Pedagogik tizim- insonni barkamol shaxs, biror kasb egasi sifatida shakllantiruvchi yaxlit ijtimoiy-pedagogik hodisa bo'lib, uning tarkibi pedagogik jarayonning ob'ektlari va sub'ektlari, shakl-usullari, ular o'rtasidagi munosabatlar, ularni boshqarishdan iborat. Tizimning faoliyati uni tashkil etuvchi har bir elementga va o'z navbatida, harbir element bir-biriga chambarchas bog'liq.
Ta'lim jarayonini bir tizim deb qaraydigan bo'isak, uning tashkil etuvchilari, ya'ni elementlariga quyidagilar kiradi:
• o'quv maqsadi;
• kutilayotgan natijalar:
• o'qituvchi;
• o'quvchi;
• ta'lim mazmuni;
• ta'lim metodi;
• ta'lim shakli;
• ta'lim vositalari;
• nazorai va baholash.
Ta'lim jarayonini loyihalashtirishda yuqorida sanab o'tilgan elementlardan birortasi e'tibordan chetda qolsa yoki noto'g'ri tanlangan bo'lsa, tizim ishlamaydi, demak, ta'lim jarayoni oldiga qo'yilgan maqsadga erishilmaydi.
Ta'limga texnulogik yondashuv "Texnologiya" yunoncha so'z bo'lib, "texnos" - mahorat, san'at, "logos"' - fan, ta'limot ma'nolarini anglatadi.
•'Texnologiya" tushunchasi - tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo'llaniladigan usul va metodlar majmui va shunday usul va metodlarni ishlab chiqaruvchi va takomillashtiruvchi fan sifatida ta'riflanadi. Podlasiyning ta'kidlashicha, "Texnologiya yaratilgunga qadar shaxsiy mahorat hukmronlik qiladi. Keyinchalik shaxsiy mahorat "jamoa mahoratiga" aylanadi va uning mujassam ifodasi bo'lib texnologiya xizmat qiladi".
5- mavzu yuzasidan savol va topshiriqlari; 1. Maktabgacha ta’lim yo’nalishi bo’yicha metodika fanlar turkumiga kirmaydigan fanni aniqlang.
2. Metodika fanlarini oqitish metodikasiga qo’yilgan zaruriy talablarni har birini izoxlang.
3. Ta’limning maqsadi, ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, tashkiliy vazifalarini metodika fanlarida qanday amalga oshirilishini xulosalang.
4) Har bir fanni o‘qitish qonuniyati va tamoyillarini tushunchalar jadvalida yoriting;
5) Tasviriy faoliyatga o’rgatish faninig ta’lim mazmunini ifodalang;
6.zamonaviy yondashuvlar tayyorlash bo’yicha qanday tavsiyalar ishlab chiqilgan?
7. Maktabgacha ta’lim yo’nalishi bo’yicha o‘quv – uslubiy majmua tayyorlashning axamiyati haqida fikringizni bayon qiling.
8. O’qituvchining o’quv meyoriy hujjatlarini tashkil qilishida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning zaruratini baxolang?
8. Rеprоduktiv fаоllikni tug’diruvchi sаvоllаr: “eslаb ko’ring”, “аytib bеring”, “yozib bеring”, “оchib bеring”, “qo’shimchа qiling”. Bunday savollar o’quvchilarga qanday ta’limiy ta’sir qiladi?
9.Ijоdiy sаmаrаdоrlikni stimullаshtiruvchi sаvоllаr: “tаqqоslаng”, “umumlаshtiring”, “хulоsа qiling”, “tаhlil qiling”, “аjrаtib ko’rsаting”, “bir-biri bilаn qаndаy bоg’liq”.Bunday savollar o’quvchiga qanday ta’sir qiladi?
10. Pedagogika kollejlarida metodika fanlaridan dars beradigan o’qituvchi qanday o’quv- meyoriy hujjatlarni tayyorlashi kerak?
Adabiyotlar: 1. Djamilova H. Maktabgacha metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi.T. 2017.
2.Zufarov Sh. Pedagogik innovatika.- T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2012.
3.Abuzalova M, Toirova G. Malakaviy bitiruv ishi yozish uchun metodik ko’rsatma va tavsiyalar – T.:”fan “ nashriyoti, 2007, -28-b
4.Xodjayev B.X.O’quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirish yo’llari,-T.: TDPU, 2008.-65-bet