1.6. Spektral tahlil 1.6.1. Emission spektral tahlil Ushbu usul boglovchi materiallar kimyosida ularning kimyoviy tarkibini
ekspress aniqlash uchun ishlatiladi. U har qanday manbaa bilan chiqadigan nurlanish
spektrini tahlil qilishga asoslangan. Emission spektral tahlil quyidagi ketma –
ketlikda bajariladi:
1)
tadqiq etilayotgan modda yuqori harorat (6000
o
gacha) ta’sir etish
sharoitlarida gazsimon yoki bug‘simon holatga o‘tkaziladi;
2)
bug‘ yoki gazni tashkil etuvchi ion va atomlar kuchli elektr zaradining ta’siri
ostida qo‘zg‘aladi va yorug‘lik kvantlari hosil qiladi;
3)
turli uzunlikdagi to‘qimalardan iborat yuzaga kelgan nur (yorug‘lik)
spektrga yoyiladi;
4)
spektr fotosuratga olinadi;
5)
spektr rasshifrovka qilinadi va moddaning elementli kimyoviy tarkibi
hisoblab chiqiladi.
Nurlanishning qo‘zg‘alish jarayoni quyidagilardan iborat. Elektr zarad ta’sirida
bug‘ va gazning tashkil etuvchi bo‘sh ion va atomlari tez harakatlanadi, bir-biriga
uriladi, natijada atomlarning tashqi qobig‘idan valent elektronlar orbitaga yaqin
bo‘lgan yadrosiga o‘tadi, keyin esa, taxminan 10
8
sekunddan keyin tashqi qobiqqa
qaytadi, bunda yorug‘lik energiyasining kvantini ajratadi. Atomga urilganda qancha
ko‘p energiya berilsa, unda yadroga yaqin bo‘lgan orbitaga elektronlar o‘tadi. Har bir
shunday orbitadan ichkilaridan biriga va teskariga elektronlarning o‘tishi aniq to‘lqin
uzunligi yorug‘ligining nurlanishi bilan kuzatiladi, bunda elementning umumiy
spektrida bitta chiziqni beradi. Barcha bunday chiziqlar yigindisi elementning chiziqli
spektrini beradi.
Har bir element o‘ziga xos xususiyatga ega chiziqli spektrga ega. Ushbu spektr
valent elektronlar elementga qancha ko‘p ega bo‘lsa, shuncha murakkab hisoblanadi.
Ko‘p chiziqli murakkab spektrlar, masalan temir, marganes, xrom va boshqalarga
mansub, aksincha bir valentli natriy va kaliy ko‘p bo‘lmagan chiziqlar soni bilan
oddiy spektrlarga ega. Bir nechta elementlardan tarkib topgan modda spektri liniyali
hisoblanadi va uning tarkibiga kirgan barcha elementlar spektrining majmuidan
iborat. Bunday spektrdagi turli chiziqlar holati va sonining tahlili moddaning sifatli
elementar kimyoviy tarkibini aniqlashning asosi hisoblanadi.
59
Ayrim belgilangan spektral chiziqlar intensivligini mos keluvchi etalon
materiallardagi shunday spektral chiziqlar intensivligiga taqqoslash bilan miqdoriy
elementlar kimyoviy tahlilini o‘tkazish mumkin.