26
DAning hisoblangan qiymatlari bo‘yicha – fS abssissa koordinatalarida boksit
vazni yo‘qolishining differensial
egri chiziq quriladi, ordinata A4 (1.10, b – rasm).
Shu rasmda termografga olingan boksitning differensial termogrammasi
keltirilgan. Ko‘rinib turganidek, bu ikki differensial egri
chiziqlar - avtomatik yozib
olingan va grafik ravishda tuzilgan bir-biriga mos keladi.
Termogravimetrik tahlil uchun qurilmalar (TV-200, TV-500, TVU-3)
kompleksda ishlovchi ikki asbobdan iborat: differensial egri chiziqlarni olish uchun
termograf va vazn yo‘qotilishini aniqlash uchun torzion tarozilar bilan avtomatik
tizim. TVU-3 qurilmasining sxemasi 1.11-rasmda keltirilgan. Termogrammaga oddiy
usulda ishlov beriladi (1.11,b–rasm). Differensial egri chiziqdagi termik effektlarning
boshlanishi, yo‘qotilishi egri chizg‘ida ham, shuningdek, eng chekka o‘ngdagi
vertikal chiziq (o‘q) bilan kesishishgacha gorizontal
chiziqlar, abssissalarning parallel
o‘qlari o‘tkaziladigan qaytarish nuqtalari belgilanadi. x-u umumiy masofa mm da
o‘lchanadi va qizdirilganda material vaznining umumiy yo‘qotilishini bilgan holda
(% da), x-u shkalasining bo‘linishi bahosi belgilanadi. ko‘rib chiqilayotgan holda
vaznining yo‘qotilishi 20% ni tashkil etadi, x-u masofa 35 mm ga teng va bo‘lish
bahosi – 1 mm uchun vazn yo‘qotilishining 20:35h0,57 % ni tashkil etadi.
Termogravimetrik egri chiziqning alohida uchastkalarida vazni yo‘qotish: xa –
5,72%; ab – 8,58%; bs – 3,99%; su – 1,71% ni tashkil etadi.