Urganch ranch texnologiya universiteti


Soglomlashtirish vazifalari



Yüklə 126,87 Kb.
səhifə5/8
tarix12.10.2023
ölçüsü126,87 Kb.
#154291
1   2   3   4   5   6   7   8
22-CHI MAVZU

1.Soglomlashtirish vazifalari. 
Maktabgacha yoshdagi bolalaryoshdagi
bolalari jismoniy tarbiyasining eng asosiy vazifasi bola hayotini muhofaza qilish 
va uning sog’ligini mustahkamlash, uning organizmini chiniqtirish yo’li bilan 
o’zini himoya qilish va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirish, tashqi
muhitning noqulay sharoitlariga bardosh berishga o’rgatishdan iborat.
Bulardan tashqari bolalarda har qanday ishga layoqatlilik xususiyatini 
oshirish juda muhim ahmiyatga ega. Bola organizmining rivojlanishi o’ziga xos
xususiyatga ega bo’lgani sababli, uning vazifalariancha aniqroq shaklda 
ifodalanadi: bola suyagining behato va o’z vaqtida qotishiga, orqa umurtqadagi
egik joylarning shakllanishiga, tovon yuzasining yaxshi rivojlanishiga, pay bo’g’in 
aparatlarini pishitishga yordam ko’rsataliladi (o’yinlar); gavda qisimlarining o’zaro
to’g’ri rivojlanishiga imkon yaratiladi (o’yinlar); barcha mushak guruhlari 
rivojlantiradi.Shuningdek, yurak qon tomir tizimi faoliyatini takomillashtirishga
imkon yaratish lozim: qonning yurakka qarab oqishini kuchaytirish, yurakning bir 
me’yorda ishlashini yaxshilash va uning kutilmaganda o’zgargan yuklamaga
moslashish layoqatini rivojlantirish; ko’krak qafasi harakatchanligini kuchaytirish, 
chuqur-chuqur nafas olish va bu faoliyatining uzoq vaqt turg’un bo’lishini
ta’minlash, o’pkaning hayotiy sig’imini kegaytirish, burun bilan nafas olishni 
yaxshilash, ichki a’zolarning to’g’ri ishlashini ta’minlash, markaziy asab tizimini
takomillashtirish; hayojonlanish va tormizlanish holatlarining harakatchanligini bir 
me’yorda bo’lishini ta’minlash, Shuningdek, harakatlantiruvchi analizatorni va his
tuyg’u organlarni kamolotga yetkazish lozim. 
2.Ta’lim berish vazifalari. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan milliy xalq 
o’yinlarini o’tkazish jarayonida ta’lim berish vazifalarini bajarish ham muhim
ahamiyatga ega. Bu vazifalar: harakat malakalari va layoqatlarini shakllantirish, 
jismoniy fazilatlar (chaqqonlik, tezlik, qayishqoqlik, muvozanatni saqlash,
epchillik, baquvvatlik, chidamlilik) ni rivojlantirish, gavdani to’g’ri tutishni, 
jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o’zlashtirishdan iborat.
Mana shu jihatdan 
bolaning aynan Shu xususiyatlarni rivojlantiruvchi milliy xalq o’yinlaridan
foydalanish tarbiyada ko’zlangan maqsadga yetish imkonini tezlashtiradi.Jismoniy 
rivojlanishning jadalligi skletning tez o’sishi, umurtqa pog’onasini bukikligining
shakllanishi, yurak, tomir tizimining rivojlanish xususiyatlari va boshqalar 
bolaning oqilona tashkil etilgan va butun hayot rejimini talab etadi. Turli
yoshdagi har xil jinsdagi bolalar ruhiyatining rivojlanishi, o’zgarishlari, ularning 
ahloqiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar, shart-
sharoitlarni bilish, ulardan unumli foydalanish xozirgi kunlarda o’qituvchilar, 
jismoniy madaniyat mutaxassislari uchun nihoyatda zarur bo’lib qoldi.Har bir
o’quvchi yosh davrining ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy 
madaniyat darslarini olib borish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar ongiga,
ruhiga ta’sir o’tkazish o’z vaqtida o’z-o’zini anglashni vujudga keltiradi. Bolada 
o’zini anglash tuyg’usi qancha erta uyg’onsa, shaxsiy nuqtai nazar, o’z huquqini
his etish, o’zining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo 
bo’ladi.Boladagi e’tiqod, muomala, muloqot, mustaqil xulq -atvorni shakllantirish,
ulardagi tashabbuskorlik hamda to’siqlarni yengishga intilishni jismoniy 
madaniyatda milliy xalq o’yinlari orqali xam tarbiyalash mumkin, bunda ularga
yosh psixalogiyasi xussiyatlaridan kelib chiqqan holda ruhiy turtki berish 
maqsadga muvofiqdir.

O’zbek milliy xalq harakatli o’yinlarining bolalarning ruhiy jihatdan kamol


toptirishda ahamiyati ulkan. Umuman, o’yinlarning ahamiyati haqida ko’pchilik 
ruhshunoslar va pedagoklar qimmatli fikrlarni aytib ta’kidlab o’tishgani ma’lum
).O’yinlar bolalar uchun voqe’likni aks
ettirish vositasidir. Bu voqe’lik bolani qurshab turgan voqe’likdan ancha 
qiziqarlidir.
a’zolari turmushining tobora to’g’ri aks ettirishida ko’rinadi. Shuning uchun 
bolalarda o’yin qobiliyatining o’sishi o’z-o’zicha yuzaga kelmaydi, balki
kattalarning, tarbiyachilarning ta’siri natijasi atrof muhit bilan tanishish, sayrlar 
uyushtirish, shaxslar aro munosabatlarning mohiyatini tuShuntirish va hokazolar
natijasida amalga oshadi.Katta kishilar hayoti va faoliyatining o’rnini bosuvchi 
narsalar ularni harakatini umulashgan holda ifodalashning moddiy tayanchi
hisoblanadi. Shunday ekan, o’yin faoliyatida bola harakatini rivojlanishi o’yin 
mazmuniga ko’proq bog’liqdir. CHunki bolaning hatti-harakati qanchalik ixcham
va umulashgan bo’lsa, ular kattalarning faoliyati mazmunini aks ettirishda 
Shunchalik yiroqlashadi. Binobarin, u odamlarning narsalarga va bir-birlariga
munosabatini amalda bajarishaga o’tadi va Shuning uchun narsalar bilan harakat 
qilishda kattalarning munosabatlarini to’g’ri ifodalashga intiladi.
Har qanday o’yinning va o’yin faoliyatining diqqat markazida bola
kattalarning faoliyati va o’zaro munosabatini, muomalasini o’ziga xos tarzda aks 
ettirishi, takrorlashi imkoniyati turadi. Shunga ko’ra o’yin ijtimoiy axamiyat kasb
etib, bolada insoniyat tomonidan asrlar davomida yaratilagan qimmatli bilimlar, 
amaliy ko’nikmalar, malakalar va odatlarni, xalqning ijodiy boyliklarini
o’rganishga imkoniyat yaratiladi, oqibatda uni shaxslar aro muloqotlarning 
mohiyatiga olib kiradi.O’yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay,
bolaning hulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarda ham, maktabgacha yoshdagi bolalaryoshdagi bolalarda ham, yuqori sinf
maktabgacha yoshdagi bolalarida ham o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini 
o’yinlar orqali ham tarkib toptirish munkin. CHunki biror maqsadga yo’naltirilgan
mashg’ulotga nisbatan milliy xalq o’yinlarida xulq ko’nikmalarni oldinroq va 
osonroq egallash mumkin.
Ayniqsa, bu omil maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining xususiyati 
sifatida o’zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda
o’z xulqini o’zi boshqarish ko’nikmasi o’yin faoliyatida ham boshqa sharoitlarda 
ham qariyb baravarlashadi. Ba’zan ular ayrim vaziyatlarda, masalan; musobaqa
paytida o’yindagiga qaraganda yuqoriroq ko’rsatkichga erishishlari ham mumkin. 
O’yin va o’yin faoliyati bolada o’z hulqini boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish 
uchun muhim ahamiyat kasb etadi.Halq o’yinlari faoliyatida mazkur jismlar
qandaydir alomatlarni aks ettiruvi sifatida emas, balki ana Shu tayanch narsalar 
to’g’risida fikrlash uchun xizmat qiladi, Shuningdek, tayanch nuqtasi harakatining
yaqqol narsalar bilan bog’liq jihatini aks ettiradi. Narsa bilan o’yin harakatlarining 
takomillaShuvi harakat shakli, xususiyati, bosqichi, u kabilarni qisqartirish va
umumlashtirish xisobiga amalga oshiriladi. O’yin harakatlarining qisqarishi va 
umumlaShuvi ularning aqliy ko’rinishidagi mantiqan izchil, shaklga o’tishning
asosini tashkil 
qiladi.
Asab tizimining qayishqoqligi tufayli bolalarda 
harakat malakalari kattalarga nisbatan osonroq shakllanadi. Bu malakalarning
ko’pchiligi (yurish, yugurish, sakrash) dan bolalar kundalik hayotda 
harakatlanuvchi vositalar sifatida foydalanadilar. Harakat malakalari bolaning
atrof-muxit bilan muloqot qilishini yengillashtiradi va uni idrok qilishiga 
ko’maklashadi.Tanlab olingan xalq milliy o’yinlarini to’g’ri bajarish bola
mushaklari, paylari, bo’g’imlari, suyuk tizimining rivojlanishiga samarali ta’sir 
ko’rsatadi. Puxta shakllantirilgan harakat malakalarini amalda qo’llash bilan,
o’yinlarni bajarish chog’ida bola kuchini tejashda va uning etiborini o’yin faoliyati 
paytida tasodifan sodir bo’luvchi turli-tuman vazifalarni idrok qilishga imkon
yaratadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalaryoshdagi bolalariga jismoniy madaniyat
bilan bevosita bog’liq bo’lgan bilimlar (o’yinlarning foydali tomoni, jismoniy 
mashg’ulotlarning axamiyati va texnikaviy ijrosi, ularni bajarish usullari, xalq
milliy o’yinlarning qoidalari va boshqalar) xaqida ma’lumot berish katta 
ahamiyatga ega.Maktabgacha yoshdagi bolalar olgan bilim qancha chuqur bo’lsa,
ular xalq o’yinlaridan Shuncha oqilona foydalanishlari, o’yinlar bilan Shuncha 
samarali Shug’ullanishlari hamda maktab va oila muhitida jismoniy madaniyat
qurollarini mustaqil ishlata bilishlari mumkin. 

Yüklə 126,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin