40
1.3.2. Materiallarni mikroskopik tahlil uchun tayyorlash
Mikroskopik tekshirishlarni o‘tkazishda o‘tuvchi yorug‘likda
immersion
preparatlar, yoki materialning shaffof shliflari, aks ettirilgan yorug‘likdagi
tekshirishlarda – yaltiratilgan shliflar qo‘llanadi.
Juda kam miqdordagi modda mikroskopik
tahlili qilinadi, ammo tahlil natijalari
uning katta partiyalarini ob’yektiv tavsiflashi kerak. Shuning
uchun tahlil uchun
probani tanlash o‘rtacha probani tanlashning barcha qoidalariga sinchiklab rioya
qilinishi kerak bo‘lgan muhim operatsiya hisoblanadi.
Immersion preparatlarni tayyorlash. Materialning 100g gacha og‘irlikdagi
o‘rtacha probasi cho‘yan havonchada 2-3 mm o‘lchamidagi donalargacha
maydalanadi, shundan so‘ng 0.5g atrofidagi modda olinadi
va u agat havonchada
maydalanadi (75 j/s dan kam o‘lchamdagi zarralargacha). Yirikroq donalar holida
qoplama shisha qiyaligi shunchalik katta bo‘lishi
mumkinki, tekshirishda kuchli
ob’yektivlarni qo‘llash mumkin bo‘lmaydi.
Toza predmet shisha markaziga 10-12 mg kukun (pichoq uchida)
joylashtiriladi va 0.3-1.0 sm
2
maydonga ega qoplama shisha bilan yopiladi. Qoplama
shishada barmoq izlari qolmasligi uchun, uni chetlaridan ushlash kerak. Qoplama
shisha tagiga tez oqib ketadigan va kukunini bir tekis ho‘llaydigan immersion
suyuqlik tomchisi quyiladi. Qoplama shisha atrofida ortiqcha suyuqlik kuzatilsa u
filtrlash qog‘ozi bilan tortib olinadi. Suyuqlikdagi kukunning bir tekis
taqsimlanishi
uchun qoplama oyna ehtiyotkorlik bilan 1-2 mm.ga turli yo‘nalishlarda siljitiladi.
Boglovchi moddalarning gidratatsiya jarayonini tekshirishda preparatlar
o‘xshash usulda tayyorlanadi, faqat immersion suyuqlik o‘rniga distillangan suvdan
foydalaniladi.
Preparatni qurib qolishdan saqlash uchun qoplama shisha chetlari eritilgan
Mendeleyev
surtma moyi bilan qoplanadi, bunda uning predmet shishasiga zich
yopishishiga harakat qilinadi. Surkov
sifatida oddiy plastilinni, shuningdek, 5-6 qavat
qilib surtiladigan BF turidagi yelimni qo‘llash mumkin. Predmet shishasiga preparat
raqami va uni tayyorlash sanasi yozilgan qog‘oz yorliq yopishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: