Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini


λ = 2d · sin θ 
bu yerda: n – aks ettirilish tartibi (butun son: 1, 2,3...n); 
λ – rentgen nurlari, A yoki 
k
X*; d – tekisliklararo masofa, A yoki 
k
X ; 
θ – tushuvchi rentgen nurlari taramining 
yo‘nalishi va aks etiruvchi tekisliklar o‘rtasidagi burchak, grad. 
1.5.2.Rentgen uskunalari 
Rentgen apparati quyidagi asosiy bog‘lamlardan iborat: rentgen trubkasi, 
rentgen kamerasi yoki hisoblagichli goniometr, yuqori voltli transformator, 
to‘g‘rilagich va boshqaruv pulti. Rentgen trubkasi qobiq kolba, katod va anod 
(antikatod) dan iborat vakuum qurilmadir. Namuna o‘rnatiladigan va uning nurlanishi 
amalga oshiriladigan rentgen kameralari har xil turlar va o‘lchamlarga ega. Eng keng 
tarqalgan kameralar diametri 57,4 (RKD), 86 (RKU), 114 va 143 (VRS) millimetrli 
silindr shakliga ega. Kameralar diametri ko‘paygan sari tekisliklararo masofalarni 
aniqlashning aniqligi ortib boradi. Yuqori voltli toklar kuchlanishini to‘g‘rilash uchun 
kenotron xizmat qiladi. Rentgen trubkasining anodi va yuqori voltli transformator 
oqar suv bilan sovitiladi. Boshqaruv pultida apparatning barcha ishga tushiruvchi 
rostlovchi qurilmalar montaj qilingan.
 
1.5.3. Fotoplyonkada nurlarni qayd qilishdan foydalanuvchi 
rentgenstrukturaviy tahlil usuli 
Rentgen tahlili maqsadlari va ob’yekt turiga bog‘liq ravishda tekshirishning 
turli usullari qo‘llaniladi: kukun usuli yoki Debay -Sherer usuli – polikristallar uchun; 
Laue usuli – monokristallar uchun (aylanish usullari, goniometr rentgeni). 


54 
Debay – Sherer usuli (kukunlar usuli).
Bu usul yetarli darajada 
kristallashgan moddalarning rentgenostruktura tahlilining keng tarqalgan usuli 
hisoblanadi. Tekshirishlar nurlarning monoxromatik tarami bilan o‘tkaziladi. 
Usulning mohiyati quyidagidan iborat. Rentgen nuri qaytariladigan kristall tekisligini 
bu rentgen nuri atrofida (o‘q sifatida) aylantirilsa, 360
0
ga burilishda aks ettirilgan 
rentgen nuri yassi (tekis) fotoplastinkada doira hosil qiladi, fazoda esa, shakl – 
konusni hosil qiladi. 
Agar kristall yuqorida ko‘rsatilgan tekisliklar fazoda tekis oriyentirlanadigan 
darajada maydalangan bo‘lsa, unga o‘xshash holat yuzaga kelishi mumkin: ulardan 
qaytarilgan nurlar aynan bitta konusni hosil qiluvchilari bo‘lishi mumkin. Agar 
o‘xshash tekisliklar fazoda uzluksiz almashsa, ulardan aks ettirilgan nurlar yaxlit 
konik yuzani hosil qiladi va fotoplastinkada ham yaxlit doira qayd qilinadi. Odatda 
fotoplyonkada qaytarishning yanada aniqroq tasvirini olish uchun silindrga o‘ralgan 
plyonkali silindrik kameralardan foydalaniladi. 2-5 sm balandlikka ega fotoplyonkali, 
qaytarilgan nurlar hosil qilgan konuslar kesishi natijasida fotoplyonkada yoylar 
shakliga ega chiziqlar tushiriladi. 
Laue usuli 
kristallar simmetriyasini aniqlash uchun foydalaniladi. Uni 
o‘tkazish uchun modda yaxshi shakllangan va toza monokristallga ega bo‘lishi kerak. 
Tekshirishlar “oq” rentgen nuri bilan o‘tkaziladi. Usulning mohiyati quyidagidan 
iborat. Rentgen nurlarining tarami monokristallga tushadi, kristallning muayyan 
tekisliklaridan qaytib sochiladi va yassi fotoplastinkaga tushadi, hamda unda 
yorug‘lik tushirilgan nuqtalar ko‘rinishida tizimning qurilishi tasvirini beradi. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin