Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

BIRINCHI BO‘LIM
MATERIALLARNI TADQIQ ETISH VA SINASH USULLARI 
 
I BOB. QURILISH MATERIALLARINI TADQIQ ETISHNING
FIZIK-KIMYOVIY USULLARI 
1.1.Termik tahlil 
Termik tahlil kimyo, petrografik, rentgenstrukturaviy va boshqa usullar bilan bir 
qatorda tadqiqotning zamonaviy fizik-kimyoviy usullar majmuasiga kiradi, hamda 
ko‘pgina fan va texnika soxasida bir qator nazariy va amaliy masalalarni hal etish 
uchun keng istiqbolni ochib beradi. U muvaffaqiyat bilan noorganik, organik va 
fizikaviy ximiya, geologiya, tuproqshunoslik, gidrotexnika, metallurgiya, qurilish 
materiallari, oziq-ovqat, farmatsevtika, yengil sanoat va boshqalarda qo‘llaniladi. 
Termik tahlil noorganik va organik, tabiiy va sun’iy hosil bo‘ladigan turli 
qurilish materiallarini tadqiq qilish uchun keng qo‘llaniladi. Undan foydalanish 
materialda u yoki bu fazaning mavjud bo‘lishini belgilash, ajratish ta’sirini va 
boshqalarni aniqlash, bir qator hollarda, qattiq fazalarning miqdoriy tarkibini aniqlash 
imkonini beradi. Ushbu usulning ahamiyati katta bo‘lib, yupqadispers va yashirin 
kristall polimineral qorishmalarini monomineral fraksiyalarga bo‘lmasdan faza 
tarkibi yordamida aniqlash imkoniyati hisoblanadi. 
Termik tahlilning mohiyati tizimlarida isitish sodir bo‘lganda aylanish yoki 
ularni issiqlik effektlari bilan birga turli fizik va kimyo jarayonlarda yakka ulanishlar 
xodisasini o‘rganishdan iborat. Fizik jarayonlar yoki fazali aylanishlar - bu 
moddaning kimyoviy tarkibi o‘zgarmaganda, uning tuzilishi, yoki agregat holatining 
o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan aylanishdir. Fazali o‘zgarishga erish, qaynash, 
kristallanish, polimorfizm va boshqa jarayonlar kiradi. 
Kimyo jarayonlar-bu moddaning kimyoviy tarkibini o‘zgarishiga olib keladigan 
aylanish holatidir. Masalan, degidratatsiya, dissotsiatsiya, oksidlanish, almashuv 
reaksiyasi va boshqalar. 
Termik tahlilning vatani Fransiya. 1886-97 yillarda ohakli va loytuproqli 
minerallar uchun isitish egri chiziqlari Le-Shatelye tomonidan birinchi marta 
ro‘yxatga olingan. Rossiyada ushbu usulning asoschisi akademik 
N.S.Kurnakov(1904y)bo‘lgan.Kurnakov pirometrining zamonaviylashtirilgan modeli 
– isishlar va sovishlar egri chiziqlarini avtomatik tarzda yozish uchun 



kullaniniladigan qurilmasi hozirgi vaqtgacha ko‘pgina laboratoriyalarida ishlatilib 
kelinmoqda. Keyinchalik akad. N.S.Kurnakov, D.S.Belyankin, N.P.Urazova va 
ularning o‘quvchilari hamda izdoshlari L.G.Berg, A.V.Nikolayev, Y.L. Rod, 
A.M.Svetkova, G.O.Piloyan, N.D.Topor va boshqalarning mehnatlari bilan termik 
tahlil maktabi yaratildi. Termik tahlil usulining rivojlanishiga R.YE.Grim, R.S. 
Makkenzi, L. Erdei, F. Paulika, V.S. Ramachandran va boshqalarning ishlari yordam 
berdi. Termik tahlil isitish jarayonida moddalarning kuyidagi xususiyatlarini uzluksiz 
aniklashga asoslangan: 1) energiya uzgarishini-differensial-termik tahlil (DTT); 2) 
massa uzgarishini-termaog‘irlik yoki termogravimetrik tahlil; 3) gaz ajralib 
chikishini-gazovolyumetrik tahlil; 4) namunalar o‘lchamining uzgarishini-
dilatometriya; 5) elektr o‘tkazuvchanlik va boshqalar. Termik tahlil jarayonida bir 
vaqtning o‘zida ikkita, uchta va undan ortiq usullardan foydalanish mumkin. 
Materiallarni isitishda uning xususiyatini kompleks o‘rganish, undagi jarayonlarda 
sodir bo‘ladigan tabiatni batafsil va chuqurroq tadqiq qilish imkonini beradi. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin