Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Nurlanishning ionlashgan qayd qilinishi bilan boruvchi



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

1.5.4. Nurlanishning ionlashgan qayd qilinishi bilan boruvchi 
rentgenstrukturaviy tahlil usuli 
Keyingi yillarda tekshirishlar amaliyotida rentgenstrukturaviy tahlilda 
nurlanish jadvalligini qayd qilishning ionlashgan usuli katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Bu usuldan foydalanishda qaytarilgan nurlarni qayd qilish Geyger – Myuller 
hisoblagichlari yordamida URS – 50 I, URS – 50 IM rentgen apparatlari va Dron–1 
ssintillyatsiyali apparatda amalga oshiriladi. Bu usulning ayrim minerallarga nisbatan 
yuqori sezgirligi va tahlil vaqtining ancha qisqarishi ushbu usulning katta afzalligidir. 
Asbestotsement ITI ning fizik-kimyoviy laboratoriyasining ma’lumotlari bo‘yicha 
aylanayotgan namunaning suratga olinishi bilan qaytarilgan rentgen nurlarini 


55 
ionlashgan qayd qilish usulining qo‘llanishi va suratga olish tartibining to‘g‘ri 
tanlanishi u yoki bu mineralning 2-3% miqdorida klinkerda bo‘lishida uning 
mavjudligini aniqlash imkonini beradi. 
Ma’lum va doimiy tekisliklararo masofalarga fazalar tekshirilishi kerak 
bo‘lganda ionlashtirish usuli ayniqsa katta afzalliklarga ega. Bu holda tahlil vaqti 
faqat 1-2 min ni tashkil etishi mumkin, bu mahsulotning fazali tahlilini ishlab 
chiqarishda oqimda amalga oshirish uchun ushbu usul istiqbolidir. Muayyan va juda 
o‘tkir burchaklar ostida olingan rentgenogrammalar uchastkalari bilan ishlaganda 
ularning rasshifrovka qilinishi (ochib yozilishi) kerakli mineralning ma’lum 
miqdorini o‘z ichiga olgan aralashmalarning rentgenografik tekshiruvlari asosiga 
qurilgan darajalash egri chiziqlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tekshirilayotgan material №006–son elagidan to‘liq o‘tish darajasigacha 
maydalanadi, shundan so‘ng xalqasining diametri 20-25 mm va chuqurligi 3 mm 
gacha diametrga ega bo‘lgan organik shishadan yasalgan tutqichga to‘ldiriladi. 
To‘ldirish qatlam ketidan qatlam, asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi, bunda har bir 
qatlami absolutlashgan spritning bir necha tomchilari bilan namlanadi. Qatlamlarni 
zichlash maxsus kurakcha bilan amalga oshiriladi. Chetlarigacha to‘ldirilgan 
kyuvetaning yuzasidan ortiqcha kukun o‘tkir tig‘li pichoq bilan shunday olinadiki 
namunaning yuzasi silliq bo‘lib qolishi kerak, chunki bunga tajribaning aniqligi 
bog‘liq. Material bilan to‘ldirilgan kyuveta goniometrning preparat tutqichga 
o‘rnatiladi va keyin apparat ishlashining u yoki bu rejimida rentgenogrammaning 
yozib olinishi amalga oshiriladi. Ishonchli ma’lumotlarni olish uchun ikkita rentgen 
grammani suratga olish va ularni solishtirish bilan kyuvetaga kukunini ikki marotaba 
qayta to‘ldirish olib boriladi. 


56 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin