21
oddiy chizg‘ich shunday qo‘yiladiki, u ordinatalar o‘qiga parallel bo‘lishi, uning cheti
esa, egri chiziqning talab etilayotgan nuqtasidan o‘tishi kerak va vertikal chiziq
o‘tkaziladi. Bu chiziqning oddiy va harorat yozuvining egri chizig‘i bilan kesishgan
joyi harorat aniqlanadigan nuqta hisoblanadi. Ko‘rsatilgan nuqta orqali abssissalar
o‘qiga parallel bo‘lgan chiziqni ordinata bilan kesishishgacha o‘tkazib, qidirilayotgan
harorat topiladi. Shuningdek, abssissalar o‘qiga parallel bo‘lgan nolinchi chiziq
o‘tkaziladi. Termoeffektlar boshi, maksimumi va oxiri haroratlari bevosita
fotoqog‘ozga qo‘yiladi. Termogrammani bunday rasmiylashtirish misoli 6. a-rasmda
ko‘rsatilgan.
Harorat chizig‘ichidan foydalanishda ordinata va abssissani darajalash zaruriyati
yo‘q va shunda termogrammaga faqat termoeffektlar haroratlari qo‘yiladi (1.6, b-
rasm). Ko‘pincha termogrammalar quyidagicha rasmiytashtiriladi: abssissalar
shkalasiga haroratlar qiymatlari, termogrammaga esa –tegishli haroarat turi
tushiriladi.
Termogrammaning teskari tarafiga tajriba sanasi, sinalayotgan modda nomi,
uning modda, sovuq payvand harorati barabanning aylanish tezligi va etalon turi
yozilishi kerak. Termogramma yozilgan fotoqog‘oz yaltiramasligi kerak, chunki uni
qattiq sirtga sanchilganda turli cho‘zilish yuzaga kelishi mumkin, bu tajriba
natijalarini buzib ko‘rsatadi. Termopara suvoq payvandlarining harorati differensial
egri chiziqdagi effektlar haroratlaridan chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: