Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


Termoparalarni darajalash va ularni o‘rnatish



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

Termoparalarni darajalash va ularni o‘rnatish 
Tegishli 
issiqlik effektlarining harorat chegaralarini aniqlash uchun etalon 
haroratini ko‘rsatuvchi oddiy termopara aniq darajalangan bo‘lishi kerak. 
 
1.5-rasm. Darajalash grafigi va harorat chizig‘ining qurilishi: 
a - Na
2
 SO
4
 va K
2
 SO
4
 ni qizdirish egri chiziqlari; b – darajalash grafigi; 
1–harorat to‘xtalishlari (maydonchalari); 2–darajalash egri chizig‘i; 3–harorat shkalasi. 
Termoparani darajalash polimorf o‘zgarishlar va eritishning aniq haroratlari 
bilan tavsiflanuvchi moddalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Termoparani darajalash 
uchun turli harorat sohalarida olingan to‘rtta nuqta (qoburg‘ali nuqtalar) yetarlidir. 
NA
2
SO
4
va K
2
SO
4
tuzlari bo‘yicha darajalash ancha tarqalgandir. Fotoqog‘ozda 
avval NA
2
SO
4
ni qizdirishning oddiy egri chizig‘i yozib olinadi, keyin pech 
sovitilganidan so‘ng qaytadan xuddi shu qog‘ozda K
2
SO
4
ning harorat ergi chizig‘i 
qayd qilinadi (5-rasm). Fotoqog‘oz kabi o‘lchamdagi millimetrli qog‘ozda nolinchi 
nuqtalar orqali abssissalar va ordinatalar o‘qlari o‘tkaziladi. Ordinataga nolinchi 
nuqtadan qizdirish egri chiziqlaridan gorizontal maydonchalargacha masofa (mm), 
abssissaga – tegishli haroratlar qiymatlari tushiriladi. Olingan to‘rtta nuqtalar 
bo‘yicha egri chiziq o‘tkaziladi. Keyin abssissalar o‘qiga interpolyatsiya usuli bilan 
har bir 1000
0
S orqali 100 dan 1200
0
S gacha barcha qolgan haroratlar, ordinatalar 
o‘qiga esa – mm dagi masofa tushiriladi. Darajalash grafigi hosil bo‘ladi 
(1.5, b-rasm). 


17 
Bu grafikdan foydalanib, differensial egri chiziqlardagi har qanday effekt 
haroratini aniqlash mumkin, buning uchun tahlil qilinayotgan termogrammadagi 
abssissalar o‘qidan differensial egri chiziqdagi ushbu effektga mos bo‘lgan oddiy 
termik egri chiziqdagi maydonchagacha masofani o‘lchash zarur va ordinataning 
olingan kattaligi bo‘yicha darajalash egri chizig‘i yordamida abssissalar o‘qidan 
haroratini tegishli qiymatini hisoblash. 
Termoeffektlar haroratlarini hisoblashni tezlashtirish uchun mutaxassislar, 
odatda, darajalash grafigi bo‘yicha maxsus harorat chizg‘ichini quradilar. Uzunligi 
25-30 sm va kengligi 2-3 sm bo‘lgan tiniq organik plyonka olinadi va unga quyidagi 
prinsip bo‘yicha haroratlar tush bilan yoziladi. Plyonka ordinatalar o‘qiga qat’iy 
parallel ravishda darajalash grafigiga qo‘yiladi. Plyonkadagi harorat shkalasining noli 
sifatida termopara suvoq payvandining harorati (masalan, +20
0
S) qabul qilinadi. 
Chizg‘ichni ordinatalar o‘qiga parallel yurgizib, har bir 50
0
S da unga plyonka 
chetining darajalash egri chizig‘i bilan kesishish nuqtalariga abssissalar o‘qidagi 
muayyan haroratlar muvofiq keladi. Bu haroratlar plyonkaga tushiriladi, shu tariqa 
uni harorat chizg‘ichiga aylantiriladi (1.5, b-rasm). Chizg‘ichdagi haroratlar shkalasi 
bir tekis emas, bunga termoparalar EYuK ning haroratga nochiziqli bog‘liqligi sabab 
bo‘ladi. Shuning uchun ikkita harorat nuqtalari o‘rtasidagi haroratning oshishi bilan 
ajratish bahosi kattalashadi. Ko‘rsatilgan usulda olingan chizg‘ichning faqat bir xil 
sharoitlarda yozib olingan qizdirishning egri chiziqlari uchun qo‘llash mumkin. 
Pechda materiallarni qizdirish tezligi effekt maydoni va uning harorat 
tavsiflariga ta’sir ko‘rsatadi. Biriktiruvchi moddalar tahlilida qizdirishning eng 
maqbul tezliklari minutiga 7-15
0
S qizdirish tezligini kamaytirish effektlar 
maydonining o‘sishiga olib keladi, ammo bunda ular kamroq aniqlikka ega bo‘ladi va 
ularning maksimumlari pastroq haroratlarda namoyon bo‘ladi. 
Qizdirish tezligi ortganda termik effektlar yanada o‘tkirroq bo‘ladi, ularning 
maksimumlari esa, yanada yuqoriroq haroratlar sohasiga o‘tadi. Tez o‘tadigan 
jarayonlar va vaznini yo‘qotish bilan kuzatilmaydigan jarayonlar hollarida ularning 
harorat parametrlari qizdirishning tezligiga bog‘liq holda faqat ozgina o‘zgaradi. 
Effekt maksimumi namoyon bo‘lishining harorati siljishining kattaligi qizdirish 
tezligiga bog‘liq holda 50-65
0
S gacha yetishi mumkin. 
Materialdagi aralashmalar ta’siri. O‘rganilayotgan moddadagi aralashmalar 
sezilarli darajada DTA natijalarini o‘zgartirishi mumkin. Shunga ko‘ra, organik 


18 
moddalarning kam miqdorlari ham qizdirish jarayonida oksidlanib, 
termogrammalarda xato xulosalar manbasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan katta ekzotermik 
effekt beradi. Loylar, sement va boshqa yuqori dispersli materiallar bilan yuzaki 
singdirilgan almashuv kationlari va anionlari asosiy termik effektlarning jadalligi, 
harorati va shakliga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Materialning fizik holati. Termotahlil 
natijalariga materialning fizik holati: uning dispersligi kritallashganlik tavsifi, 
minerallar kristall panjaralarining nuqsonliligi darajasi sezilarli ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin. Material parchalari o‘lchamining kamayishi modda og‘irligining o‘zgarishi 
bilan o‘tuvchi reaksiyani aktivlashtirish energiyasining pasayishiga olib keladi va 
qo‘pol dispersli kukun holatiga qaraganda pastroq haroratda boshlanadi va o‘tadi. 
Material parchalarining o‘lchamiga bog‘liq ravishda maydoni o‘zgarmasdan 
termoeffekt cho‘qqisining shakli o‘zgarishi mumkin. Eng mayda parchalargacha uzoq 
vaqt davomida maydalash jarayonida material plastik deformatsiyaga uchraydi va 
unda turli mexanik-kimyoviy reaksiyalar yuz beradi, uning oqibatida ushbu 
moddaning tipik termoeffektlar murakkablashadi yoki tizimda yangi fazolar paydo 
bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan yangi effektlar paydo bo‘ladi. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin