Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə44/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   114
Ushbu o’quv

Amaliy ishlar metodi – o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topish jarayonida qo‘llanilib, buning natijasida talabalarda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadigan metod

Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar – maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda o‘quvchilarga yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatma beradi.


Amaliy ishlar metodlari o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar yordamida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi (9-rasm):


Mashq– aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo‘linadi.
Mashq metodining ko’rinishkaridan biri – yozma mashqlar sanaladi.
Yozma mashqlar – ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi. Diktant, insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritishham yozma mashqlar sirasiga kiradi.
Laboratoriya ishlari o’quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod o‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o‘quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin