6-Mavzu: Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlardan o‘quv-metodik majmualar tayyorlash. Mavzu rejasi: 1. O’quv metodik majmua haqida tushuncha.
2.Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlardan o‘quv-metodik majmualar tayyorlash.
3. O’quv metodik majmualarga qo’yilgan talablar.
4. Maktabgacha ta’lim yo’nalishi bo’yicha metodika fanlaridan o’quv- metodik komplekslar tayyorlashning ahamiyati
Tayanch so’z va tushunchalar;o’quv- metodik majmua,107-sonli buyruq,ta’lim mazmuni, natijaviylik, aniqlik,mukammallilik, talablar.
Metodika fanlar tizimi – shaxs kamolotini ta’minlash, uning intelektual, ma’naviy – axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o‘ziga hos jihatlari shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumini tashkil etuvchi metodika (xususiy) fanlar tomonidan o‘rganiladi.Masalan, Kollejlarda rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyat metodikasifani maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning estetik tarbiyasi, badiiy mexnat malakalarini, estetik tasavvurlarining shakllanishini va bolalar badiiy ijodkorligining rivojlanishini ko’zda tutadi.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo’yicha metodika fanlarini o’qitish – talabalarni tegishli fanni o‘qitishning o‘ziga xos, xususiy qonuniyatlari, tamoyillari, yondashuvlari, texnologiyalari, shakllari, metodlari va vositalari bilan yaqindan tanishtirish, tegishli fanlar bo‘yicha qobiliyatni rivojlantirish asosida ularda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish ko‘nikma, malakalarini hosil qiladi.
Maktabgacha ta’lim yo’nalishidagi xususiy fanlar turkumiga;
Rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyat metodikasi;
Nutq o’stirish metodikasi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 1 martdagi “Yangi o’quv-uslubiy majmualarini tayyorlash bo’yicha uslubiy ko’rsatmani tavsiya etish to’g’risida”gi 107-sonli buyrug‘iga muvofiqOliy ta’lim o‘quv rejalaridagi fanlarga yangi o’quv-uslubiy majmualarini tayyorlash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan