30
Gazovalyumetrik tahlilning turli maqsadlari uchun tuzilishi bo‘yicha turli gaz
byuretkalari ishlab chiqilgan.
Oddiy gaz byuretkasi 1 (1.13-rasm) ikkita uch yo‘lli jo‘mraklar 2 va
trubkasimon elektr pechli 4 rezina trubka vositasida ulangan, diametri 2,4 mm va
uzunligi 1000 mm bo‘lgan gorizontal joylashgan shisha trubkadan iborat.
Byuretkaning darajalangan qismi ichida 5 simob tomchisi mavjud. 0,2-1,0 g
miqdoridagi tekshirilayotgan material shisha probirkaga joylanadi, shundan so‘ng
unga hajmni kamaytirish uchun 7 chinni (farfor) sterjen (o‘zak) kiritiladi, chunki
probirkadagi havo hajmi qanchalik kam bo‘lsa, ajralgan gazlarning hajmini
shunchalik aniqroq aniqlash mumkin. 6 moddali probirka trubkasimon gorizontal
yoki vertikal elektr pechiga qo‘yiladi va 3 rezina shlang yordamida gaz byuretkasi
bilan ulanadi. Elektr pechi berilgan tezlikda qizdiriladi va materialdan
ajralayotgan
gazlar rezina shlang va uch yo‘lli jo‘mraklardan biri orqali gaz byuretkasiga kelib
tushadi va undagi simob tomchisini joyidan ko‘chiradi. Ikki jo‘mrakning mavjudligi
gazni byuretkaning istalgan uchiga
yuborish imkonini beradi; simob tomchisi
nolinchi holatdan o‘ngga ko‘chib oxirgi bo‘linishgacha yetib borganda, jo‘mraklar 9
holatiga o‘tkaziladi va gaz simob tomchisini chapga, yana nolinchi holatga ko‘chirib,
boshqa tomondan byuretkaga tushishni boshlaydi. Bunday o‘tkazishlarni muvofiq
ravishda gazning har qanday hajmlarini o‘lchagan holda bir necha marta amalga
oshirish mumkin. Tajriba uzluksiz o‘tkazilganda harorat (30, 40, 50
0
va sh.k.)va
ajralayotgan gazlar hajmi hisoblanadi. Byuretkaning hajmi katta bo‘lmaganligi
sababli gazlar hajmini hisoblashni aniq amalga oshirish mumkin. Olingan
ma’lumotlar asosida gaz ajratishning koordinatalardagi egri chizig‘i quriladi: harorat
So da – gaz hajmining kattaligi sm3 da (1.13, b - rasm).
Gazlarning belgilangan hajmi V ga probirka va shlangdagi gazning
termik
kengayishi keltirib chiqargan tuzatishni kiritish zarur. Gazning haqiqiy hajmi teng, bu
yerda: V – byuretka ko‘rsatmalari bo‘yicha eksperimental topilgan gazning hajmi,
sm
3
; V – gazning kengayish kattaligi (zararli hajmi ) sm
3
; V
pn
– reaksiya idish hajmi,
sm3 ; Tr – reaksiya idishidagi absolut harorat,
o
K; Tx –
xonadagi havoning absolut
harorati;
o
K
– ajralgan gazlar alohida idishlarga yig‘ilib, boshqa metodlar bilan tahlil
qilinishi mumkin. Avtomatik o‘zi tenglashuvchi gaz byuretkalarining bir qancha
konstruksiyalari mavjud.