Urganch ranch texnologiya universiteti



Yüklə 126,87 Kb.
səhifə2/8
tarix12.10.2023
ölçüsü126,87 Kb.
#154291
1   2   3   4   5   6   7   8
22-CHI MAVZU

Kurs ishining vazifalari:

  1. O’zbek xalq o’yinlarini o’rgatish

  2. Xalq o’yinlarini bola tarbiyasidagi ahamiyatini uqtirish

  3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari

  4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish)

Kurs ishining ob‘yekti  Maktabgacha yoshdagi bolalar 
Kurs ishining predmeti: > «Ta’lim haqidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Ilk qadam» davlat dasturi
Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi 2 ta bob, xulosa va tavsiyalar,adabiyotlar
ro‘yxatidan iborat.


I BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda o’zbek milliy 
harakatli o’yinlardan foydalanish
I.1. . Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda o’zbek milliy
harakatli o’yinlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari 
Bola o‘yin davomida tengqurlari bilan do‘stlashadi. Y.A. Komenskiy o‘yinga quvnoq bolalik va bolani uyg‘un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o‘yinlariga e’tiborli munosabatda bo‘lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni masalahat bergan edi. O‘zbekiston Respublikasining mashhur yozuvchisi Oybek o‘zining “Bolalik” qissasida xalq milliy sporti turlaridan bo‘lgan “uloq o‘yini” ni juda yaxshi bayon qiladi: “Uloq” xalqning qadimiy o‘yini hisoblanadi . Milliy xalq o‘yinlarining vujudga kelishi hamda taraqqiy etishi o‘sha davrlarda kishilarning kuchli, chidamli, chaqqon va shijoatli bo‘lishi zamon talabi bo‘lib kelgan. Milliy xalq o‘yinlari asrlar o‘tishi bilan murakkablashib, maxsus sport turiga aylangan. O‘yin – maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatidir. Rossiyalik pedagogi A.S.Makarenko aytganidek, o‘yin bola uchun bilish manba’idir. O‘yin jarayonida bolalar egallay bilishlari qiyin bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni osongina o‘zlashtirib oladilar, narsalarning o‘ziga xos xususiyatlarini bilib oladilar. Ular tevarak-atrofdagi ko‘rgan narsalarini o‘yinda ifodalash orqali turli harakatlarni bajaradilar, ya’ni yuradilar, yuguradilar, sakraydilar, o‘rmalaydilar, biron buyumni irg‘itadilar. Natijada ularning qaddi-qomati, muskullari va sezgi organlari rivojlanadi, organizmining hayot faoliyati yanada yaxshilanadi. O‘yinda bolaning irodasi, o‘z harakatlarini o‘yin qoidasiga bo‘ysundira-olish ko‘nikmasi o‘sadi, u o‘zini qo‘pol hatti-harakatlar qilishdan tiyadi, zarur bo‘lganda chaqqon harakat qilishga o‘rganadi, oqibatda unda jismoniy sifatlar tarkib topadi. O‘zbek xalq madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan o‘zbek xalq harakatli o‘yinlari jismoniy madaniyat, yosh avlodni tarbiyalash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda alohida o‘rin tutadi. O‘zbek xalq o‘yinlari tarixida birinchi marta milliy o‘yin namunalarining bayon etilishi, ulaming ta’rifi-tavsifi qomusiy allomalardan biri Mahmud Qoshg‘ariy qalamiga mansubdir. Harakatli o‘yinlar inson faoliyatini ta’minlovchi mazmunga egadir. Buni eng qadimgi ajdodlarimiz ham yaxshi bilishgan va kundalik turmushda ular bilan shug‘ullanishg amal qilishgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida milliy xalq oʻyinlari maktabgacha yoshdagi bolalarga oʻzgacha xushnudlik ulashadi, ularning kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi. Bolalar orasida qo‘llanaoladigan va bolalar zavq bilan o’ynaydigan o‘yinlar: 1.Arqon tortish. Bu o‘yin bolalarda tez harakat qilishni, chaqqonlikni, sabr-toqatlik bilan harakat qilishni tarbiyalaydi. O‘yin ko‘proq jamoa bo‘lib harakat qilish, chidamlilik malakalarini oshirishga yordam beradi. 2.Oq terakmi, ko‘k terak. O‘yin tez yugurishni, diqqatni, sezgirlikni rivojlantirishga yordam beradi. O‘yin bolalarni ahil bo‘lib harakat qilishga, tezda to‘g‘ri yo‘nalishni olishga o‘rgatadi. O‘yinni o‘ziga xos harakati tez yugurish va zanjjiri uzish. 3.Tapur-tupir qaldirg‘och. Katta yosh guruh bolalari uchun. O‘yin bolalarda sezgirlik, idrok qilish, eshitish va qabul qilish, chidamkorlik, kuch, tezkorlik, qayishqoqlikni rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinni o‘ziga xos harakati sekin va aniq yurishdir. 4.Echki bolalar. O‘rta yosh guruh bolalari uchun. O‘yin bolalarda diqqat, sezgirlik malakalarini tarbiyalaydi. O‘yin bolalarda chaqqonlik, tezlik, chidamlilik, koordinatsiya harakatlarini rivojlantiradi. О‘yinning asosiy harakati yugurish hisoblanadi. 5. Qidirib top kichik yosh guruh bolalari uchun. O‘yin bolalarda diqqat-e’tibomi, sezgirlik qobilyatlarini tarbiyalaydi. Bolalar bog‘chalarida bolalar turli yosh guruhlariga bo‘linib, ulari kichik, o‘rta va katta guhurlar deb aytishga odatlanilgan. Chunki bolalarning jismoniy holati, o‘sish darajasi, harakat malakalari va umuman, tana a’zolaridagi funksiyalar vazifalari tarbiya jarayonlarini belgilaydi. Shunga asosan, jismoniy tarbiyani tashkil qilishda guruhlardagi amaliy harakatlar bir-biridan tubdan farq qiladi. Kichik guruhda mazmuni va qoidasiga ko‘ra sodda bo‘lgan mazmunli va mazmunsiz harakatli o‘yinlar tashkil etiladi. Bu o‘yinlarda barcha bolalar bir xil rol yoki harakat topshirig‘ini tarbiyachining bevosita ishtirokida (barcha bolalar – qushchalar, tarbiyachi – ona qush bo‘ladi) bajaradilar. 3 yoshli bolalar asta-sekin yakka holda rollarni bajarishga o‘rgatib boriladi (barcha bolalar qushlar, bitta yoki ikkita bola avtomobil bo‘ladi). O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarzda ham, jamoa tarzda ham o‘tkazish mumkin Katta guruhda bolalar uchun harakatli o‘yinlar o‘z mazmuni, qoidalari, rollarning miqdori, topshirishni jamoa musobaqasiga joriy etishga ko‘ra murakkablashtiriladi. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari birmuncha murakkab harakatli o‘yinlar, shuningdek jamoa musobaqalaridan iborat jamoa o‘yinlarni, o‘yin estafetasi, sport o‘yinlarini o‘ynaydilar. Bularning hammasi chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikni rivojlanishi, harakat ko‘nikmalrining takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Milliy xalq oʻyinlari maktabgacha yoshdagi bolalarga oʻzgacha xushnudlik ulashadi, ularning kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi. U bolalarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanishida, kuchli, chaqqon, topqir, farosatli, mard insonlar boʻlib kamol topishida katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqil yurtimiz kelajagi buyuk bo‘lishi eng avvalo farzandalari salomatligiga bog‘liq sog‘lom yurt qudratli va boy bo‘ladi. O‘yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, ilgari hosil qilingan tasavvur, tushunchalar, mo‘ljal olish singari xususiyatlarni yana ham aniqlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi; o‘yinlar ijodiy tasavvurni, xotirani, fikrlashni, tafakkur faoliyatini yana ham rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib harakatli o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga xizmat qiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Xalq о‘yinlarida bolaning har tomonlama rivojlanishi, psixologik, bilish jarayonlari, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq - atvoriga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. O‘yin faoliyati tufayli bola nafaqat jismoniy balki ruhiy tomondan ham rivojlanadi. O‘yin tufayli bola baquvvat, sog‘lom, bo‘lib rivojlansa, o‘yin faoliyatini tabiat qo‘ynida tashkil etish esa bolaning estetik rivojlanishi, dunyoqarashini kengayishi, tabiatni his qilish, sezish kabilarni hisiyotlari rivojlantiradi. Maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida bolalarning harakat faoliyatini rivojlantirishning yoshga bog‘liq xususiyatlari o‘tkazilgan tajribalar orqali aniqlandi va nazariy jihatdan asoslab berildi. Maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida harakatli o‘yinlarni qo‘llash bolalarning harakat imkoniyatlarini, jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, ularning kichik maktab yoshi davriga o‘tish uchun tayyorgarligi sifatini oshiradi. Jismoniy madaniyatning komil insonnini jismoniy tarbiyalashlik muqaddas 
vazifalarini bajarishda barcha o’quv yurtlari ta’lim tizimidagi yosh avlodni
jismoniy baquvvat, chaqqon, irodali, vatanparvarlik ruxida tarbiyalab voyaga 
yetkazish uchun jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini O’zbekiston
Shuning uchun
bolalarda o’yin qobiliyatining o’sishi o’z-o’zicha yuzaga kelmaydi, balki 
kattalarning, tarbiyachilarning ta’siri natijasi atrof muhit bilan tanishish, sayrlar
uyushtirish, shaxslar aro munosabatlarning mohiyatini tuShuntirish va hokazolar 
natijasida amalga oshadi.Katta kishilar hayoti va faoliyatining o’rnini bosuvchi
narsalar ularni harakatini umulashgan holda ifodalashning moddiy tayanchi 
hisoblanadi. Shunday ekan, o’yin faoliyatida bola harakatini rivojlanishi o’yin
mazmuniga ko’proq bog’liqdir. CHunki bolaning hatti-harakati qanchalik ixcham 
va umulashgan bo’lsa, ular kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishda
Shunchalik yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning narsalarga va bir-birlariga 
munosabatini amalda bajarishaga o’tadi va Shuning uchun narsalar bilan harakat
qilishda kattalarning munosabatlarini to’g’ri ifodalashga intiladi. 
Har qanday o’yinning va o’yin faoliyatining diqqat markazida bola 
kattalarning faoliyati va o’zaro munosabatini, muomalasini o’ziga xos tarzda aks
ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. Shunga ko’ra o’yin ijtimoiy axamiyat kasb 
etib, bolada insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilagan qimmatli bilimlar,
amaliy ko’nikmalar, malakalar va odatlarni, xalqning ijodiy boyliklarini 
o’rganishga imkoniyat yaratiladi, oqibatda uni shaxslar aro muloqotlarning
mohiyatiga olib kiradi.O’yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, 
bolaning hulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda ham, maktabgacha yoshdagi bolalaryoshdagi bolalarda ham, yuqori sinf 
maktabgacha yoshdagi bolalarida ham o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini 
o’yinlar orqali ham tarkib toptirish munkin. CHunki biror maqsadga yo’naltirilgan
mashg’ulotga nisbatan milliy xalq o’yinlarida xulq ko’nikmalarni oldinroq va 
osonroq egallash mumkin.
Ayniqsa, bu omil maktabgacha yoshdagi bolalarda 
yosh davrining xususiyati sifatida o’zining yorqin ifodasini topadi. Katta
maktabgacha yoshdagi bolalarda o’z xulqini o’zi boshqarish ko’nikmasi o’yin faoliyatida ham boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zan ular ayrim
vaziyatlarda, masalan; musobaqa paytida o’yindagiga qaraganda yuqoriroq 
ko’rsatkichga erishishlari ham mumkin.
O’yin va o’yin faoliyati bolada o’z hulqini boshqarish ko’nikmalarini 
shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.Halq o’yinlari faoliyatida mazkur
jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvi sifatida emas, balki ana Shu tayanch 
narsalar to’g’risida fikrlash uchun xizmat qiladi, Shuningdek, tayanch nuqtasi
harakatining yaqqol narsalar bilan bog’liq jihatini aks ettiradi. Narsa bilan o’yin 
harakatlarining takomillaShuvi harakat shakli, xususiyati, bosqichi, u kabilarni
qisqartirish va umumlashtirish xisobiga amalga oshiriladi. O’yin harakatlarining 
qisqarishi va umumlaShuvi ularning aqliy ko’rinishidagi mantiqan izchil, shaklga
o’tishning asosini tashkil qiladi.
Yoshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon 
beradigan, maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy sifatlarini rivojlantirishga
qaratilgan bu muammoni umumta’lim maktab maktabgacha yoshdagi bolalari 
jismoniy madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga
bog’lab kelgan uzviylikda ko’rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda 
milliy xalq o’yinlarining roli katta ekanligini qayta-qayta ta’kidlab o’tmoqchimiz.
Shuning uchun xalqimizning asrlardan-asrlarga o’tib kelayotgan milliy o’yinlarini 
avaylab-asrab keyingi avlodga yetkazish yo’llarini izlash, ishlab chiqish va
hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.Milliy xalq o’yinlarini xalqimzning bir 
necha yillik madaniy boyliklari haqidagi tasavvurlarini ma’lum darajada
kengaytiradi, hozirgi hayotga singdirish yo’llarini boyitishga yordam beradi.
Milliy harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta’sirchan usullaridan 
bo’lib, maktabgacha yoshdagi bolalarda aqliy, ahloqiy va nafosat tarbiyasini 
birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun
bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning hatti-harakatlari kabi 
jihatlariga ham e’tibor berish zarur.Maktabgacha yoshdagi bolalaryoshdagi
jismoniy madaniyatini qiziqarli va foydali o’tkazish uchun biz tavsiya etayotgan 
ba’zi milliy o’yinlardan foydalanishda ham xuddi Shu xususiyatlarga e’tibor berish
kerak.Maktabgacha yoshdagi bolalar qadriyatlarga muhabbat uyg’otish, xalq 
an’analarini avaylab-asrashga o’rgatish ko’p jihatdn o’zbek xalq milliy
o’yinlpridan unumli foydalanib bilishga bog’liq. CHunki milliy o’yinlar orqali bola 
bir tomondan jismoniy bilimlarni egallasa, ikkinchi tomondan, jismoniy
madaniyaga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi.Maktabgacha yoshdagi 
bolalarning jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish masalalari ko’pgina
olimlar tomonidan
o’rganilgan. kabi xususiyatlarini o’rganish borasida talay ishlar qilindi.. Bir qancha olimlar
(20,34,36,54) o’z tadqiqotlarida xalq milliy harakatli o’yinlarida foydalanish 
haqida u yoki bu darajada fikr yuritganlar.Bolalar va o’smirlarning harakat
faolligini oshirishga yordam beradigan omillar: milliy harakatli o’yinlar, milliy 
mashqlar elementlari, bellaShuvlar va sport turlari, jismoniy tarbiyaning an’anaviy
vositalaridan foydalanish yo’llari ko’rsatilgan. 
So’nggi yillarda professor F.N.Nasriddinov boshchiligida bir guruh 
mutaxasisliklar, yosh tadqiqotchilar milliy o’yinlarni o’rganish, ularni xalq
o’rtasida ommalashtirish maqsadida bir qator ilmiy-amaliy ishlarni, nashrlarni 
amalga oshirishga muvaffaq bo’ldilar.
Bu sohada proffesor A.Q.Atoyevning ilmiy ishlarini ham aytib o’tish o’rinlidir. 
Uning xalq o’yinlaridan maktabda, oilada, darsdan tashqarida, jamoat joylarida
foydalanish haqidagi bolalarni tarbiyalashda chaqqonlik, epchillik darkor, kuch-
quvvat kabi xususiyatlarining takomili to’g’risidagi tadqiqotlari.

Yüklə 126,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin