IV. Ta’lim metodlarini tanlash shartlari. Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo‘lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin.
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
- didaktik maqsad;
-ta’lim mazmuni;
- talabalarning o‘quv ko‘nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi;
- o‘qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi
O‘qituvchi tomonidan qo‘llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang‘ich sinflardan yuqori sinflarga o‘tish asosida o‘zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo‘llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan foydalanish ko‘lami, holati o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Pedagogika fanida o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:
zamonaviy didaktikaning yetakchi g‘oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari;
o‘rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o‘ziga xosligi;
xususiy fanlar metodikasining o‘ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo‘yiluvchi talablarning o‘zaro aloqadorligi;
muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;
u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt;
o‘quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;
o‘quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi;
o‘quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar,
ko‘rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;
o‘qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy
O‘qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og‘zaki, ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o‘zini-o‘zi nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.
Talabalar tomonidan umumiy va mutaxassislik fanlarini o‘qitishda quyidagishaxs kreativligini rivojlantiruvchi metodlar2 ham samarali sanaladi (metodlarni qo‘llashga oid misollar “Pedagogika tarixi” fani bo‘yicha keltiriladi; 10-rasm):
Dostları ilə paylaş: |