12
1.4-rasmda ancha keng tarqalgan termograf – pirometr FPK-59 ning prinsipial
sxemasi keltirilgan. FPK-59 pirometridagi qizdirish egri chiziqlarini avtomatik yozib
olish qurilmasi (qayd qiluvchi asboblar)maxsus metall g‘ilofga joylangan qattiq
qobiqda montaj qilingan. Qurilma quyidagilarni o‘z ichiga oladi: fotoqayd qiluvchi
kamera, uchta ko‘zguli galvanometr, uchta yoritgich, uchta ko‘zgudan iborat tizimlar,
vizual kuzatish uchun shkala, sinxron kichik motor, reduktor, friksion uzatgich.
Ko‘zguli galvanometrlar differensial termoparada uzluksiz egri chiziq
ko‘rinishidagi EYuK o‘zgarishining mexanik prinsipi bo‘yicha ishlaydi: EYuK
kattaligiga bog‘liq holda elektromagnit tizimining o‘zagi (rama)ga kvars tolaga olib
qo‘yilgan ko‘zguning og‘ish burchagi o‘zgaradi. Ko‘zguning egri xarakteriga
muvofiq fotoqog‘ozda uzluksiz egri chiziqni yozadigan, u aks ettiradigan nur
taramining yo‘nalishi o‘zgaradi. Qurilma uchta galvanometr bilan oddiy va
differensial ikkitasi qizdirishning oddiy va differensial egri chiziqlarning yozib
olishini amalga oshiradi, uchinchisi esa, materialning qandaydir boshqa xususiyatini
o‘lchash uchun foydalanilishi mumkin (vazni yo‘qotish va h.k.).
Dostları ilə paylaş: