Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


 Differensial – termik tahlil



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

1.1.1. Differensial – termik tahlil 
Ko‘pchilik kimyoviy va fizik jarayonlar issiqlik ajralishi yoki yutilishi bilan 
boradi – bu kristallanish, erish, suvsizlantirish, murakkab birikmalarning yemirilishi, 
polimorf aylanishlar (o‘zgarish) va boshqa jarayonlardir. Tizimlar yoki individual 
birikmalarda yuz beradigan fazali o‘zgarishlarni bu o‘zgarishlarni kuzatuvchi issiqlik 
effektlari bo‘yicha o‘rganish termografiya usulining mohiyatini tashkil etadi. 
Tekshirilayotgan namuna vizual yoki avtomatik ravishda amalga oshiriladigan 
haroratni to‘xtovsiz qayd qilish bilan asta sekin qizdiriladi yoki sovitiladi. 
Qizdirilishdan olingan egri chiziqlar issiqlik effektlarining xarakteri va jadalligi, 
issiqlik effektlari namoyon bo‘ladigan harakatlar, o‘rganilayotgan moddaning 
mineralogik tarkibi va qizdirish jarayonida unda yuz beradigan fazali o‘zgarishlar 
xarakteri to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi. Termik tahlil qizdirishda 
moddaning quyidagi xususiyatlarini uzluksiz belgilashga asoslangan: energiya 
o‘zgarishini differensial-termik tahlil; og‘irlik o‘zgarishini termogravimetrik 
(termoog‘irlik) tahlil; gaz ajralishini - gazovolyumetrik (volyumetrik) tahlil.
Termik tahlilning barcha ushbu turlari ham mustaqil ravishda, ham bir-biri bilan 
birgalikda qo‘llaniladi. Kompleks termik qurilmalar ma’lum, ularda moddani 
qizdirishda, ajralgan gaz energiyasi, og‘irligi va hajmining o‘zgarishini qayd 



qilishdan tashqari, namunaning chiziqli o‘lchamlari (dilatometriya), elektr 
xususiyatlari (elektr o‘tkazuvchanlik) va ba’zi bir boshqa xususiyatlari ham qayd 
qilinadi. Differensial-termik tahlil (DTT) qizdirish jarayonida tizim energiyasining 
o‘zgirishini o‘lchashga asoslangan. Issiqlikni yutish yoki ajratish bilan kuzatiladigan 
fizik va kimyoviy jarayonlar muayyan endotermik va ekzotermik effektlar seriyasi 
bilan uzluksiz differensial egri chiziqda ifodalanadi.

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin