi. Kundalik hayotga nisbatan bolalarda hissiyot yuqori bo'ladi.
O'yin birinchidan, xursandchilik bilan hamohang kechadi. Ikkinchidan, bolalar kattalarning hislarini o'z o'yinlarida aks ettiradilar.Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy o'yin juda ham yaxshi rivojlanadi.
Bu o'yinlarda bolalar o'zlari eshitgan, ko'rgan voqealar, hikoyalar, kitoblar va boshqamanbalardan olgan bilim, malakalarini, his-hayajonlarini to'la qo'llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o'yinlarida berilgan ta'lim-tarbiyaning natijasi yaqqol ko'rinib, sezilib turadi.
Bolalar kim bilan o'ynashi to'g'risida va o'yinning qanday borishi to'g'risida o'zaro kelishib oladilar. O'yinlar uzoqroq davom etadigan bo'lib boradi. Bitta o'yinni uzoq vaqt, hatto bir necha kun o'ynash mumkin, bunda har gal o'yinga yangilik kiritib boriladi.
Uzoq davom etadigan o'yinlar maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinlarining yuqori bosqichi hisoblanadi.Katta maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinlariga to'g'ri rahbarlik qilib borilsa, ularning mustahkam jamoasi yuzaga kelib, u o'z an'anasiga, o'z qoidasiga ega bo'Iadi.
Bolalarda birgalikda ijod qilish qobiliyati rivojlanadi, ular o'rtoqlarining fikri bilan kelishadigan, fikriga quloq soladigan bo'lib boradi.Bolalar jamoasining shakllanishi uzoq vaqtni talab etadigan murakkab ish. Bolalar o'rtasida murakkab munosabatlar yuzaga kela boshlaydi.
Har bir bolaning o'ziga xos xususiyati yaqqol namoyon bo'lib boradi. Bunda bolalar faol tashkilotchi, o'ziga ishonadigan va tortinchoq, indamaslarga bo'linadi.Faol bolalar har doim o'yinni o'z xohishiga qarab tanlaydi, qiziqarliroq rolni talab etadi.
Ular ba'zan o'yinni buzishadi, o'rtoqlarini xafa qilishadi, ammo tarbiyachining ta'siriga tez berilishadi. Ularning ijobiy xususiyatlari, sog'lom qiziqishlari bo'Iadi, tarbiyachi mana shular asosida ularning ongi va hissiga ta'sir etadi.
O'yin mavzusi o'zgarishi bilan o'yinda qatnashuvchilarning ham o'zaro munosabatlari o'zgarib boradi. Kichkina bolalarning har biri o'z holicha o'ynasa, keyinchalik 2-3 kishi bo'lib o'ynay boshlaydi, o'rta maktabgacha yoshga kelganda o'ynovchilar soni ko'payib, o'rtoqlik munosabatlari tarkib topa boshlaydi, bunday munosabatlar o'yinga mavzu tanlashda, rollar va o'yinchoqlarni taqsimlashda yuzaga keladi.
O'yinning tuzilishi va mazmuni rivojlanib borishi bilan o'yinchoqning roli va unga talab ham o'zgarib boradi. Kichkina bolalar o'yinini ko'pincha o'yinchoq belgilaydi. Bitta o'yinchoq bir nechta vazifani bajarishi mumkin.
O'rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o'yin to'g'risidagi fikr avval tug'iladi. Keyin o'ynay boshlaydi. O'yinchoq o'yin mazmuniga qarab tanlanadi.Bolalarning o'ynashlari uchun ma’lum vositalar kerak.
Rolli o'yinlarda bolalar har xil vositalardan foydalanadilar, ulardan asosiylari quyidagilar: bolalarning o'z harakatlari; o'yinchoq va boshqa materiallar; so'z.
Bolalarning asosiy tasvirlovchi vositalari o'zlarining harakatidir, Masalan, bola ikki oyog'ida sakrab quyonchaga taqlid qiladi. ikki qo'lini qimirlatib, pishillab parovoz bo'ladi va h.k.
Bolalarning ko'p harakatlari qurish, yasash bilan bog'liq bo'ladi, ular soatlab parovoz, paroxod, elektrovoz quradilar, ularni o'ziga o'xshatishga urinadilar. Ko'pincha qurish o'yinning boshlanishi bo'lib xizmat qiladi.
Taqlid vositasiga o'yinchoq ham kiradi. O'yinchoq bola harakatini to'ldiradi, o'ylagan obrazi va fikrini amalga oshirishga yordam beradi.Kiyimlar va ularning qismlari ham bolaning olgan rolini yaxshiroq bajarishga va uni yanada aniqroq ijro etishga imkon tug'diradi.
Bolalar o'yin jarayonida ba'zi bir narsalarni xohlagan narsalari nomi bilan atab ham xuddi o'sha xohlagan narsalarini faraz qilib juda yaxshi o'ynaydilar, masalan, taomni "konfet", qumni "shakar" stulni "mashina" deb atashlari mumkin.
