Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


-rasm. FPK-59 fotoqayd qiluvchi pirometrning prinsipial sxemasi



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

1.4-rasm. FPK-59 fotoqayd qiluvchi pirometrning prinsipial sxemasi: 
1-elektron rele; 2–pech issiqlik rostlagichi; 3–elektr motor; 4–reduktor; 5–ampermetr; 6–pech 
uchun taglik; 7–elektr pechi; 8–220/2,5 voltli transformotor; 9–torzion tarozi; 10–fotobaraban;
11–reduktor; 12–elektromotor; 13–220/6,3 ye transformatori; 14–yoritgichlar; 15–vaznini 
yoqotishni yozib olish uchun galvanometr; 16–differensial egiri chiziqni yozib olish uchun 
galvanometr; 17–oddiy egri chiziqni yozib olish uchun galvanometr; 18–elektron potensiometr;
19–tekshirilayotgan modda solingan tigel; 20–etalonli tigel; 21–vazn yo‘qotishlarini aniqlash 
uchun tigel; 22–tarozining shaynlari; 23–richag; 26–shkala; 27–muvozanat ko‘rsatkichi va 
shkalasi; 28,29,30,31–tumblerlar. 


13 
Qurilmaning ishlash prinsipi quyidagilardan iborat: termoparalarda hosil 
bo‘ladigan termotok ramalari tok kuchiga proporsional bo‘lgan burchakka 
o‘giriladigan ko‘zguli galvanometrga beriladi. Yoritgichlardan keladigan yorug‘lik 
nurlari galvanometrlar ramalarida yorug‘lik nurlari galvanometrlar ramalarida 
mahkamlangan ko‘zgularda fokuslanadi, ularda aks etadi va yorug‘lik nurlarini 
fotokamera tirqishiga, shuningdek, vizual kuzatish shkalasiga yo‘naltiruvi uch 
ko‘zguli tizimdan o‘tadi. Fotoqog‘oz bilan qoplangan fotokamera barabani reduktor 
va friksion uzatgich orqali sinxron elektrodvigatel yordamida aylantiriladi. Pech 
qizigan sari va termotokning ko‘payishi bilan galvanometrlar ko‘zgulari 
aylanadi,hamda baraban fotoqog‘ozi bo‘yicha yorug‘lik nurlarining harakatini 
keltirib chiqaradi. Fotoqog‘ozdagi nurlar izi ikkita egri chiziqlar yozuvidan iborat. 
Qizdirish pechi ichida qizdiruvchi element joylashgan ichki termoizolatsiyali 
metall g‘ilofdan iborat. Zarur haroratga bog‘liq holda, qizdiruvchi sifatida nixromli 
(1000
0
S gacha),№2-son qotishmadan (1200
0
S gacha) va diametri 0,5-1 mm bo‘lgan 
platinali rodiy simli (1500
0
S gacha), shuningdek, tegishli diametr va uzunlikdagi 
silitli va karborundli o‘zaklar (1500
0
S gacha) xizmat qilishi mumkin. Yanada yuqori 
haroratlarga erishish uchun (2000-2400
0
S) qizdiruvchi sifatida elektr grafitdan 
yo‘niladigan trubalardan foydalaniladi. SO
2
, N
2
, SO
2
, H
2
O bug‘lari muhitida ishlash 
uchun mo‘ljallangan pechlar xam ma’lum. 
Tigellar metall (po‘lat, nikel, mis, kumush, platina, turli qotishmalar), keramika 
(farfor, korund), ba’zi hollarda esa, issiqlikka chidamli shisha va grafitdan 
tayyorlanadi. Metall tigellarning tayyorlanishi juda oddiy, ammo ular juda issiqlik 
o‘tkazuvchan, bu termogrammadagi harorat cho‘qqisini ancha uzaytiradi. Keramik 
(sopol) tigellar issiqlikni kamroq o‘tkazadi. Metall tigellardan 1000-1200
0

haroratgacha, keramik (sopol) tigellardan – 1500
0
S va undan yuqori haroratda 
foydalaniladi. Tigellar bu asbobning sezgirligini kamaytirmaslik uchun kamroq 
issiqlik sig‘imiga ega materialdan tayyorlanadi.
Har bir muayyan holda o‘rganilayotgan materialning xususiyatlariga bog‘liq 
holda tutqichning turini tanlash to‘g‘riroqdir. 
Termoparalar qayd qiluvchi asboblar tomonidan qayd qilinadigan EYuKning 
datchiklari hisoblanadi. Termoparalar materialiga qo‘yiladigan asosiy talab – 
o‘rganilayotgan modda bilan kimyoviy o‘zaro ta’sirining bo‘lmasligi. Tadqiqot 
ishlari amaliyotida eng ko‘p 1000
0
S haroratgacha konstantali misli, konstantali 


14 
temirli, alyumelli xromelli, nikel – nixromli termoparalardan foydalaniladi, 1300-
1500
0
S haroratgacha platinali va platina – platinorodiyli va 2000
0
S haroratdan yuqori 
– volfram – molibdenli termoparalardan foydalaniladi. Shu maqsadda termoparalarni 
tayyorlash uchun ingichka simdan foydalaniladi; oddiy metallardan yasalgan simning 
tavsiya etilgan diametri – 0,2-0,4 mm, noyob metallardan esa – 0,2 mm va undan 
kichik. Termoparalarning payvandlarish ham o‘lchami bo‘yicha minimal bo‘lishi 
kerak. Past haroratlarda platina – platinarodiyli termoparalar, masalan, xromel – 
alyumelli termoparalarga nisbatan kamroq sezgir bo‘ladi, shuning uchun aniq 
o‘lchashlarda 100
0
S dan past harorat sohasida ulardan foydalanish maqsadga muvofiq 
emas. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin