1.3. Mikroskopik tahlil Tabiiy va sun’iy minerallarni tashxis kilishning eng aniq usullaridan biri
ularning optik xususiyatlarini tekshirishdir. Bu xossalar maxsus asbob –
polyarizatsion (qutblash) mikroskopi yordamida ko‘rib chiqiladi, uning qo‘llanishi
namunani kattalashtirish va uni ham parallel, ham nurlarning kesishuvchi yurishida
qutblangan yorug‘likda ko‘rib chiqish imkonini beradi.
Mikroskopik tahlil asosida har qanday turli jarayonlarni bevosita yoki bilvosita
tekshirish uchun ham foydalanishi mumkin. Eng ko‘p bu tahlil quyidagi masalalarni
o‘rganish uchun qo‘llanadi: xom-ashyo materiallari kristallarining shakllari va
o‘lchamlari ularni pishirish mahsulotlari va qovushoq moddalar gidratatsiyasi
mahsulotlarini; kristallar o‘sishi va ularning yemirilish jarayonlarini; minerallarning
optik konstantalarini o‘lchash yo‘li bilan ularni identifikatsiya qilish; kristallar
tuzilishining ba’zi bir kristalkimyoviy xossalarini belgilash (kristallarning tashqi
ko‘rinishi, payvandliligi, darzliligi, mintaqalanishi, qo‘shimchalar mavjudligi,
g‘ovakliligi va sh.k.) moddalardagi faza o‘zgarishlari; diffuziya jarayonlarini va sh.k.
Boshqacha qilib aytganda, sifatli mikropreparatlarni tayyorlash imkoniyati mavjud
bo‘lganda mikroskopik tahlil har qanday jarayonning alohida bosqichlarini nazorat
qilish imkonini beradi. Aynan shuning uchun mikroskopik tahlildan sement
zavodlarining labarotoriyalari va ilmiy – tekshirish institutlarida keng foydalaniladi.
Undan foydalanib, 5 – 10 min ichida ishlab chiqarish texnologik jarayoning buzilishi
va mahsulot sifatining o‘zgarish sabablarini aniqlash mumkin: klinkerni yaxshi
kuydirilmaganligi, sementning dispersligi, uni qo‘shimchalar bilan aralashtirishning
bir tekisligini aniqlash; betonning strukturasini – undagi to‘ldiruvchilar
taqsimlanishining bir tekisligini, g‘ovakligi va shu kabilarni o‘rganish.
So‘nggi yillarda mikroskopiyaning texnik imkoniyatlari quyi va yuqori
haroratlarda, ultrabinafsha va infraqizil nurda, ultra tovush ta’sir qilganda va b. da
tekshirishlarni o‘tkazishga imkon beradigan usullarni ishlab chiqish natijasida ancha
kengaygan.