So'z yordamida bolalar qanday o'yin o'ynashlarini kelishib oladilar. So'z yordamida bir-biri bilan muomalada bo'lib, o'z fikrlarini izhor etishadi. So'z har xil taassurotlarni ifodalash imkonini beradi. Bolalar hamma vositalardan ko'pincha bir vaqtda foydalanadilar.
Aks ettiruvchi vosita qanchalik ko'p bo'lsa, o'yin mazmuni shunchalik boyroq bo'ladi hamda tevarak-atrofdagi voqea-lardan taassurot shunchalik to'laroq aks ettiriladi.
O'yin mazmunining rivojlanib borishi bilan murakkab jarayon bo'lgan bolalar jamoasi ham shakllana boshlaydi. O'yin bolalarning mustaqil faoliyati bo'lgani uchun uning syujetini bolalar o'zlari o'ylab topishadi va o'zlari tashkil etishadi.
O'yinda bolalar o'zlarining kichkina jamiyatning a'zosi deb hisoblashadi, o'zaro kelishib harakat qilishga o'rganishadi.Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda har bir bola o'ynayotgan bolalar jamoasiga kira olishi, u yerda o'z o'rnini topa olishi va shu jamoada o'rnashib olishi lozim.
Tarbiyachi ilk yoshli bolalarda ularning narsalar bilan o'ynay olishi, diqqatini shunga to'play olish qobiliyatini tarkib toptiradi. Bu boshqa bolalar bilan yonma-yon tinch o'ynay olish malakasining shakllanishiga yordam beradi.
Bolalar birgalikda o'ynashga o'tganlarida bir-birlari bilan ma'lum munosabat o'rnatishlari lozim bo'ladi. Xudda mana shu munosabat jamoatchilikni shakllantiradi. Bunga tarbiyachi bolalarni kelishib o'ynashga o'rgatish orqali erishadi.
Sahnalashtirilgan o'yinlar ijodiy o'yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy o'yinning quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan vaziyatning va boshqa elementlarning uyg'unligi, bolalarning mustaqillik va o'z-o'zini uyushtira olish jihatari xos.
Sahnalashtirilgan o'yin badiiy asar asosida quriladi: o'yin syujeti, rollar, qahramonlarning xatti-harakatlari, ularning nutqi asar matniga ko'ra belgilanadi.Sahnalashtirilgan o'yin bolalarning eshitgan asar yoki ertakdan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini beradi.
Bu o'yinlar bolalarda iroda, intizom, o'z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so'zlashga o'rgatish usullaridan biridir.
Ba'zi bir bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta so'zlab berishga xohish ham, qiziqish ham bo'lmaydi, ammo unga o'yin usuli kirtilishi bilan bola asardagi rolga kirib, o'sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi.
Bunday o'yinda bola o'zini o'sha asardagi qahramon o'rnida his etib; uning sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar tilida so'zlab berish boladagi xayolni rivojlantirishga yordam beradi va asar qahramonida mavjud bo'lgan ijodiy sifatlarni egallashga intiladi.
Sahnalashtirilgan o'yinda badiiy asarning g'oyaviy mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab olinadi.Ertak yoki hikoyadagi mazmun bolalarga yaqin, ularning yoshi va qiziqishiga mos, tushunarli bo'lib, bola unga kirishib ketgan taqdirdagina asardagi obraz va harakatlar to'g'ri aks ettiriladi.
Shuning uchun u yoki bu badiiy asar bo'yicha sahnalashtirilgan o'yin o'tkazishdan oldin tarbiyachi asarning mazmunini aks ettirishga yordam beradigan tayyorgarlik ishini o'tkazishi kerak.
Bu ish oldindan bir qator mashg'ulot va o'yinlar o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Sahnalashtirilgan o'yinga tayyorlanish uchun ma'lum bir vaqt ajratiladi va har bir mashg'ulotda aniq masalalar hal etib boriladi.
Masalan, tarbiyachi hazil she'r o'qiyotib jonli nutqqa yaqinlashadi, bolalarga so'zlarni, tovushlarni qanday talaffuz etish kerakligini tushuntiradi. Qaytarishda esa tarbiyachi bolalardan so'zlarni aniq, balandroq yoki past, sekinroq yoki tez talaffuz etishni talab etadi.
Bu mashqlarda matnni eslab qolish uchun o'tkaziladigan har bir mashg'ulotda 5-6 daqiqadan vaqt ajratiladi. Bolalar «Sholg'om», «Bo'g'irsoq», «Tulki, xo'roz va quyon» kabi ertakni sahnalashtirishni juda sevadilar.
Ertak va hikoyalarni bolalar ko'pincha o'zlarining ijodiy rolli o'yinlarida sahnalashtiradilar, bu o'yinlarda tulki, sichqon, xo'roz, quyon kabi personajlarni o'yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar.
Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she'r, ertak qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlari mana shunday o'rganiladi.
Sahnalashtirish ishini quyidagi bosqichlar bo'yicha o'tkazish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |