Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə47/114
tarix28.11.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#167240
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114
Ushbu o’quv

1.Tayanch tushunchalarni aniqlash. Ushbu metodni qo‘llashda talabalar ularning e’tiborlariga havola etilayotgan o‘quv materialida ilgari surilayotgan fikrlar mohiyatini anglatuvchi asosiy tushunchalarni ajratib ko‘rsata olishlari lozim.
Talabalarning tayanch tushunchalarni aniqlay olishlari ularni o‘quv materiali mohiyatini yetarli darajada anglay yoki o‘zlashtira olganliklaridan dalolat beradi. Ta’lim jarayonida talabalarda tayanch tushunchalarni aniqlash ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga ham e’tibor qaratildi va ular bilan hamkorlikda ishlash asosida bir qator mavzular bo‘yicha tayanch tushunchalar ajratildi.
Misol uchun: sohibqiron Amir Temurning pedagogik qarashlarini o‘rganish chog‘ida talabalarning o‘quv materiali bo‘yicha quyidagi tayanch tushunchalarning aniqlay olishlari ularning bu borada muayyan ko‘nikmalarga ega ekanliklaridan dalolat beradi:



Xo‘jailg‘or qishlog‘i (Kesh viloyatidagi), Ko‘ragon, “Temur tuzuklari”, shariat, davlatni boshqarish, kengash o‘tkazish, podsho va vazirlar, axloq-odob, do‘stlik, shirinsuxanlik


2. Guruhlashtirish. Metodni qo‘llashda talabalar o‘quv materialini mazmunan yoki unda faol qo‘llanilayotgan tayanch tushunchalar asosida guruhlarga ajratib oladilar. Bu usul o‘quv materialining kichik bo‘lagida ilgari surilgan g‘oyalarni puxta o‘zlashtirib olish asosida navbatdagi bo‘lak matni bilan ishlashga asoslanadi. Guruhlashtirishda dastlabki bo‘lak o‘quv materiali mohiyatini chuqur anglamay turib, keyingi bo‘lak matni bilan ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Zaruriyat bo‘lsa, har bir bo‘lak materiali talabalar tomonidan qayta-qayta o‘rganiladi. Guruhlashtirish reja tuzish usuli uchun dastlabki asos bo‘la oladi.
Ta’lim jarayonida talabalarda guruhlashtirish metodini qo‘llash ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga e’tibor qaratildi va ular bilan hamkorlikda ishlash asosida bir qator mavzular bo‘yicha guruhlar shakllantirildi.
Misol uchun: Mahmud Qoshg‘ariyning pedagogik qarashlarini o‘rganishda yaxlit o‘quv materialini quyidagicha guruhlashtirish mumkin:

a) Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” asari va uning ommalashish tarixi;
b) asarda bilim olishning ijtimoiy ahamiyati va bilimli kishilarning shaxsi haqidagi qarashlarning yoritilishi;
v) insoniylik fazilatlari to‘g‘risidagi fikrlar asar mohiyatini ochib beruvchi jihatlardan biri ekanligi;
g) mehmon va uning ijtimoiy mavqeini asarda aks ettirilishi;
d) asarda mol-mulk va unga munosabat masalalarining bayon etilishi;
j) xalq maqollarining asar mohiyatini ochib berishdagi o‘rni



Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin