Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


Termik tahlilni o‘tkazishning optimal shartlarini belgilash



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

Termik tahlilni o‘tkazishning optimal shartlarini belgilash 
Differensial egri chiziq (termogramma) dagi termik effektlar harakteri tahlilni 
o‘tkazishning texnik tomoni bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator omillarga bog‘liq. 
Natijada aynan bitta uskunada DTT o‘tkazilganda ham, termogrammalarning aniq 
aks ettirishga erishish qiyin: balandiligi, maydoni, boshlash haroratlari va effektlar 
maksimumlari bo‘yicha harorat cho‘qqilarining turliligi kuzatilishi mumkin. Ba’zi 
omillarning termogrammalarga ta’siri quyidagicha ko‘rib chiqiladi. 
Preparatlarni tayyorlash. DTT aniqligi ko‘p darajada o‘rganilayotgan moddani 
preparatlash sifatiga bog‘liq. Qotib qolgan sement (sementli tosh) o‘lchami 1-3 mm 
atrofidagi bo‘laklargacha agatli yoki chinni havonchada maydalanadi. 1-2 g 
maydalangan material moddasi byuksga solinadi, absolut etil spirti quyiladi va 10-20 
soat ga qoldiriladi. Spirtni materialdan ajratish qog‘oz filtr orqali filtrlash yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. Yanada to‘liqroq suvsizlantirish uchun cho‘kindi filtrning o‘zida 2-
3 marta oltingugurtli efir bilan yuviladi. Suvsizlantirilgan material 4900, 5100 yoki 
10000 tesh/sm
2
li elakdan o‘tadigan kukun holatigacha havonchada maydalanadi. Bu 
operatsiyani biriktiruvchi komponentlarning karbonlanishini istisno etuvchi maxsus 
kamerada o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Keyin kukundan 0,3-0,5 g.ga teng 
o‘rtacha modda tanlab olinadi, uni termografning korundlik yoki platinali tigelga 
joylanadi. Shunga o‘xshash tarzda bog‘lovchi moddalar boshqa turlarining qotib 
qolgan namunalaridan (ohak, gips va h.k.) preparatlar tayyorlanadi. 
Bog‘lovchi moddalardan preparatlarni boshqa usulda ham tayyorlash orqali 
o‘tadigan kukun holatigacha maydalanadi, qog‘oz filtrga olib, suvsizlantirish uchun 


15 
2-3 marta absolut etil spirti bilan yuviladi. Filtrlash vakuum ostida amalga oshiriladi, 
buning uchun varonkaga suv oqimli nasos ulanadi.
Bu usul preparatni tayyorlash uchun kamroq vaqtni talab qiladi, ammo 
avvalgisiga nisbatan namunaning kamroq suvsizlashtirishga olib kelishi mumkin. 
Monomineral zich materiallar (ohaktosh, kvars va h.k.) ham maydalanmasdan 
o‘rganilishi mumkin. Buning uchun modda bo‘lagidan talab etilayotgan o‘lchamdagi 
namuna kesib olinadi, unda termoparaning issiq payvandi uchun teshik ochilib, 
termograf tigeliga joylashtiriladi. 
Suyuqliklarni tahlilida preparat quyidagicha tayyorlanadi: tigelga etalon modda 
solinadi va unga o‘rganilayotgan suyuqlikdan 0,15-0,2 ml shimdiriladi. 
Aynan bitta modda bilan seriyali tajribalar o‘tkazilganda uning moddasi 
doimiy bo‘lishi kerak, o‘rganilayotgan va etalon materialning zichlanish darajasi ham 
bir xil bo‘lishi kerak, differensial termopara payvandlari esa, har doim 
o‘rganilayotgan va etalon moddalar band etgan hajmning aniq markaziga 
joylashtirilishi kerak. Agar o‘rganilayotgan modda termopara tayyorlangan metall 
o‘zaro ta’sirida bo‘lsa, u holda termopara payvandiga katta bo‘lmagan platinali yoki 
kvarsli qalpoqchalar (g‘iloflar) kiydiriladi. Qalpoqchalarning qo‘llanishi differensial 
yozuv sezgirligini kamaytiradi, shuning uchun ularni faqat zarur bo‘lgan hollarda 
qo‘llash kerak. 
Etalon va o‘rganilayotgan moddaning dispersligi imkoni boricha past bo‘lishi 
kerak. Ularning termograf tigellarida zichlashishi ham bir xil bo‘lishi kerak. 
Differensial egri chiziqning to‘g‘ri holatiga, odatda, etalon moddada miqdorini 
o‘zgartirish yo‘li bilan erishiladi, shuning uchun etalon og‘irligi o‘rganilayotgan 
moddaning og‘irligiga har doim ham muvofiq kelmaydi. Agar o‘rganilayotgan 
modda etalon moddaga nisbatan ortiqroq miqdorda olingan bo‘lsa, differensial egri 
chiziq nolinchi chiziqdan pastga og‘adi, agar u kamroq miqdorda olingan bo‘lsa, egri 
chiziq yuqoriga og‘adi. Xuddi shuningdek, agar o‘rganilayotgan modda etalon 
moddaga nisbatan ko‘proq issiqlik sig‘imli bo‘lsa, differensial egri chiziq pastga 
og‘adi, agar sinalayotgan material etalonga nisbatan ko‘proq issiqlik o‘zkazuvchan 
bo‘lsa, differensial egri chiziq yuqoriga og‘adi. 


16 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin