52
Elektronlarning to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash uchun trubkada 10
-6
-10
-8
mm sim. ust. tartibidagi vakuum ta’minlaydi. Elektronlarga yuklanadigan kuchlanish
elektronlarning antikatod tomon harakatlanishining kerakli tizimini ta’minlaydi.
Elektronlarning anodga urilishidagi tezligiga va anod moddasiga rentgen nurlarining
xossalari bog‘liqdir.
Rentgen nurlarining tabiati, ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik nurlarining tabiatiga
o‘xshash, ammo keyingisidan farqli ravishda rentgen nurlarining uzunligi ancha qisqa
va yumshoq nurlar uchun 0.6-6Å, qattiq nurlar uchun -0.6-0.06Å ni tashkil etadi.
Anoddan keladigan rentgen nurlarining oqimi (“oq” rentgen yorug‘ligi) turli
uzunlikdagi to‘lqinlar nurlanishlaridan iborat (shu
jumladan, faqat muayyan
uzunlikdagi to‘lqinlar bilan xarakterli nurlanishdir). Trubka anodida elektronlarning
to‘xtashi natijasida hosil bo‘ladigan “oq” rentgen yorug‘ligi antikatodning har qanday
materialida hosil bo‘ladigan va plyonkaning yaxlit qorayishini keltirib
chiqaruvchi
yaxlit spektrni hosil qiladi. Anod atomlaridagi energetik o‘zgarishlar natijasida
xarakterli nurlanish alohida liniyalar bilan chiziqsimon spektrni beradi va antikatod
materialining kristall panjarasining qurilish va hamda berilgan kuchlanish kattaligi
bilan bog‘liq. Katod nurlar elektronlari o‘z energiyasining bir qismini antikatod
materialining
atomlariga beradi, shunga bog‘liq holda keyingilar elektronlari atom
yadrosidan ancha uzoqda bo‘lgan orbitalarga “sakrab o‘tadi”, orbitadan orbitaga
elektronlarning bu o‘tishida avval yutilgan energiya monoxromatik nurlanish
ko‘rinishida ajraladi. Hosil bo‘lgan rentgen nurlanishi elektronlarning bitta orbitadan
boshqasiga o‘tishini aks ettiruvchi faqat bir qancha chiziqlarning mavjudligi bilan
tavsiflanadi va uning xarakterli spektrini yuzaga keltiradi. Monoxromatik rentgen
nurlanishini olish uchun trubka antikatodi
molibden, rodiy, temir, mis, xrom, nikel,
kobaltdan tayyorlanadi, “oq” rentgen nurlanishini olish uchun – platina, volfram,
iridiydan tayyorlanadi. Turli birikmalarning kristall panjaralarida tekisliklararo
masofalarni hisoblash Vulf-Bregg formulasi bo‘yicha amalga oshiriladi, kristall
parallel joylashgan va chegaralarida moddaning barcha atomlari joylashgan, bir-
biridan teng uzoqlashgan tekisliklar summasidan iborat. Bu turdagi parallel
tekisliklar
kristall ichida turli yo‘nalishlarda o‘tadi va bu yo‘nalishlarning har birida kristall
xossalari o‘zgaradi (antizotropiya xossasi); xususan, parallel tekisliklar orasidagi
masofa ham o‘zgaradi (tekisliklararo masofa d).
53
λ uzunligiga ega monoxromatik rentgen nurlarining tarami kristallning parallel
atom tekisliklari qatoriga 0 burchagi ostida tushib, shu burchak ostida ulardan aks
ettiriladi. Tekisliklarning bu qatoridan aks ettirilgan nurlar bitta fazada bo‘ladi va
agar tartibi bo‘yicha u yoki boshqa tekisliyelar tomonidan ular yurishning
turliligi
to‘lqinlarning butun soniga teng bo‘lgan holda ular bir-birini kuchaytiradir (X
λ
p, bu
yerda: p-butun sonlar-1.2.3 va h. da aks ettirish tartibi). Ikki qo‘shni tekisliklardan
aks
ettirilgan nurlar yurishining turliligiga 2 (d·sinθ) ga teng. Demak, interferensiyali
nurlar tarami quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: