Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Alangali fotometriya usuli



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

1.6.2. Alangali fotometriya usuli 
Alangali fotometriya emission spektral tahlilning bir turi hisoblanadi. Ionlar va 
atomlarning yorug‘lik sochilishini qo‘zg‘atuvchi, bu holatda, yuqori haroratli alancha 
hisoblanadi. Tahlilni o‘tkazish ketma-ketligi quyidagicha: 1) tadqiq qilinayotgan 
modda eritma holatiga o‘tkaziladi va maxsus purkagich yordamida alangaga aerozol 
ko‘rinishida yuboriladi; 2) yuqori harorat sharoitlarida tez harakat qiladigan ionlar va 
atomlarning o‘zaro zarbalari natijasida ularning yorug‘lik sochilishi yuzaga keladi;
3) yorug‘lik filtrlar yordamida yuzaga keladigan nurlanishlardan izlanayotgan 
elementning nurlanishi monoxromatik nurlanishga ajraladi; 4) monoxromatik 
nurlanish fotoelementlar va galvonometrlar yordamida qayd etiladi. Alangali 
fotometrning prinsipial sxemasi 1.16-rasmda ko‘rsatilgan. Tahlil qilinayotgan ishqor 
2 purkagich 3 yordamida gorelka 7 lampasiga 12 aerozol ko‘rinishida beriladi. 
Alanganing nurlanishi botiq oyna bilan yihiladi va fotoelementda yuzaga keladigan 
fototok kuchayadi va galvonometr bilan o‘lchanadi. 
 
 
1.16-rasm. Yorug‘lik fotometrining prinsipial sxemasi: 
1-kompressor; 2-tahlil qilinayotgan eritma; 3-purkagich; 4-gaz quvurdagi yelpig‘ich; 5-havo 
quvurdagi manometr; 6-gaz bosimini sozlagich; 7-gorelka; 8-aks etuvchi oyna; 9-linza;
10-yorug‘lik filtri; 11-fotoelement; 12- kuchaytirgich; 13-galvanometr. 


60 
Alanga atsetilin, vodorod, yonadigan gaz va boshqalarni yoqish natijasida 
olinadi. Alanga harorati 2500
o
S dan oshmaydi, natijada alanga fotometriya usuli 
bilan past qo‘zg‘atish potensialiga ega bo‘lgan elementlar aniqlanadi. Bu asosan 
ishqorli va ishkorli yer elementlar: litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy, magniy, kalsiy, 
stronsiy, bariy, marganes. Hosil bo‘lgan spektrlar juda oddiy. Aniqlanayotgan 
elementning monoxromatik nurlanishli modda bilan nurlanishdan alangani ajratish 
uchun yorug‘lik filtri, shuningdek, monoxromatorli spektral asboblar (UM-2, SF-4 va 
boshqalar) qo‘llaniladi.

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin