41
Qattiq jismlar probalarining shilish va silliqlash ishchi qismi 800-900 ayl/min
tezligi bilan aylanuvchi, diametri 200-300 mm bo‘lgan po‘lat yoki cho‘yan diskdan
iborat silliqlash stanogida amalga oshiriladi.
Stanok ikki diskka ega bo‘lishi kerak:
bittasi yirik kukunlar bilan, ikkinchisi
mayda kukunlar bilan ishlash uchun. Silliqlangan namunani kodlash diametri 150
mm bo‘lgan va 550 ayl/min aylanuvchi diskka ega yaltiratuvchi stanokda amalga
oshiriladi. Shliflarni kerakli qalinlikkacha so‘nggi yetkazish o‘lchami 20 x 20 mm va
qalinligi 15 mm bo‘lgan yassi oynalarda qo‘lda bajariladi. Abraziv material sifatida
donlarining o‘lchami 5-200 mk bo‘lgan korund kukunidan foydalaniladi. Silliqlash
kukun raqami korundning mk dagi maksimal o‘lchamiga muvofiq kelishi yekrak.
Korund yirikligi klasslarining belgilanishi uning suspenziyadagi cho‘kish vaqtiga
(min) to‘g‘ri keladi.
Shliflarni yaltiratish uchun xrom oksidi qo‘llanadi. Pixtali balzam sintetik
mahsulot hisoblanadi, uning yorug‘ligi sinishi 1,53 ni tashkil etadi.
Shlifni tayyorlash quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi. Material bo‘lagida
tekis yuza hosil qilishi uchun uni shilish M-60; M-200 abrazivlari yordamida
silliqlash stanogining chqyan diskida amalga oshiriladi. Silliqlash kukunlaridan pasta
sifatida faydalaniladi, bu pasta kukunni suyuqlik bilan aralashtirish yo‘li
orqali
tayyorlanadi. Agar material suv bilan o‘zaro ta’sirlanmasa, u holda organik
suyuqliklar qo‘llaniladi: suvsizlantirilgan kerosin, benzin, spirt, benzol, toluol, ksilol,
turli moylar. Keyin hosil bo‘lgan tekislik M20, M28 abrazivlarning cho‘yan diskida
silliqlanadi va keyin M14, M10, M7 yoki M5 abrazivlari bilan ketma-ket shisha
plastinada qo‘l bilan bajariladigan mikro silliqlash amalga oshiriladi. Shundan so‘ng
plastina spirt, benzin va shu
kabilarda yaxshilab yuviladi, havoda, keyin esa, spirtli
yondirgich alangasida yoki elektr plitasida ehtiyotkorlik bilan qizdirish yo‘li bilan
quritiladi. Shuningdek, predmet oynasi ham avval tozalab yuviladi va quriguncha
artiladi. Predmet shishasi va namuna elektr plitasida 60-80
0
S gacha qizdiriladi,
oynaga Kanada (yoki pixtali) balzam tomchisi tomiziladi va unga silliqlangan tomoni
bilan namuna zich yopishtiriladi. Oyna va namunaning yuzasi orasida havo
pufakchalari qolmaganligini kuzatib turish kerak, chunki namuna keyingi
silliqlanganda plastinaning ko‘chib ketishiga olib kelishi mumkin. 20-30
min dan
keyin balzam qotadi va namunani boshqa tomonidan silliqlashni boshlash mumkin.
42
Preparatni predmet shishasi tomonidan olinadi va M200 abrazivi bilan cho‘yan
diskda namunani qo‘pol silliqlash (shilish) amalga oshiriladi. Bu operatsiyaning
maqsadi-plastinaning qalinligini 0.3-0.5 mm gacha yetkazish. Keyin yuzasi spirt,
benzin va sh.k. bilan yuviladi va sement klinker minerallari uchun 0.02-0.03 mm
bo‘lgan shaffof shlifning normal qalinligigacha M20, M10, M7 abrazivlari bilan
shishada qo‘l bilan silliqlanadi.Shlifning talab etilayotgan qalinligida qutblangan
yorug‘likdagi minerallar rangi jadvalda ko‘rsatilganidek (och kulrang), o‘lif
yo‘g‘onroq bo‘lganda esa – u rangliroqdir. Shlifning talab etilayotgan yo‘g‘onligiga
erishilganda, uni ehtiyotkorlik bilan, ammo yaxshilab inert suyuqlik muhitida abraziv
kukun qoldiqlaridan cho‘tka bilan
tozalanadi, keyin havoda quritib, ozgina
qizdiriladi. Qizdirilgan silliqlangan yuzaga unchalik quyuq bo‘lmagan
balzam
tomchisi tushiriladi va yuzasiga toza qoplamali shisha zich yopishtiriladi. Havoda
quritilganidan keyin shishalarning yuzasidan britva yordamida ortiqcha balzam qirib
olinadi va spirtda yuviladi. Shuni nazarda tutish kerakki, shliflarni malakali
tayyorlashda ham ularning quyidagi nuqsonlari bo‘lishi mumkin: material
qatlamining bir xil bo‘lmagan qalinligi (markazda yo‘g‘onroq va chetlarida
yupqaroq), shlifning tekis bo‘lmagan yuzasi – tirnalgan joy, ariqchalarning bo‘lishi,
shuningdek, abraziv kukunlar ortiqcha donalarining mavjudligi. Juda ham g‘ovak,
kam mustahkam bo‘lgan materiallar silliqlanganda qisman yemirilishga duchor
qilinadi: shlif qatlamidan qattiq donalar va kristallar maydalanadi, zaif uchastkalar
deformatsiyalanadi va sh.k. Buning uchun bunday materiallarning
namunalari
ulardan shliflarni tayyorlashdan oldin kanifol, Kanada balzami yoki oltingugurtda bir
yoki ko‘p marotaba provarka qilish yo‘li bilan mustahkamlanadi. Buning uchun
chinni (farfor) tigelga konifol yoki balzam joylanadi, o‘z miqdorda atseton qo‘shiladi
va aralashma bir turdagi eritmani hosil qilishi uchun qumda qizdiriladi. Eritmaga
namuna tushiriladi va 100
0
S atrofidagi haroratda 60 min davomida qaynatiladi.
Eritma namunaga singiydi
va namuna eritmadan olinib, havoda soviganidan keyin
sezilarli darajada mustahkamlanadi. Qaynatish-singdirish operatsiyasi bir necha
marta amalga oshirilishi mumkin: shlifni tayyorlashdan oldin, shilishdan so‘ng.
Qizdirilishda o‘z tarkibi va tuzilishini o‘zgartiruvchi
materiallardan shliflarni
tayyorlashda ularning yuqori haroratlargacha qizdirish bilan bog‘liq bo‘lgan
operatsiyalarni istisno etish zarur. Natijada bunday materiallar uchun qaynatish
namunalarga 1-2 soat davomida 50
0
S dan past haroratda kanifolning artoksilildagi
43
eritmasini singdirish vositasida amalga oshiriladigan “sovuq sementlash” bilan
almashtiriladi. Namuna predmet shishasiga yopishtirilganda shlif boshqa tomonini
qoplamali shisha bilan yopishda plastina ham, shlif ham qizdirilmaydi, faqat balzam
50-60
0
S haroratgacha qizdiriladi, namunani silliqlash uni qizib ketishining oldini
olish uchun tanaffuslar bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: