Urganch ranch texnologiya universiteti


II.BOB.Milliy harakatli o`yinlar va ularning bola tarbiyasida tutgan o`rni



Yüklə 126,87 Kb.
səhifə4/8
tarix12.10.2023
ölçüsü126,87 Kb.
#154291
1   2   3   4   5   6   7   8
22-CHI MAVZU

II.BOB.Milliy harakatli o`yinlar va ularning bola tarbiyasida tutgan o`rni
II.1 Bolalar jismoniy tarbiyasida milliy harakatli o’yinlardan foydalanish
zaruriyatlari
Prezidentimiz Sh. Mirziyayev yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib, 
Shunday degan edi; “ yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng asosiy vazifadir”
Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda O’zbekiston pedagogik jamiyati tarbiyaning 
odatiy bo’lgan shakllari va usullarini izlab topish, o’sib borayotgan avlodda
mustahkam umuminsoniy ishonch va qarashlarini shakillantirish; shaxsda milliy 
madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish,avaylab asrash tuyg’ularini
o’stirishga diqqatiniqarratmog’imiz lozim. Yuqoridagi fikirlarga asoslanib, o’sib 
borayotgan avlodning tarbiya tizimida halq pedagogikasi tajribalari, jumladan,
milliy halq o’yinlari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy 
kuch deb hisoblash mumkin. Milliy harakatli o’yinlardan foydalanish jarayonida
boshlang’ich maktab maktabgacha yoshdagi bolalarining quyidagi o’ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olish kerak:
Kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari
tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida 
o’chmas iz qoldiradi.
kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga
qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo’ladilar. Buni bolalar yosh 
davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham o’z vaqtida
ta’kidlagan edi.Umuman bu yoshda bolalar juda ham harakatchanligi bilan ajralib 
turadi. Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga soluvchi
yurish-turish shakllarining to’g’riligini talab etadi.Bolalarning bu yoshida 
tormozlanish va qo’zg’alish jarayonlarini muvozanatligini yuzaga keltirishda
kattalar talabining tizimliligi va o’zini tuta bilishga odatlantirish katta rol o’ynaydi.
Milliy o’zbek o’yinlarini yoshlar, ayniqsa maktab maktabgacha yoshdagi 
bolalari sevib, maroq bilan o’ynamoqdalar. Bunday o’yinlar jismoniy tarbiya
darslaridagina emas, balki hovlilar va bog’, parklarda dam olish soatlarida 
o’ynaladi. Muhim sifatlarni rivojlantirishga mo’ljallangan umumiy rivojlantiruvchi
va maxsus mashqlarga doir bayon qilingan material ko’proq o’yin tarzida beriladi, 
lekin mashqlarni tuShuntirish va faol dam olish uchun qisqacha pauzalar bo’lgan
kichik dozada uzluksiz bajariladi. O’yin mashqlaridan keyin bo’shashtiradigan, 
asosiy vazifasidan biridir. Istiklol davrida, ayniqsa, sport va
jismoniy tarbiyaga e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Jismoniy tarbiya 
oldida jismoniy madaniyat va sportni xalqimizning hayotiga ko’proq singdirish;
yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashda jimoniy tarbiya va sportning barcha 
turli-tuman shakllaridan, jumladan, xalq an’analaridan keng foydalani,
insonlarning sog’ligini yaxshilash vaularni Ona Vatan mudofaasiga tayyorlash va 
Shu singari katta vazifalar turibdi. Xalqimizning milliy o’yinlari esa ana Shu
maqsadda keng qo’llanib kelinayotgan muhim jismoniy va sport vositalaridan 
biridir. Shuning uchun xalq milliy harakatli o’yinlariga e’tiborni kuchaytirish
zaruriyati yanada yaqqol ko’rinmoqda. (elementlari) ni saqlab qolishga va ulardn amaliy foliyatda foydalanishga imkoniyat yaratiladi. qadimgi mahalliy xalqlarimiz uchun an’anaviy milliy o’yinlar va milliy bellaShuvlar qachonlardir ular hayotining ajralmas bir qismi bo’lgan, ular
xalq marosimlarida, rasm-rusumlarda va urf-odatlarda mustaqil bir soha sifatida 
faoliyat ko’rsatib kelgan, mustahkam o’rin olgan jismoniy madaniyatning, rasm-
rusumlarida va mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mutahkam o’rin 
olgan. Jismoniy madaniyatning bunday o’ziga vositalar yordamida bobolarimiz
o’sib kelayotgan avlodda chaqqonlik, epchillik, kuchlilik va sabr-toqat kabi 
xususiyatlarni shakllantirganlar. Farzandlarini hayot qiyinchiliklariga vatabiatning
qiyinchiliklariga nisbatan bardoshli, baquvvat qilib tarbiyalaganlar.
Yosh avlodning jismoniy jihatdan to’kis sog’lom mehnatga va Vatanni 
himoya qiluvchi tarzida o’sishidan xalq ham, jamiyat ham manfaatdor. Buning
uchun maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy madaniyat bilan chuqur 
Shug’ullanishlari, turli milliy o’yinlardan foydalanish mahoratini egallashlari kerak
bo’ladi. Bu esa yosh avlod tarbiyasini yanada kuchaytirish, ularni o’z xalqi, 
mustaqil davlati vajamiyati oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g’oyat
muhim vazifalar bilan bog’liqdir. 
Bolalarda maktabda o’qiy boshlagan birinchi kundanoq mehnatga muhabbat,
ishchanlik, boshlagan ishini oxiriga yetkazish, sabotlilik xususiyatlarini 
shakllantirish imkoni yaratiladi. Bunda jismoniy madaniyatning barcha zamonaviy
vositalari bilan birga o’zbek xalq milliy o’yinlari juda qo’l keladi, chunki bu 
o’yinlar bolalarni jismoniy, ruhiy, ma’naviy jihatdan tarbiyalashning barcha
jihatlarini o’z ichiga ola biladi. Zero, millatning kelajagi bo’lgan yoshlarni 
sog’lom, yetuk va komil inson qilib tayyorlash mustaqil O’zbekistonimiz
keljagining zamini mustahkam bo’lishiga xizmat etadi. 
Milliy xalq o’yinlari va milliy sport turlari tarixiy taraqqiyot jarayonida jiddiy
o’zgargani, har bir iqtisodiy tuzum ularning mazmun va qoidalarida o’zining 
muayyan izini qoldirgani haqida yuqorida to’xtalgan edik.ba’zi o’yinlarning nomi
va qoidalari hozircha saqlanib qolgan. Ana Shunday o’yinlardan foydalanishda 
ularningbolalarga jismoniy ta’sirdan tashqari tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishini ham
nazardan soqit qilmaslik, ijodiy qo’llashni maqsadga muvofiqlashtirish kerak.
Masalan, “ Uloq” o’yini deganda odatda ot bilan o’ynaladigan, chavandozlar 
haqiqiy uloq uchun kurashadigan qadimiy ko’pkari o’yini tuShuniladi. Bolalarga
mo’ljallangan “Uloq” o’yini otsiz o’tkaziladi, o’yinchilar bir parcha echki terisi 
yopishtrilgan to’ldirma to’pni olish uchun kurashadilar. O’yin qoidalarining ba’zi
jihatlari kattalarnikiga o’xshab ketadi. Tezkorlik, chaqqonlik va kuchlilikni 
tarbiyalovchi bu o’yin katt tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, bunda bir-birini hurmt
qilish, samimiy munosabat, qo’pollik qilmaslikka katta e’tibor briladi.Xalq milliy 
harakatli o’yinlari bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda muhim rol
o’ynaydi. CHunki o’yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning qiziqishlarini 
oshiradi, ularga zavq bag’ishlaydi, ish qobiliyatlarining tezroq tiklanishini
ta’minlaydi. O’yinlar tufayli bolalar charchashni unutadilar, mashqlarni diqqat 
bilan bajarishga harakat qiladilar.Xalq milliy o’yinlarining barchasi bolalarning
organizmlariga yaxlit ta’sir o’tkazadi. Shuning uchun ham o’yinlarga umumiy 
jismoniy ta’sir ko’rsatuvchi sifatida qarash lozim. Bironta o’yin yo’qki, u ayrim
jismoniy sifatni rivojlantiruvchi vosita bo’lib hisoblanmasin. Masalan, “Do’ppi 
kiyishda kim g’olib?” milliy o’yinida faqat chaqqon bo’libgina qolmay, balki
epchil, sezgir bo’lishga ham da’vat etiladi.Jismoniy madaniyat tizimidagi barcha 
soha va bosqichlarning birdan-bir va yagona maqsadi-insonni to’g’ri yashashga
Maktabda maktabgacha yoshdagi bolalaryoshdagi bolalari jismoniy tarbiyasida
sog’lomlashtirish, ta’lim berish va tarbiya berish vazifalarini amalga oshirish 
ko’zda tutiladi. Xalq milliy o’yinlari orqali bu vazifalarni yaxlit holda bajarish
imkoniyatlari ko’proq ko’rinadi. 

Yüklə 126,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin