Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

 
 
1.6-rasm. To‘g‘ri rasmiylashtirilgan kaolinit termogrammalarining turli ko‘rinishlari. 


22 
Miqdoriy fazali tahlil 
Miqdoriy fazali tahlil differensial termogrammadagi termik effekt maydoni jins 
yoki aralashmadagi ushbu mineralning miqdoriga nisbatan muayyan bog‘liqlikda 
bo‘ladi. Miqdoriy tahlilning turli usullari qo‘llaniladi. Eng sodda usul – proporsional 
usul. Uning mohiyati quyidagidan iborat: Sof noma’lum birikmaning termogrammasi 
olinadi va xarakterli termoeffektning maydoni (mm
2
) hisoblanadi. Agar sof birikma 
bo‘lmasa, standart namuna sifatida tarkibida ushbu birikmaning massasi aniq bo‘lgan 
material probasi olinadi. Proba termogrammasi olinadi va noma’lum birikmaning 
termoeffekti maydoni hisoblanadi. Keyin moddadagi mineral tarkibining 100% uchun 
termoeffekt maydoni hisoblab chiqiladi. Termogramma bo‘yicha tekshirilayotgan jins 
yoki aralashmadagi ushbu mineralning miqdoriy tarkibini hisoblash quyidagicha 
formula bo‘yicha amalga oshiriladi: 
,
г
S
S
m
m
a
i
a
i


=
bu yerda: m
i
– tekshirilayotgan jins yoki aralashmadagi birikma massasi, 
g
; m
a
– sof 
birikma massasi, 
g

Δ S
i
– jins yoki aralashma termogrammasidagi ushbu 
birikmaning termik effekt maydoni, mm
2

Δ S
a
– sof birikmaning termogrammasidagi 
termik effekt maydoni, mm
2

Ko‘rsatilgan usul termik effekt maydoni va noma’lum birikmaning miqdori 
o‘rtasida to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik mavjudligi ± 5% dan oshmasligi kerak. 
Yanada umumiy holda termoeffekt maydoni va noma’lum birikmaning miqdori 
o‘rtasidagi bog‘lik to‘g‘ri chiziqli emas, chunki termik cho‘qqi maydoniga 
qizdirishda tekshirilayotgan modda issiqlik sig‘imining o‘zgarishi, eksperiment 
shartlari va b, ta’sir ko‘rsatadi. Bu bog‘liqlik
Δ S = 
k
m mm
2
tenglamasi bilan ifodalanadi
bu yerda: 
Δ S – termogrammadan termik effekt maydoni, mm
2

k
proporsionallik 
koeffitsiyenti; m – aralashmadagi tekshirilayotgan mineral massasi, 
g

Bunday sharoitlarda miqdoriy termik tahlilni o‘tkazish uchun kalibrlangan egri 
chiziq uslubi qo‘llanadi. Kalibrlangan egri chiziqni qurish uchun tekshirilayotgan jins 
kabi petrograf-mineralogik tavsifga ega etalon aralashma tayyorlanadi. Etalon 
aralashmaga 10, 30, 50, 70, 100% miqdoridagi yoki har qanday dozadagi 
aniqlanadigan mineral kiritiladi. Bunda termotahlil uchun material moddasi har doim 
qat’iy bir xil bo‘lishi kerak.


23 
Olingan termogrammalarda katta aniqlik bilan tegishli termik effektlar maydoni 
aniqlanadi va “effekt maydoni (
Δ S) – mineral tarkibi” koordinatalaridan grafik 
tuziladi (1.7-rasm). 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin