39
Mikroskop okulyari ikkita linzadan iborat: pastki – kollektor va yuqorigi ko‘z
linzasi. Ular o‘rtasida kurish maydonini chegaralovchi diafragma joylashgan. Ko‘z
linzasi diafragmaga fokuslangan.
Mikroskopning optik tizimi, odatda, yetarli darajada bo‘lmagan tekis tasvirni
beradi, bunga bog‘liq holda chetlardagi va markazdagi tasvir aniqligi turlicha bo‘ladi,
ayniqsa surat olganidan keyin kattalashtirilganida. Bu hodisani bartaraf etish uchun
maxsus fotoob’yektivlar qo‘llanadi: ushbu mikroskopdagi 10x okulyari asosan tekis
tasvirni olish imkonini beradi. Turli aperturaga ega mikroskopning barcha
ob’yektivlaridan yaxshiroq foydalanish uchun mikroskopda son jihatidan alohida
ob’yektivlar aperaturasiga teng bo‘lgan turli aperturaga ega bo‘lgan uchta
almashtiriladigan kondensor ko‘zda tutilgan.
Konoskopik yorug‘likda ishlanganda kondensor va ob’yekt o‘rtasiga Lazo
linzasi, uchlik (nasadka) ga esa – Bertran linzasi kiritiladi. Konoskopik manzaraning
keskinligiga fokuslash okulyarni siljitish orqali amalga oshiriladi. Mikroskopda aks
ettirilgan yorug‘likda ishlanganda 25 qisqichli qurilma o‘rniga OI – 12 yoritgichi
o‘rnatiladi va ob’yektiv bevosita 1yoritgichga mahkamlanadi. Okulyar uchlik
(nasadka) bu holda 180
o
S buriladi, ya’ni 3 fonari olib qo‘yiladigan yoritgich
tomonidan joylashtiriladi. Yoritgich lampasidan kelayotgan yorug‘lik nurlari ularni
ob’yektga yo‘naltiruvchi kerakli burchak ostida o‘rnatilgan shisha plastinaga tushadi.
Ob’yektdan aks ettirilgan nurlar bundan keyin mikroskopning oddiy optik tizimi
bo‘yicha ketadi.
Fazakontrastli qurilma bilan ishlanganda mikroskop tizimidan kondensor bilan
15 kronshteyn o‘rniga boshqa kronshteyn o‘rnatiladi. Ish kfl komplektiga kiruvchi
faza ob’yektivlarida amalga oshiriladi. Fazakontrastli qurilma mayda kristalli
moddalar sinishi ko‘rsatkichlarini aniqlash va mayin tarkiblar (loyli minerallar va
sh.k.) ni o‘rganish imkonini beradi. Minerallarning optik zichligini aniqlash uchun
zarur bo‘lgan qutblangan yorug‘lik 18 flanes yo‘nib kengaytirilishiga o‘rnatiladigan
qoplama polyaroid vositasida hosil qilinadi.
Mikroskopning umumiy kattalashtirishi
Dostları ilə paylaş: